Mikelanjelo-Buonarroti
Mikelanjelo Buonarroti 1975 yilda Italiyaning Kaprize shahrida tug`ilgan. 1594 yilda Rimda
vafot etgan. 125-rasm. U dastlabki maxsus ta’limni ustozlari Uyg`onish davrining buyuk
vakillari hisoblangan rassom M.Girlandayo va xaykaltarosh Bertoldo di Jovannidan olgan. U
asosan mahobatli xaykaltaroshlikda ijod qilib, uning asarlarida inson go’zalligi, uning qudrati,
hayotdagi dramatik xolatlar o’z aksini topdi. Uning ilk asarlari qatoriga “Zinapoya oldida
turgan Madonna”, “kentavrlar”, “Vakx xaykali”, “Isoga motam”, “Madonna”, “Muqaddas
oila”
kabilarni
kiritish
mumkin.
Keyinchalik uning yaratgan asarlaridan “David”, “Bosh ko’targan qul”, “O’layotgan qul” kabi
asarlari ozod inson bo’lish, qullik va zulmga qarshi kurash ramzi bo’lib qoldi.
Xaykaltaroshning “O’layotgan qul”, “Bosh ko’targan qul” nomli ishlari papa Yuliy II qabri
uchun tayyorlandi. Unda kurashdagi shiddat ham, zaiflik alomatlariham o’z ifodasini topgan.
U yaratgan asarlari orasida Florenstiyadagi ibodatxona uchun ishlagan me’moriy
haykaltaroshlik ansambli (“Tong, “Kunduz”, “Kech”, “Tun”). Rimdagi avliyo Pyotr
ibodatxonasining me’moriy ansamli, “P’eta Roddanichi” kabi haykallari diqqatga sazovordir.
Makelanjeloning “David” nomli mashhur asari Florenstiyada ozodlik va mustaqillik timsoli
bo’lib qoldi. 126-rasm. David dushman bilan kurashish uchun tayyor turgan shavkatli jangchi
qiyofasida tasvirlangan. O’spirin yigit jangovor holda turibdi. +ahramon obrazida katta
jismoniy
quvvat
va
ichki
ko’tarinklik
ifodalanadi.
U oyoqda mustahkam turibdi, boshi dushman tomon qaratilgan, qoshlar qayirilgan, lablar
qisilgan, qalin sochlar peshonasida osilib turibdi. Bir qo’lda tosh, ikkinchi qo’lida palahmon.
Biron daqiqa o’tmasdan u toshni palahmonga solib, aylantirib dushman tomon uloqtiradi.
Davidning kuchini ko’rsatish uchun Mikelanjelo haykalini 5,5 metr balandlikda ishlaydi.
Uning bo’yni, qo’li, ko’kragi, oyog`idagi muskullarini bo’rttirib ko’rsatadi. +axramon tasvirida
shafqatsiz
kuch
va
g`alabaga
ishonch
sezilib
turibdi.
“David” mavzusi o’z mustaqilligi uchun to’xtovsiz kurash olib borayotgan kichik bir
qahramonona
shahar
xalqiga
yaqin
bo’lib,
ular
orasida
keng
tarqaldi.
Mikelanjeloning “David” haykali uni nihoyatda mashhur qilib yubordi va papa Yuliy II Rim
shaxriga uni ishga taklif etdi. Papaning buyrug`iga ko’ra haykaltarosh juda ko’p haykallardan
tashkil topgan yirik inshootni qurilishida ishtirok etishi lozim edi. Mikelanjelo bu buyurtma
ustida ko’p yillar ishlagan bo’lsa-da uni oxiriga etkaza olmadi. U bir nechta o’zaro bog`liq
bo’lmagan asarlarni yarata oldi xalos. Ular ayrimlari “Bosh ko’targan qul”, “O’layotgan qul”
haykallaridir.
Birinchi haykalda kishanni uzishga harakat qilayotgan kuchli, yosh go’zal yosh yigit
tasvirlangan. Asarda qullikka qarshi g`alayon va g`alabaga bo’lgan ishonch, bukilmagan iroda
yigitni mag`rur yuzida va tanasidagi harakatlarda ifodalangan. Muskullardagi yirik, misilsiz
zo’riqish
ozodlikka
bo’lgan
qa’tiy
harakatni
yanada
kuchaytirib
yuboradi.
Ikkinchi haykalda kurashda xalok bo’layotgan qahramon obrazi ifodalangan. +ahramon katta
kuch qudratga, quvvatga ega bo’lishiga qaramasdan u noilojlikdan vafot etadi. Lekin u
dushman bilan beshavqat kurashdi. Shuning uchun ham uning o’limi yorqin va osoyishta,
xotirjam. Uning yuzlarida azoblanish, dard belgilari sezilmaydi. O’smirning go’zal tanasida
o’lim talvasasi oldidan ro’y beradigan xunuk, ko’rimsizlik belgilari yo’q. Bu haykal orqali
Mikelanjelo hayotdan o’limga o’tish davrini kishi tanasida mohirlik bilan ko’rsata olgan.
Biroq, hali tanada harakat bor, engil nafas olayotgan ko’kragi ko’tarilib tushib, oyoqlar sovub,
muskullar
qochib,
silliq
ko’rinishga
kirmoqda.
Mikelanjeloning ijodi insonparvarlik, inson qudrati va uning go’zalligini tarannum etishda
nafaqat Uyg`onish davri, balki undan keyingi ijodkorlarga hamnamuna bo’lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |