= pkut - β [ u -u*] + ε
Keltirilgan tenglamadan ko‘rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyatsiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog‘likka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |