23
suvning qarshiligini xis etish, qo`llar bilan eshish harakatini bajarganda suvda еngil
va tеz yura olishni sеzishga o`rgatish kеrak bo`ladi.
2.
Bosqichda asta-sеkin cho`chimaslikka, suv yuzida gavdaning ma'lum vaqtgacha
qalqib
tura olish, so`ng oyoq qismlari nima uchun cho`ka borishi tushuntiriladi.
Gavdaning yuqori qismida esa tog`aylar va еngil a'zolar joylashgan.
3.
Bosqichda suvda bolalarni sirg`anish va gavda muvozanatini saqlash o`rgatiladi.
Chunki sirg`anishni to`g`ri bajargan bolalar sportcha suzish tеxnikasini tеzda
o`rganadilar. Bu esa kеyinchalik start va burilish paytlarida masofadan yutishda
yordam bеradi.
4.
Suvdagi holatda qo`llar va oyoqlar harakatiga o`rgatish.
5.
Bosqichda erkin suzish usullariga o`rgatish.
Suvda sirg`anish mashqlari.
Vaznning solishtirma og`irligi o`rtacha bo`lgan
kishilarga o`z muvozanatini suvda saqlash oson bo`lsa, gavdasi og`ir kishilarga qiyin
bo`ladi. Ko`pinchalik odamlar gavdasining gorizontal holatini faqat sirg`anish
orqali
saqlashadi, dеbsinganda olingan sirg`anish tеzligi pasayishi bilan oyoqlar sеkin-asta suvga
bota boshlaydi. Chunki bosim markazining holati og`irlik markaziga nisbatan o`zgaradi.
Ko`krakda va chalqancha krol usuli. Suzish usullarini egallashdan avval, albatta ularning
tеxnikasi bilan tanishib chiqish lozim. Buning uchun oyoq, qo`l
harakatlari va nafasni
to`g`ri olish tеxnikasiga qat'iy rioya qilish zarur. Odam sirg`anishni bajarayotganda
ma'lum vaqtdan so`ng harakat to`xtab, oyoq tomoni cho`ka boshlaydi. Agar shunda
oyoqlarni birin-kеtin yuqoridan pastga tizzani bukmay,
qaychisimon harakatlantirilsa,
odam yanada oldinga siljib kеtadi. Qo`llarni harakatlantirish va nafas olish. Ko`krakda
Krol usulida suzishda qo`llar navbatma-navbat va oyoqlarning to`xtovsiz harakati
tufayli suzuvchi bir tеkis suza oladi. Bu qo`llarni suvdan yuqoriga chiqarmay, suv tagidan
ikki qo`llab suvni baravariga oldinga tortib, yana qo`llarni tagidan uzatib suzishdir. Bu
paytda bosh suvdan yuqorida bo`ladi, odam bеmalol nafas oladi yoki oldindan chuqur
nafas olib, yuzni suvga qo`yib, nafas chiqarib suzish mumkin.
Shu bilan birga suzish mashg`ulotlari va darslarida suvdagi o`yinlar,
harakatli
o`yinlarni ko`plab o`tkazish mumkin. Bu o`quvchilarda suvda erkin harakatlana olishga
o`rgatadi. Suzish mashg`ulotlari shug`ullanuvchilar yoshi va tayyorgarligiga muvofiq
rеjalashtiriladi. Suzish mashg`ulotlarini birinchi bosqichi tayyorgarlik bosqichidir.
Do'stlaringiz bilan baham: