Ma’ruza matni



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/268
Sana08.06.2022
Hajmi3,17 Mb.
#642936
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   268
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.

MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 
88 
Qiyosiy tekshirish - eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta'lim-tarbiyaviy jarayonining va 
barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi. 
Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudira jiddiy, puxta tayyorgarlik ko'rgan holdagina 
samarali bo'lishi mumkin. 
Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim.
Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilmaxil faoliyatlari uchun sharoitlarni 
yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro munosabatlarini 
kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va
hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi). 
O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtirilishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy 
ko'nikmalar darajasini tekshiradi. 
Maqsadni belgilab, mudira tarbiyachining ta‘lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan "Ilk qadam‖ dasturi 
talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, 
bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan
tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or 
pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari bilan va nihoyat 
tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq 
rejasini
ishlab chiqadi. 
Guruhlarga kirish mo'ljallanganligi haqida mudira pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari 
kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'lsa, oldindan ogohlantiriladi. 
Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu
esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha 
dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlantiriladi. Bunday 
ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi
kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona 
baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish 
tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish huquqini bermaydi. 
Agar mudira bir faoliyat turishi yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan 
bo'lsa, u holda faoliyatning bu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak bo'ladi. 
Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma, tavsiya qarorlarning ijrosini 
tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni 
intizomga odatlantiradi. 
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va takliflarning ijrosini tekshirishgina 
emas, balki guruhda ma‘lum vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir.
Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini 
tekshirish tarbiyachilar muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini 
bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning
tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini 
pedagoglar jamoasida birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini belgilab, mudira 
yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi. 
Nazoratning yuqorida ko'rsatib o'tilgan tur va shakllarning amalga oshirilishi mudiraga 
guruhlarda ta‘lim-tarbiyaviy pedagogik jarayonlarni yo'lga qo'yilganligini o'rganish, o'z intilishini 
tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudira 
yuqoridagi tekshirish usullaridan foydalanib, maktabgacha ta'lim muassasasi ishiga to'liq rahbarlik 
qiladi. 



Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish