MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
136
- rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, maktabgacha ta‘limning holatini qiyosiy
tahlil qiladi;
- maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'i faoliyat ko'rsatishining ta'lim bilan bog'liq va ijtimoiy
samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
- jurnallar, blankalar, o'quv-metodikkomplekslar,byulletenlar nashr etilishini vaVazirlik tizimi
faoliyatiga taalluqli bo'lgan o'quv qo'llanmalari e'lon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti
ishini tashkil etadi;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
kamol toptirishuchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
- maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojiantirish
masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;
- idoraviy mansub ta'lim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini
muvofiqlashtiradi;
- ta'mirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarini kuz-qish
fasliga tayyorlash bo'yicha ishlarni, maktabgacha ta'lim muassasalari binolari va inshootlarining
joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarining ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta
jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;
- manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish
bo'yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha ta'lim obyektlarida
har yili olib boriladigan qurilish-ta'mirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma'naviy-axloqiy va intellektual
saviyasini oshirish maqsadida bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olishni oshirish va
maktabgacha ta'lim sohasidagi muammolarni aniqlash bo'yicha jamoatchilik fikri o'rganilishini
tashkil etadi;
- maktabgacha ta‘lim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga
ko'maklashadi, maktabgacha ta'lim masalalari bo'yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar
va hamkorlik o'rnatadi.
Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqichto'liq qamrab olishni ta'minlash
sohasida:
- fuqarolarning maktabgacha ta‘limdan foydalanishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishi uchun
shart-sharoitlarni ta'minlaydi;
-maktabgacha ta'lim muassasalari bazasida bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha har xil muqobil
modellarni ishlab chiqadi;
- maktabgacha ta'lim tizimi faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishiningdolzarb va istiqbolli ehtiyojlari
tahlil qilinishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta'limning amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlari va umumta'lim maktablarining 1-
sinfi dasturi uzviyligini amalga oshirish masalalarida idoraviy mansub muassasalarga rahbarlik
qiladi;
- raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini rivojlantirish
bo'yicha aniq choratadbirlarni amalga oshiradi;
- maktabgacha ta‘lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish/ xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash masalalarida ko'maklashadi,
- konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni tashkil etish
orqali maktabgacha ta'lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini keng targ'ib qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |