MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
100
Maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlarining g'oyaviy siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy,
madaniy va ishlash malakalarini o'stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta'lim-tarbiya, ma'naviy ma'rifiy
mavzular bo'yicha o'tkazilishi mumkin. Bunday tadbirlar maktabgacha ta‘lim muassasasi xodimlari
bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, siyosiy va ma'naviy jihatdan yetuk bo'lishiga xizmat qiladi.
Bu maqsadga erishish uchun ma'ruzalar yuksak ilmiy-g'oyaviy saviyada, amaliyot bilan uzviy
bog'liq holda o'tkazilishi talab etiladi.
O'z ustida ishlash
Bu - maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining o'z ustida tinimsiz ishlashi, kasb mahorati
va malakasini, g'oyaviysiyosiy saviyasini oshirib borish borasidagi fao- liyatining keng tarqalgan
shakllaridan biri.
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ish rejasida maktabgacha ta'lim bo'yicha nazariy-
amaliy masalalarni chuqur o'zlashtirish, maktab ta'lim dasturini, uslubiy adabiyotlarni o'rganish o'z
ifodasini topadi.
Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib,
bunda nafaqat tegishli mavzularni, balki tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlarga tayangan holda
qiyinchilik tug'dirgan masalalarni o'rganishga ham alohida e‘tibor beriladi.
Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o'z ustida ishlashni qanday tashkil etish, bu
tadbirlarni tizimli, aniq reja asosida olib borish yo'1-yo'riqlarini belgilashi lozim. Bunda tashkiliy-
pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur shart-sharoit, o'quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi -
javobgar shaxslar aniq belgilanishi va ularning bajarilishi mudira tomonidan nazorat etib borilishi
kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g'oyat ahamiyatlidir.
Bunda maktabgacha ta'lim muassasasining butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo'l
qo'yilayotgan kamchiliklar o'z vaqtida hal etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasining barcha
xodimlari ochiq eshiklar kunini o'tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko'radi.
Yakkama-yakka suhbat - bola tarbiyasida qiynalgan otaonalar uchun tashkil qilinadi, bunda
guruh tarbiyachisi va muassasa mudirasi ilmiy asoslangan holda masalalarni hal etmog'i lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida otaonalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar
burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Muassasa mudirasi, metodist va tarbiyachilar
tomonidan tanlangan va ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlar oilada bolalar
tarbiyasini to'g'ri va oqilona tashkil etish, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va intellektual
rivojlanishi haqida muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: