Ma’ruza mavzu: Sharq Uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlar



Download 487,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.07.2022
Hajmi487,71 Kb.
#838884
  1   2
Bog'liq
Sharq Uyg’onish davrida ta’lim tarbiya to’g’risidagi fikrlar 220626 183414



5-
MA’RUZA
 
MAVZU: Sharq Uyg’onish davrida 
ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlar (IX-XII 
asrlar) 


REJA:
1. 
Sharq Uyg’onish davrining o’ziga xos 
xususiyatlari. 
2. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi 
o’zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning 
rivojlanishi. 
3. IX-XI asrlarda yashab ijod etgan 
adiblar ijodida ta’lim-tarbiya va 
ma’rifatparvar g’oyalar. 


Tayanch so’z va iboralar: 
Uyg’onish davri, ilm-fan, madaniyat, 
yuksalish, ijtimoiy hayot, iqtisodiy hayot, 
feodal, 
ta’lim, tarbiya, ma’rifatparvar, ijod, 
adib, mutafakkir, Markaziy Osiyo, 
O’rta 
Osiyo, Yaqin Sharq, 
O’rta Sharq, G’arb, 
Renessans, Movarounnahr, Xuroson


Adabiyotlar ro’yxati: 
• 1.O’zbek pedagogikasi antologiyasi. I jild, T.: 
«O’qituvchi», 1995, 140 bet. 
• 2. Zunnunov A. O’zbek pedagogikasi tarixi. T.: 
«O’qituvchi», 1997, 272 bet. 
• 3. Hoshimov K. va boshq. Pedagogika tarixi. T.: 
«O’qituvchi», 1996, 146 bet 
• 4. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. 
«Muloqat» jurnali, 1998 yil, 5-son. 
• 5. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar. Tanlangan asarlar 1-tom. – T.: «Fan», 
1998. 
• 6. Xayrullayev M. Uyg’onish davri va Sharq 
mutafakkiri. T.: «O’zbekiston», 1971, 43-bet.


IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tarqalgan va rivojlangan tasavvuf 
ta’limotlari, oqimlari ham jamiyat ma’naviy hayotining rivoji uchun xizmat etib, 
uning 
o’ziga xosligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. 
Ma’lumki, G’arb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida keskin madaniy 
yuksalishga olib kelgan XV-XVI asrlarni Renessans 
– Uyg’onish davri nomi 
bilan yuritadilar. Biroq 
ko’pchilik mualliflar Sharqda shunday jarayon 
bo’lganligidan ko’z yumadilar. Holbuki, IX-XII asrlarda Markaziy siyoda 
Yevropadan bir necha asrlar ilgari madaniy yuksalish yuz berganini hyech kim 
inkor eta olmaydi. U Yevropadagidek yangi siyosiy-iqtisodiy jarayon, 
ya’ni 
burjua munosabatlarining vujudga kelishi bilan 
bog’liq bo’lmasa-da madaniyat 
tarixida 
o’lmas iz qoldirdi va Yevropa Renessansining vujudga kelishiga katta 
ta’sir ko’rsatdi. 
Shuning uchun biz IX-XII asrlardagi Markaziy Osiyo madaniy 
yuksalishini 
Uyg’onish davri, aniqrog’i ilk Uyg’onish davri deb atashga ham to’la 
asosimiz bor. Bu ilk 
Uyg’onish davri madaniyati siyosiy-iqtisodiy jihatdan 
Yevropa mamlakatlaridan farqli 
o’laroq mustaqilikka erishish va bu mintaqada 
mustaqil davlatlarning vujudga kelish jarayoni bilan uzviy 
bog’liqdir. 


1. 
Sharq Uyg’onish davrining o’ziga xos xususiyatlari 
IX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon 
olamida ilmiy-
madaniy jihatdan eng rivoj topgan o’lka sifatida 
mashhur bo’lib, bu yerda qadimiy an’analar bilan arab, fors, 
qisman hind hamda qadimgi Yunon ilmiy-
madaniy an’analari 
qorishuvi asosida islomiy falsafiy va tabiiy ilmlar 
– 
asronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, 
jo’g’rofiya kabilar rivoj topdi. Bu yerda maxsus hadisshunoslik 
va islom fiqhshunoslik maktablari shakllanib, tarixshunoslikda 
ham muhim asarlar vujudga keldi.
Bu davr ma’naviyatining muhim tomonlaridan biri 
shundaki, olim, donishmand, shoirlarning ko’pchiligi qomusiy 
bilimlarga ega bo’lib, ilmlar bir-biridan ajralmas, uzviy bog’liq 
holda mavjudligi xarakterli edi. Shuning uchun ham Abu Nasr 
Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, az-
Zamaxshariy, Ismoil Jurjoniylar juda ko’p sohzalarda ijod qilib, 
o’chmas iz qoldirdilar. Shu bilan birga matematika, 
asronomiya, tibbiyot, mantiiq, tilshunoslik, tarix kabi ilmlar, 
madaniyat, ma’naviyatning rivojida nihoyatda muhim ahamiyat 
kasb etganiki, islom dinining nazariy masalalari bilan birga 
axloqiy tomonlari ham keng rivoj topganini ko’ramiz.


Yaqin va O’rta Sharqda, jumladan Eron, Kavkaz ort iva O’rta Osiyoda savdo 
aloqalarining rivojlanganligi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy 
aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. M.Xayrullayev ta’kidlaganidek, 
«Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlaridagi madaniy yuksalishga olib kelgan sabab feodal 
munosabatlar yangi bosqichi bo’ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab halifaligiga 
bo’yso’ngan mamlakatlarning xo’jalik iqtisodiy aloqalarning kuchayishi va buning 
oqibatida turli madaniyatlar – Hind, O’rta Osiyo, Eron, Arab, Yunon, Rim 
madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqAsi va bir-biriga ta’sir jtib borishi katta rol 
o’ynadi» 
Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer maydonlari kengaytirildi, 
ko’plab sug’orish inshootlari tiklandi va yangilari qurildi, paxta, zig’ir, kanop ekilib, 
ular tolasidan mato to’qilgan. Movarounnahrda, xususan, O’rganch, Farg’na, 
Samarqand va Buxoro to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro 
shoyisi dunyoga mashhur bo’lgan. Qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik sanoat 
mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo’l ochdi. Natijada Yaqin 
va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Xindiston, Xitoy, Vizantiya 
bilan 
savdo 
ishlari 
ko’lami 
ortib 
bordi.


Markaziy Osiyoda ilk 
Uyg’onish davri haqida so’z 
borganda, quyidagi omillarni alohida 
ko’rsatmoq zarur: 
a) IX-XII asrlarda arab xalifaligidan qutilib, yerli mustaqil 
davlatlarning vujudga kelganligi. 
b) yagona din 
– Islom tufayli katta hudud – Yaqin va O’rta 
Sharqdagi turli xalqlar, mamlakatlar 
o’rtasidagi aloqalarning rivoj 
topishi, madaniyat, 
ma’naviyatda ma’lum umumiylik vujudga kela 
borganligi; 
v) oldingi 
«Ipak yo’li» ahamiyatining oshuvi, mamlakatlararo 
savdo-sotiqning, hunarmandchilikning 
ko’paygani, shaharlarning 
rivoji; 
g) jahon madaniyati avval erishgan yutuqlar, xususan, qadimgi 
yunon, hind, eron madaniyati, ilm-fani yutuqlari inkor etilmay, 
aksincha, vorislik davom qilgani, undan keng foydalangani.


2. Ijtimoiy-
iqtisodiy hayotdagi o’zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishi 
X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal 
davlatlar 
– Toxiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, 
Xorazmshoxlar davlatlarining paydo 
bo’lishi ham madaniy hayotning yanada 
ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, 
ijtioiy, ijtimoiy hayotdagi 
o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga ham o’z ta’sirini 
o’tkazmasdan qolmadi. 
Somniylar davlati Marv, Buxoro, SamarqAnd va 
O’rganch o’sha 
davrning madaniy markazlaridan sanalardi. 
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida 
olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy 
asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr 
o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish 
yuritila boshlandi, ammo yoziladigan hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida 
bo’lsa ham, 
arab imlosida yozilar edi. 
O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan kitob do’konlarida 
olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy bahs-munozaralar 
o’tkazganlar. 
Abu Ali ibn Sino kitob 
do’konlarining birida Farobiyning Arestotel 
«Metafizika»siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya 
qiladi. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud 
bo’lgan, bu 
kutubxonani 
o’sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona 
kutubxona sifatida tan olganlar. 


Samoniylar davrida Ro’dakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar yashab ijod etganlar. 
X asrning ikkinchi yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ham ba’zi 
xonlar o’z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va hatto 
G’arbiy Yevropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib 
bordi. Yusuf Xos Hojib, Mahmud QOshg’ariy kabi olimlar o’zlarining jahon 
ahamiyatiga ega bo’lgan asarlarini yaratdilar.
XI asr boshida G’aznaviylar davlati, keyinroq saljo’qiylar, Xorazmshoxlar 
davlati tashkil topdi. G’aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. 
Mahmud G’aznaviy o’z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to’playdi, olimlarni 
ilmiy ishga jalb etadi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy ham Mahmud saroyida yashab, 
mashhur «Hindiston» asarini shu yerda yaratgan. 
XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa taraqqIy etadi. Xorazm shohi Ma’mun o’z 
saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Baytul hikma» - 
«Donishmandlik uyi»da qomusiy olimlar – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Salh al-Masihiy, tabib 
Abdulhayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar, lekin toj taxt uchun 
kurash natijasida bui lm dargohi o’z faoliyatini to’xtatadi.


3. IX-
XI asrlarda yashab ijod etgan adiblar ijodida ta’lim-tarbiya va 
ma’rifatparvar g’oyalar 



Download 487,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish