MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
87
attestatsiyadan o'tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga o'z vaqtida zarur
metodik yordam ko'rsatadi.
e)
mudiraning maktabgacha ta‘lim bo'limlari, ota onalar, jamoat oldidagi hisobdorligi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari
va ma'muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo'yuvchi
zarur choralar ko'radi. Shuningdek, jamoaga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning
mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu masalalar bo'yicha tegishli organlarga
murojaat qiladi.
Mudira
ishonch
qog'ozisiz
maktabgacha
ta'lim
muassasasi
nomidanharakatqiladi,barchashirkatvajamoatkorkabinetlari, muassasalar va tashkilotlarida uning
manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch qog'ozlarini beradi,
banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; maktabgacha ta‘lim muassasasi uchun zarur bo'lgan
jihozlar
va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim
shaxslardan naqd pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasi huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu
buyruq va ko'rsatmalar maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiydir.
Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida
bergan
ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh
(mudir, tarbiyachimetodist, xo'jalik mudiri, katta tibbiy yordam hamshirasi), pedagogika, tibbiy
yordam, xizmat ko'rsatish tarmoqlari
xodimlari.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni
berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig'ilishidir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining umumiy yig'ilishi:
- maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavini ko'rib chiqadi va qabul qiladi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zarurini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning
raisini saylaydi;
- yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma'muriyat
hisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo'llarini
belgilaydi;
Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi qo'mitasiga taqdim etadi.
j)
mudira ishini rejalashtirish.
Mudira ishida qiyosiy tekshiruv ham muhim o'rin egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati
tarbiyachining pedagogik jarayonini boshqa pedagogning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil qilish
va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini solishtirish mumkin.
Qiyosiy tekshiruvni dasturning ayrim bo'limlarini bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar
bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Solishtirma natijalari pedagoglar kengashida muhokoma materiali bo'lishi mumkin.
Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar
ishlarini va boshqa hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o'tkazilish mumkin.
Mudira - kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o'qishlarni va boshqalarni, bilimlar sifatini,
bolalarning faoliyatlarini tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning samaraliroq
shakllarini izlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |