Mustaqil o‘qish uchun
O‘zbek substansial tilshunosligi tamoyillari
Har bir ilmiy yo‘nalish, maktab o‘ziga xos tamoyillarga ega bo‘ladi va shu jihati bilan boshqa
yo‘nalishlardan farqlanadi. O‘zbek substansial tilshunosligi ham ana shunday o‘ziga xos qonuniyat
va tamoyillarga ega
Substansiallik tamoyili.Bunga ko‘ra, lisoniy birlik nutqda voqelantiruvchi barcha ma’no va
vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan, yashirgan deb olinadi. Nutqda hech bir narsa yaratilmaydi,
balki lisoniy birlikdagi imkoniyat faqat yuzaga chiqariladi, xolos. Shuning uchun tilshunoslik
oldida lisoniy birlik voqelanishidagi nutqiy alohidaliklarni umumiy lisoniy ma’noga birlashtirish
va lisoniy imkoniyat sifatida ongda va lisoniy tizimda mavjud bo‘lgan bu ma’noni nutqda muayyan
ko‘rinishlarda voqelantirish yo‘llarini o‘rganish vazifasi turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |