MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
59
Ota-onalar qo‗mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‗g‗risidagi ota-onalarni
qiziqtiruvchi ba‘zi masalalar haqidagi ma‘ruza va hisobotini eshitishga haqlidir. Ota-onalar
qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlanadi. Pedagogik
bilimlarni targ‗ib qilish natijasida millionlab kishilar bolalarini maktabgacha ta‘lim tashkilotida
tarbiyalash prinsiplarini ongli ravishda anglab oldilar.
Korxonalarda, xo‗jaliklarda, jamoa joylarida, mahallalarda oilada bola tarbiyasi to‗g‗risida
ma‘ruzalar bilan chiqish, televideniya va radioeshittirishlar pedagogik targ‗ibot ishining keng
vositalaridandir. Shuningdek, bu targ‗ibot vaqtli matbuot: «Sog‗lom avlod», «Maktabgacha ta‘lim»,
«Xalq ta‘limi», «Pedagogik ta‘lim» jurnallari, ko‗p sonli badiiy pedagogik, ilmiy-ommabop va
metodik adabiyotlarni chiqarish orqali ham amalga oshiriladi.
Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruhshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi
nazariyasi va amaliyoti to‗g‗risida ma‘ruzalar o‗qish, bolalar tarbiyasi to‗g‗risida kinofilm va
spektakllar namoyish qilish ijobiy natija beradi.
Bu mashg‗ulotlarni har xil sohalar bo‗yicha yuqori malakali o‗qituvchi, aktyor, ruhshunos
mutaxassislar olib boradilar.
Pedagogik targ„ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak:
1.
Pedagogik targ‗ibot hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‗lab olib borilishi lozim.
Pedagogik targ‗ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari va
ularni amalga oshirish yo‗llari, ilmiy asoslangan usullari bo‗yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
2.
Oila tajribasining ijobiy tomonlari, oiladagi bola tarbiyasida yo‗l qo‗yilgan xatolar va ularning
oldini olish, bartaraf etish yo‗llari to‗g‗risida targ‗ibot ishlari olib boriladi.
3.
Pedagogik targ‗ibotga tayyorlashda ota-onalarning har xil saviyada ekanliklari hisobga olinib,
ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko‗rgazmali va ularning his-tuyg‗usiga ta‘sir
ko‗rsatadigan bo‗lishi kerak.
Shunday qilib, maktabgacha ta‘lim tashkiloti va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini
muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‗rtasidagi birlik o‗rnatilishi
mumkin.
Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha bo‗lgan davr). Bola rivojlanishining dastlabki yilida unda
kattalarga bog‗liqlik (itoat qilish mexanizmi) va ularga qaramlik shakllangan bo‗lsa, bir yoshdan
uch yoshgacha bo‗lgan davrda esa bolaning xatti-harakatida va fikr yuritishida mustaqillikning
dastlabki belgilari rivojlanadi.
Bu davr boladagi amaliy bilimlarning keyingi yo‗lini belgilaydi. Bu yoshda bolalar har bir
sohada o‗zlarini sinab ko‗rishga intiladilar. Ayni shu paytda unda narsalar dunyosini o‗zlashtirish,
amaliy xatti-harakatlarni bajarish, o‗z tanasini boshqarish mexanizmlari shakllanadi.
Agar bu davrning imkoniyatlari boy berilsa bolada tegishli qobiliyatlar rivojlanmay qolishi
mumkin. Bu davr bolaning biror-bir ishni bajara olish uchun zarur bo‗lgan ko‗nikma va
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay davrligini ota-onalar doimo yodda tutishlari lozim.
Aziz ota-onalar Bolalar bilan so‗zlashganda gap va so‗zlarni to‗liq talaffuz eting. Agar bola
biror so‗zni noto‗g‗ri talaffuz etsa, unga «bu noto‗g‗ri» demang, uning o‗rniga so‗zning to‗g‗ri
talaffuzini takrorlang.
Ilk bolalik yoshida bolalar barcha narsaga qiziquvchan bo‗ladilar. Ularni qiziqtirgan
savollarga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qiling. Yodingizda bo‗lsinki, agar
kichkintoyingizni qiziqtirgan savolga javob berishdan qochsangiz, uning bilishga bo‗lgan
qiziqishlarini so‗ndirib qo‗yishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |