MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
137
- bolalarni maktabgacha ta'lim tizimiga jalb etish ko'lamlarini kengaytirish maqsadida aholi orasida
axborot targ'ibotini amalga oshiradi, shu jumladan, ruhiy-pedagogik ma‘rifat bo'yicha fuqarolarning
o'zini o'zi boshqarish organlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha moslashuvchan, muqobil modellarni rivojlantirish
maqsadida hududiy boshqaruv organlarida, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida
prognozlashtirish bo'yicha axborot-tahlil ishlari o'tkazilishini ta'minlaydi;
- davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini rivojlantirish
masalalarida manfaatdor tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha
fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam beradi.
Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari
hamda usullarini o'quv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida:
- maktabgacha ta'lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etishni
rag'batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim sifatini baholash natijalarini tahlil qiladi;
- milliy mustaqillik g'oyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy merosga, milliy urf-odatlarga va
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy barkamol yosh avlod tarbiyasining samarali
tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini ishlab chiqadi;
- o'qitishning zamonaviy ilg'or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv-
tarbiya jarayoniga joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishini
ta'minlaydi;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, samarali shakllar hamda usullardan
foydalanib, shu jumladan, tarbiyalanuvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etishda ular bilan yakka
tartibdagi ishlarni ta'minlashga ko'maklashadi;
- ilg'or pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni kamol
toptirish borasidagi zamonaviy xalqaro tajribani o'rganadi, umumlashtiradi va maktabgacha ta‘lim
muassasalarining ta‘lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;
- maktabgacha ta'lim sohasida mutaxassislarning xalqaro tajribasini o'rganish maqsadida o'quv
safarlarini tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarini milliy madaniytarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va
bolalikdan kitobo'qishga qiziqish uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi
o'yin va o'yinchoqlar, badiiyadabiyotlar bilan ta'minlash sohasida:
- o'quv dasturlari, o'quv-metodik adabiyotlarni pedagogika amaliyotiga joriy etish ustidan nazorat
qiladi;
-ilg'or pedagogika texnologiyalarini, zamonaviy o'quvmetodik komplekslarni yaratish va o'quv-
tarbiya jarayonini didaktik ta‘minlash bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarini rivojlantiruvchi o'yinlar va o'yinchoqlar bilan ta‘minlaydi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va
bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otuvchi badiiy adabiyotlar bilan ta'minlashni tashkil etadi;
- bolalarni yot g'oyalardan himoya qilish, ularning ma'naviy dunyosini oshirish, milliy va jahon
adabiyotini targ'ib qilish maqsadida bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga
ko'maklashadi, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim tizimining jurnallarida Vazirlikning metodik tavsiyalari va buyruqlarini nashr
etish orqali ilmiymetodik axborotni yoyishga ko'maklashadi;
- qat‘iy hisobot beriladigan hujjatlar namunalarini ishlab chiqadi va ularning ko'paytirilishini tashkil
etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |