Ma’ruza matnlari.
14
2- ma’ruza
TIL, LISON, NUTQ MUNOSABATI
Reja:
1.
Tilning tarkibiy qismlari.
2.
“Lison” tushunchasi haqida ma’lumot.
3.
“Nutq” tushunchasi haqida ma’lumot.
4.
“Me’yor” tushunchasi haqida ma’lumot.
Kalit tushunchalar:
ilmiy bilish, fahmiy (empirik) bilish, nazariy (idrokiy, mantiqiy, ratsional) bilish, zohiriy belgi,
botiniy belgi, empirik yondashuv, nazariy yondashuv, муносабат, UMIS va AHVO, WPm
Egallanadigan tushunchalar:
til, lison, nutq, me’yor
1. Tilning tarkibiy qismlari. Umuman borliq uchun xos bo‘lgan
UMISning tildagi ko‘rinishilison, AHVOniki esa nutqdeb yuritiladi. Lison va
nutqning majmui tildeyiladi. Albatta, o‘quvchi bunda ushbu so‘zlarning
etimologik ma’nosiga emas, balki terminologik ma’nosiga e’tibor qaratishlari
kerak. Zero, ko‘p hollarda etimologik va terminologik ma’nolar mos kelmaydi.
Masalan, o‘zbekcha til so‘zi arabcha lison so‘zi bilan bir xil ma’noni bildiradi.
Biroq o‘zbek tilshunosligida ular boshqa-boshqa terminologik ma’nolar uchun
qabul qilingan.
1) Tilshunoslik paydo bo‘lgandan buyon lison va nutni farqlashga, tilga
sistema sifatida munosabatda bo‘lishga harakat qilinadi. Chunki har qanday
fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy
hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish bilishning har ikki (fahmiy
va idrokiy)bosqichida ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning
empirik bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‘ralashib qolmaganligi kabi, idrokiy
bosqich ham mutlaq umumiylikni – UMISni tiklay olmaydi. Biroq
тилшуносликнинг har бир босқичи o‘z vazifaлариga ega. Bugungi kunda
tilshunoslik quyidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi:
2) tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy davri. Bu davrda til sistemalarining
kelib chiqishiga asosiy urg‘u berilib, til yaxlit olinib, uning birliklarini lisoniy
va nutqiy turlarga ajratish masalasiga e’tibor qaratilmadi;
3) tilshunoslikning sistem-struktur davri. Bu davrda tillarning
sistemaviy xususiyatlariga, til birliklarini lisoniy va nutqiy turlarga ajratishga
asosiy urg‘u berilib, lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishiga e’tibor
qaratilmadi;
4) tilshunoslikning antrposentrik davri. Bu davrda til sistemalarining
amal qilish xususiyatlariga, lisoniy imkoniyatlardan kishilarning nutqda
amaliy foydalanish samaradorligiga e’tibor qaratila boshladi.
Ma’ruza matnlari.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |