Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, Buanorotti, Rafael Santi, Kamoliddin Behzod,
Albrext Dyurer, Shoon, Rubeks, Ivanov, Sopojnikov, Losenko, O’rol Tansiqboev, Malik
Nabiev, Raxim Axmedov.
Behzod Kamoliddin
(1455-Xirot- 1536)- buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uyg`onish
davri etuk sanatkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar etakchisi, ustozi.
«Ikkinchi Moniy» degan faxriy unvonga sazovor bo’lgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad
Xaydar Do’st Muhammad va Qozi Ahmadning malumotlariga ko’ra Behzodni Sulton
Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh o’z tarbiyasiga olgan.
Behzod musavvirlikni Pir Sayd Ahmad Tabriziydan o’rgangan, o’z ijodida musavvir Xalil
Mirzo Shohruhiy badiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga etkazgan. Bunda
Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan.
Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o’sha davrning etuk sanatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji
Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad
Nur kabi xattotlar ijod bilan band bo’lganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot
Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzakkib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Behzod
ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu erda - Navoiy va boshqa sanatkorlar tasirida kamol
topgan.
Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Xusayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487
Sulton Xusayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan.
Keyinchalik bu joy o’z davrinig badiy akademiyasiga aylandi. Uni mutaxassislar
«Nigor’xonayi Behzod » yoki «Behzod akademiyasi» deb ataganlar. Musavvir Xirotda Navoiy
va Sulton Xusayn hayotlik davrida qizg`in ijod bilan band bo’ldi, ko’plar mo’tabar
qo’lyozmalarni yaratishga rahnomalik qildi, malum k,ismini jofisrasmlar bilan ziynatlashda
shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining - Navoiy, Jomiy, Sulton Xusayn va
boshqalarning chehrakumoylarini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini o’rgatdi.
1507 - 10 - yillarda Behzod Xirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida
bo’ldi. Bu davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti etib kelgan. 1510 yil
Xirot shahri safaviylar qo’liga o’tadi. 1520 yilda Shoh Ismoil yosh shaxzoda Taxmosibga rasm
o’rgatish uchun Behzodni o’z saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi.
1522 yil esa maxsus farmon bilan rassomni o’z kutubxonasidagi kitobat ahli (kotib, naqqosh,
muzahhib, jadvalkash, halkor, zarko’p, lojuvardshuy va boshqalar)ga mutasaddi etib
tayinlaydi. 1524 yil Shox Ismoil vafotidan keyin Shox Taxmosib davrida ham Behzod katta
obro’ va e’tiborga ega bo’lgan. Tabrizda Behzod Sulton Muhammad Og`a Mirak va Mir
Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning ma’lumotiga ko’ra
Behzod hayotining oxirida ona shahri Xirotga qaytgan va shu erda vafot etgan. Musavvirning
qabri quhi Muxtor (Murot tog`i: Avg`oniston hududida) ming xushmanzara joyda. O’rta
sharqda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yo’nalishini belgilab bergan Behzod
ijodi uning zamondoshlari tomonida yuqori baholangan Behzod o’zidan oldingi rassomlar
an’analari davom ettirdi va boyitdi. Asarlarning tarixi murakkab, Yorqin harakatga boy,
yorqin, jozibador ranglardan tushirilgan bo’lib ular o’zaro uyg`un. Tabiat jonli hayot
manzaralari aniq va haqqoniy ishonarli va ta’sirchan tasvirllangan. Chiziqlar nihoyatda nozik,
ranglar nafis ishlangan. Portretlarda insonning ma’naviy qiyofasi, ruxi, his-tuyg`ulari, xulq-
atvorini aks ettirishga ahamiyat bergan.
Sa’diyning «Bo’ston» asari qo’lyozmasi (1478 Dublindagi chestr biti kutubxonasida)
rasmlari: Attornin «Mantiq ut- mayr» asari qo’lyozmasiga (1483 yil Nyu-Yorkdagi
Metropolitin muzeyida) 1487 yil chizilgan rasmlar: Navoiyning «Hamsa » qo’lyozmasiga
(1485 Osforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi Jon Reylondos kutubxonasida)
Do'stlaringiz bilan baham: |