Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro’yhati :
Apraksina O.A. Metodika muzo’kalnogo vospitaniya v shkole.- M., 1989.
Bo’lajak musiqa o’qituvchisining pedagogik mahorati asoslari (maxsus seminar dasturi. Tuz. T.V.Shevchenko) -T.1986.
Dmitrieva I.G, Chernoivanenko N.M. Metodika muzo’kalnogo vospitaniya v shkole. -M.,1989.
Omonullaev D. Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan lektsiyalar kursi (musiqa –pedagogika fakulteti studentlari uchun qo’llanma) -T., 1990.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha sinov dasturi (1-7-sinflar) - T., 1999.
3-MAVZU. Musiqa o’qituvchisi shaxsiga qo’yiladigan talablar.
Reja : 1. Musiqaning madaniy hayotda tutgan o’rni.
2. Musiqa tarbiyasining bosh maqsadi va vazifalari.
3. Boshlangich sinflarda musiqa ta’limi mazmuni.
Mustaqillikka erishgach Respublikamizda madaniyat va ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Istiqlol tufayli xalqning ma’naviy ehtiyojlarini to’la qondirish, tarixni chuqur o’rganish, madaniy merosni asrab avaylash, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni yosh avlodlarga etkazish jamiyat oldida turgan muhim vazifalardandir.
Bu vazifaning hal etilishi nihoyatda dolzarb. Zero, Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: «Ma’naviyat- insonning, xalqning jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat bo’lmaydi. Nafaqat ko’hna tarix, balki yangi tarix ham buning ko’plab misollarini beradi».
Madaniyat va ma’naviyatni tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim-tarbiyasi ishini qayta ko’rishni taqozo etmoqda.
Sho’ro davrida O’zbekiston maktablarida musiqa san’ati fan sifatida o’qitilganligi ijobiy hol bo’ldi, albatta. Bunda muayyan tajribalarga, maxsus kadrlar tayyorlashga erishildi. Ammo hali u bugungi madaniylashgan darajada yosh avlodning musiqa madaniyatini tarkib toptirishga yetarli asos bo’lmadi. Bunda quyidagi muammolar sabab bo’ldi:
bugungi musiqa o’qitish nazariyasi va amaliyoti, mazmun va uslubiyoti tor kommunistik g’oyaviylik qolipidagi Rusiya maktablari dasturlari hamda o’qitish uslubiyotiga asoslanganligi, milliy musiqa pedagogikasi bilan uzviy bog’lanmaganligi;
musiqa predmetiga ikkinchi darajali fan sifatida qaralib, unga oz o’quv soati ajratilganligi, zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi, uslubiy va moddiy ta’minotning zaifligi;
musiqadan iqtidorli va iqtidori cheklangan bolalarning bir qolipda, bir sharoitda o’qitilishi, qobiliyatli bolalar hamda o’quvchilar iqtidorini rivojlantirish bog’cha, maktablarda zaruriy shart-sharoitlar yaratilmaganligi;
bolalar musiqa folklori deyarli tadqiq etilmaganligi, to’planmaganligi, hamda nashr etilmaganligi;
musiqadan kam va sifatsiz o’qituvchi kadrlar tayyorlanayotganligi, ularning milliy musiqadan nazariy amaliy bilim-malakalarning sayozligi kabilar sabab bo’lmoqda.
Mana shularning barchasi maktabda musiqa tarbiyasining maqsad va qonuniyatlarini aniqlashga yordam beruvchi metodika fani yutuq va kamchiliklarini anglashga ko’maklashadi.
Bugungi kunda Musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsadi va vazifasi nihoyatda muhim. Yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan va qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish- maktab musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir.
Musiqa muallimiga qo’yiladigan asosiy talablar:
Har bir kasb o’ziga xos xususiyatga ega. Musiqa muallimining o’z «sirlari» bor. Musiqa muallimi musiqaga muhabbat, haqiqiy musiqa tarbiyasisiz komil inson sifatida shakllantirish mumkin emasligi to’g’risidagi g’oya va tasavvurlar bilan yashaydi. Bu kasbning murakkabligi shu bilan belgilanadiki, deb ta’kidlaydi taniqli pedagog O.A.Apraksina – «o’qituvchi» va «musiqachi» tushunchalariga kiruvchi har bir elementning mustahkam o’zaro bog’liqligidadir. Bu tushunchalar har biri o’z navbatida ko’p qirralidir. Musiqa muallimi o’quv-tarbiyaviy ishlarni olib boradi, o’quvchilarning qarashlarini shakllantiradi, ularning ma’naviy ehtiyojini, didini tarbiyalaydi. Uning faqat o’z fanini biluvchi chuqur ma’lumotli kishi bo’lishi kamlik qiladi, shuningdek, o’qituvchi shaxs sifatida ham shakllangan bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiya kontseptsiyasida IV-Bo’lim «Hozirgi zamon musiqa o’qituvchisi» deb nomlanadi. Unda hozirgi zamon musiqa muallimi yuksak madaniyatli, o’z kasbiga cheksiz sadoqat, ilg’or pedagogik tafakkur egasi bo’lmog’i lozim. U o’zining uzluksiz kasbiy madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. U musiqa, nafosat, pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan, musiqa o’qitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi bo’lmog’i darkor.
Ayniqsa, musiqa o’qituvchisi ixtisosida zarur me’yorda cholg’uchilik, xonandalik, xor dirijerligi va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam bo’lmog’i lozim. U milliy musiqa hamda o’zbek adabiy tilini mukammal bilmog’i, umumbashariy musiqa madaniyatidan, kundalik musiqiy-madaniy hayotdan voqif bo’lishi shart. Musiqa muallimi pedagogik muloqot ustasi bo’lishi, har qanday vaziyatda ham pedagogik ta’sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim.
Hozirgi musiqa muallimi ilmiy tafakkur egasi, ilg’or tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor bo’lib, musiqa o’qitishning yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog’i lozim. U musiqa ta’lim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog’lab, boyitib olib borishi darkor. Izlanuvchan va ijodkor muallimning ilg’or tajribasi va kashf etgan yangi usullari maktabdagi musiqa ta’lim-tarbiyasini doimiy ravishda takomillashtirib rivojlantirishning asosiy tayanchi va ilhom manbaidir. Bilimdon va tajribali musiqa muallimi san’at ziyolisi sifatida maktabda musiqiy-ma’rifiy ishlarning sarkoridir.
O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyasi kontseptsiyasi loyihasida musiqa ta’lim-tarbiyasining mazmuni quyidagicha izohlanadi:
Boshlang’ich maktab (1- 4-sinflar). Boshlang’ich maktabda o’quvchi musiqa madaniyatining asosiy poydevori shakllanadi. Ammo maktabgacha tarbiya inson shaxsi shakllanishining muhim, mas’uliyatli davri sifatida mustaqil ahamiyat kasb etadi, chunki u boshlang’ich ta’limning tayyorgarlik bosqichidir. Shu bois bolalar bog’chalarida qatnamaydigan bolalar uchun davlat, aralash (qisman pulli) hamda xususiy (pulli) shakldagi musiqiy badiiy tayyorlov guruhlarini ochish (san’at, nutq, axloq, tabiatshunoslik, hisob o’qitish)ga e’tibor kuchaytiriladi.
Boshlang’ich maktab musiqa darslarida bolalarning aqliy rivojlanishlari me’yoriga mos oddiy musiqiy bilim, tushuncha va malakalar tarkib toptiriladi.
Musiqani tinglash, asho’la aytish, raqs tushish, oddiy cholg’ularda chalish orqali badiiy idrok etish, musiqadan olgan taassurotlari va bilganlari haqida gapirib berish, asarni badiiy baholash, musiqa ijodkorligi malaka ko’nikmalarini rivojlantirish amaliyotlari vositasida o’quvchilarda musiqaga havas va badiiy ehtiyoj uyg’otadi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilar quyidagilar haqida bilim, malakalarga ega bo’ladilar:
Bolalar kuy-qo’shiqlari, musiqali o’yinlar, raqs va qo’shiqlar, xushnavo milliy cholg’ularimiz (1-sinf);
Yakkanavozlik; cholg’u dastasi; kuy nima? Kuyning ifoda tili (2-sinf);
Cholg’u turlari (cholg’ular bazmi); kuy va usul, tempning, kuyning takrorlanishi, uning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi, band va naqarot (3-sinf);
O’zbek xalq musiqasi; ommaviy xalq qo’shiqlari (alla, yalla, lapar, terma, qo’shiq aytim) va ommaviy kuylar; o’zbek kasbiy musiqasi (asho’la, katta asho’la); kompozitorlik musiqa ijodi haqida tushuncha; xalq musiqasi kompozitorlar ijodida (4-sinf).
Mavzu mazmunidagi amaliy mashg’ulotlar jarayonida nota yozuvi, oddiy kuylar tuzilishi misolida o’rganiladi, notaga qarab kuylashning dastlabki malakalari hosil etiladi.
Xullas, musiqaning madaniy hayotda tutgan o’rni muhim bo’lib, musiqiy ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda uning bosh maqsad va vazifalarini to’liq anglab mashg’ulotlarni samarali tashkil etish, o’qituvchining dolzarb vazifalaridandir.
Savollar:
1. Madaniy hayotda musiqa tarbiyasining ahamiyati.
Musiqa ta’lim-tarbiyasi maqsadi.
Musiqa ta’lim-tarbiyasi vazifalariga tavsif.
Musiqa muallimiga qo’yiladigan asosiy talablar.
Musiqa ta’lim-tarbiya kontseptsiyasiga hozirgi zamon o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar.
Boshlangich sinf (1-4)larda musiqa ta’lim-tarbiyasining mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |