Ma’ruza matnlari.
102
talaba. Professor yana so‘radi: “Agar Xudo hamma narsani yaratgan bo‘lsa, demak, Xudo yomonlikni
xam yaratgan ekan-da? Agar Xudo bor bo‘lsa, va, "biz qanday bo‘lsak, qilmishlarimiz xam shunga
yarasha bo‘ladi” degan tamoyiliga ko‘ra, Xudo yomon ekan-da?” Talaba bu gaplarni eshitib jim
bo‘lib qoldi. Professor talabalarga, “Xudoga ishonish bir afsona ekanini yana bir bor isbotladim”,
degandek g‘urur ila boqdi.
Boshqa bir talaba qo‘l ko‘tarib, so‘radi: “Savol bersam maylimi, professor?” “Albatta”, – javob
berdi professor.Talaba o‘rnidan turib, so‘radi: “Sovuqlik mavjudmi?” “Nima deganing bu? Albatta,
mavjud. Nima, sen hech qachon sovqotmaganmisan?” Talabalar uning savoliga kulishdi. Yigit javob
qildi: “Aslida, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb ataydigan narsa,
aslida issiqlikning yo‘qligidir. Mutlaq nol issiqlikning umuman yo‘qligi demakdir. Bunday
haroratda butun modda inert bo‘lib qoladi. Xullas, sovuqlik mavjud emas. Biz bu so‘zni, issiqlik yo‘q
holatni ta’riflash uchun o‘ylab topganmiz.” Talaba davom etdi: “Professor, qorong‘ilik mavjudmi?”
“Albatta, mavjud.” “Siz yana nohaqsiz, janob. Qorong‘ilik ham mavjud emas. Qorong‘ilik aslida
yorug‘likning yo‘qligidir. Yorug‘likni o‘rganishimiz mumkin, ammo qorong‘ilikni o‘rgana olmaymiz.
Oq nurni turli ranglarga ajratib, har bir rang to‘lqinining har xil uzunliklarini o‘rganish uchun
Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorong‘ilikni o‘lchay olmaysiz. Oddiy
yorug‘lik nuri qorong‘ilikni teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Qorong‘ilik esa yorug‘likni to‘sa
olmaydi. Biron-bir makondagi qorong‘ilikning miqdorini ayta olasizmi? Yo‘q, ayta olmaysiz. Chunki
qorong‘ilikning o‘lchov birligi yo‘q. Yorug‘likning miqdorini esa o‘lchay olasiz. Shunday emasmi?
Qorong‘ilik – yorug‘lik yo‘qligida nima sodir bo‘lishini ta’riflash uchun inson ishlatadigan
tushuncha.” Nihoyat talaba professordan so‘radi: “Janob, yomonlik mavjudmi?” Bu safar, professor
ishonchsizlik bilan javob berdi: “Menimcha, mavjud. Hali aytganimdek, biz uni har kuni ko‘ramiz:
insonlar o‘rtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo bo‘ylab sodir etilayotgan ko‘plab jinoyatlar. Bu
misollar yomonlikning namoyon bo‘lishidan boshqa narsa emas-ku!” Bunga talaba quyidagicha
javob qildi: “Yomonlik ham mavjud emas, janob. U ham qorong‘ilikka va sovuqqa o‘xshaydi.
Yomonlik – bu yaxshilik yo‘qligini ta’riflash uchun inson o‘ylab topgan so‘z. Yomonlik yorug‘lik va
issiqlik kabi mavjud emas. Yomonlik insonning yuragida Xudoga bo‘lgan muhabbatning yo‘qligi
natijasidir. Yomonlik xuddi sovuqlikka o‘xshaydi – issiqlik bo‘lmaganida keladi, yoki qorong‘ilikka
o‘xshaydi – yorug‘lik bo‘lmaganida mavjud bo‘ladi.” Professor o‘tirdi. U mag‘lub bo‘lgandi.
Bu yosh talaba Albert Eynshteyn edi.
Do'stlaringiz bilan baham: