TASHKI SIYDIK CHIQARUV YO’LI.
Ayollar tashki siydik chiqaruv yuli shilliq va mushak qavatlarda iborat. Shilliq qavatning xususiy
qatlami siyrak tolali qo’shuvchi to’qima bo’lib, ko’p mikdorda xujayralar tutadi. Tashqi teshik
soxasi ko’p qavatli shoxlanmaydigan epiteliy bilan koplangan bulib, shilliq qavatning xususiy
qatlami ko’pgina so’rgichlar xosil kiladi. U yerda oz miqdorda bezlar bo’lib, ular periuretral
bezlar deyiladi. erkaklarda tashqi siydik chiqaruv yo’llarining tuzilishi turli bo’limlarda bir xil
emas. Uning devori xam shu pardalardan iborat. Siydik yuli g’ovak tanaga kelganda 1 qatorli
prizmatik xujayralarga o’tadi. Mushak qavati prostata qismida ichki bo’ylama va tashqi aylana
qatlamlardan iborat. U asta-sekin yo’qolib boradi.