Leonardo-daVinchi
Leonardo da Vinchi 1452-1519 yillarda yashab ijod etdi. U Italiyaning Vinchi shahrida
tug`ildi. 120-rasm. U rassomchilik bilan birqatorda ko’p yo’nalishlarda ijodiy ishlarni olib
borgan. Xususan, sayyoralar harakati, okean suvlari, qushlarning parvozi, tovushlarning
quyosh yorug`lig`i ta’sirida tarqalishi, erdagi hayot tarixi va odamzod haqida tadqiqot ishlarini
shular jumlasidandir. U tegirmon, qishloq xo’jaligi mashinalari, tunellar, uchish apparatlari
borasidagi
anchagina
ijodiy
ishlarni
bajardi.
San’at sohasida Leonardo haykallar ham ishlardi, me’morlik ham qilardi, musiqa asbobini
chalardi, she’rlar to’qirdi, rasm chizardi. Hammasidan ko’ra u rasm ishlashga juda qiziqardi.
Dastlab u Florenstiyaga kelib rassom va haykaltarosh Andrea Verokko qo’lida o’qiydi.
Uning barcha badiiy faoliyati bevosita ilmiy izlanishlar bilan bog`liq edi. U o’zining
“Rangtasvir haqida traktat” nomli kitobida realistik san’atining butun bir dasturini bayon
etgan.
Bu
dastur
keyingi
davr
rassomlari
tomonidan
rivojlantirildi.
Leonardoning ko’pgina asarlari diniy mavzularda bo’lsa-da, biroq ularning mazmuni yangicha
aks ettirilar edi. Xususan, rassomning jo’shqin bilan to’lib-toshgan asarlarida kishilarning
erdagi hayotiy lavhalari, ularning murakkab ma’naviy dunyosi va kechinmalari o’z ifodasini
topardi. Leonardoning ko’pgina asarlarida ona obrazi aks etgan bo’lib, ularda ayollar
ulug`lanadi.
Rassomning eng mashhur asarlaridan biri “Maxfiy kecha” deb nomlanadi. 121-rasm. Bu asar
1995-1997 yillarda yaratilgan bo’lib, unda Milan shahrining Santa-Mariya ibodatxonasida ro’y
bergan fojeaviy voqea tasvirlanadi. Ma’lum bo’lishicha, ibodatxonada o’z ustozlariga umrbod
sodiq bo’lgan shogirdlar orasida sotqin ham bor edi. Asarda avliyo Xrist shu voqeani o’z
shogirdlari bilan birgalikda muhokama etishi aks ettirilgan edi. Rassom suvratda insonlarning
his va hayajonlarini nihoyatda keng, shu bilan birga undagi obraz va detallarni bir-birlari bilan
uyg`un
muvofiqlashtirgan
holda
yaratadi.
Rassom rangtasvirni me’morchilik bilan bog`langan holda aks ettirib, kompozistiya mazmunii
yangichasiga
hal
qiladi.
Bu
esa
tomoshabinda
katta
taasurot
qoldiradi.
Rassomni mashhur qilgan asarlaridan yana biri “Monna Liza. Jokonda” deb ataladi. 122-rasm.
Asar 1503-1505 yillar davomida yaratilgan bo’lib, xozirda u Parijdagi Luvr muzeyida
saqlanadi. Bu suvratda savdogar Jokondaning xotini tasvirlangan. U taxminan 500 yil ilgari
ishlangan bo’lsa-da XX asrga kelib asar katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Natijada
millionlab tomashabinlar Amerika, Yaponiya, Rossiyada tashkil etilgan ko’chma
ko’rgazmalarida asarni bir minutgina ko’rish uchun kecha-kunduz navbat kutib turishlariga
to’g`ri keldi. Ayrim odamlar suratga qarata to’pponchalardan o’q otishga harakat ham qilgan
edilar. Shuning uchun asarning ustki qismini o’q o’tmaydigan oyna bilan to’sishga to’g`ri
keldi.
Asar
haqida
yuz
tomdan
ortiq
asarlar
yaratildi.
XX
asrning
kishilarini
asaradagi
nima
taajjubga
solardi?
Nazarimizda, yosh ayol yuzidagi his-tuyg`ularning o’zgaruvchanligidir. Xususan, unda sovuq
kinoya, goh noz-karashma, goh ma’yuslik, goh samimiylik, goh jiddiy nigohni, goh ishonarli
darajadagi
aniqlik,
goh
yashiringan
qandaydir
ma’nonini
ko’rish
mumkin.
Bunday
bir-biriga
qarshi
ruhiy
holatlar
kishini
o’ylashga
majbur
etadi.
“Monna Liza. Jakonda” suvratini kuzatganda, quyidagilarga etibor berish lozim:
-Suvrat
tasviriy
san’atning
qaysi
janriga
mansub?
-Suvratdagi
ayol
qaysi
yoshlarda
bo’lishi
mumkin?
-Suvratdagi
manzara
qaysi
faslga
xos?
-Ayolning
ruhiy
holati
qanday?
-Suvrat
kompozistiyasi
sizga
ma’qulmi?
-Suvratda
rang,
yorug`soya,
perespektiva
qoidalariga
qanchalik
rioya
qilingan?
-Rassom
suvratdagi
ayol
obrazini
tasvirlab,
tomoshabinga
nima
demoqchi?
Asar yana shu jihati bilan mutaxassis va tomoshobinlarda qiziqish orttiradiki, rassom o’zining
butun umri davomida ishlagan barcha asarlarini sotgan. Lekin “Monna Liza. Jokonda” asarini
doimo uni o’zi bilan olib yurgan va uni xech qanday pul sotmagan. Rassom bu asarini hayoti
davomida
qaysi
mamlakatga
bormasin
uni
doimo o’zi bilan olib yurgan.
Rassom o’z hayotida juda ko’plab yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratdi. Ular “Madonna
Benua”, “Madonna Litga”, “+oyadagi Madonna”, “Gul ushlagan Madonna”. “Oqsichqon
ushlagan
ayol”
va
boshqalar
shular
jumlasidandir.
Daho Leonardo da Vinchining asarlari kishilarni o’ylashga, go’zallikni tushunishga va
qadrlashga o’rgatdi. Uning betakror ijodi barcha davr rassomlari uchun namuna va tajriba
makiabini
o’tab
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |