Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 0,81 Mb.
bet68/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

13-MAVZU. PATOGEN MIKROORGANIZMLAR


Mavzuning maqsadi: Talabalarni o‘simlik, hayvon va insonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi virus, bakteriya va boshqa mikorganizmlar Bilan tanishtirish.
Reja.

  1. Fitopatogen psevdomonadalar.

  2. Fitopatogen bassilalar.

  3. Fitopatogen zamburug‘lar.

  4. Fitopatogen bakteriyalarning tarqalishi va ularga qarshi kurash choralari.

Adabiyotlar: 1: 89-95; 2: 88-95.
Asosiy tushunchalar: fagoprofilaktika, fagodiagnostika, infeksiya, patogen, taksin, anatoksin, toksemiya, sintesimiya, bakterimiya, reinfikatsiya residiv, transilantatsion fagotsitoz, mikrofag, makrofag, antigen, antitela, baksino profilaktika, vaksina.

Patogen bakteriyalar odamlarda, hayvonlarda turlituman kasalliklar vujudga keltiradi. Bularga stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar kiradi. Bular odamlarda turlituman yallig‘lanishni vujudga keltiradi. Masalan, stafilokokklar odamda chipqon (furunkul)ni vujudga keltiradi. Patogen stafilokokklarga qoramollar, qo‘y va echkilar, otlar, oq quyon va oq sichqonlar juda chidamsizdir. Patogen streptokokklar odamda va hayvonlarda turlituman yallig‘lanishlarni, pnevmokokklar pnevmoniyani, meningokokklar meningitni, gonokokklar gonoreya kasalliklarining sababchilaridir. Vabo kasalligining sababchisi pasterela, brusellyoz kasalligini sababchisi brusello koka bakteriyasidir.


Patogen anaerob bakteriyalar koqshol (stolbnyak), botulizgazli gangrena (qorason), to‘qimalarning yemirilishi va boshka kasalliklarning sababchilaridir. Patogen korine bakteriyalar difteriya kasalligini, patogen mikokkobakteriyalar sil kasalligini, patogen rikketsiyalar qizilchali tif (sipnoy tif) kasallngini vujudga keltiruvchilardir.
Usimliklarda har xil kasalliklarni vujudga keltiruvchi bakteriyalarni fitopatologiya fani o‘rganadi. Fitopatologiya fani XIX asrning 30 yillarida tashkil topa boshlagan. Kasal o‘simliklarni.birinchi bo‘lib D. Kandol tasvirlagan edi.
Berrilya (1882—1883) birinchi bo‘lib bakterioz kasalliklarini o‘rganadi. Hozirgi vaqtda 300 dan ortiq turga mansub bo‘lgan o‘simliklarda turli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan bakteriyalar, mikokkobakteriyalar, psevdomonadalar va boshqa mikroorganizmlar ma’lum. Kasal tug‘diruvchilar orasida monofaglar (faqat bir turdagi o‘simliklarni kasallantiruvchilar) va polifaglar (ko‘p turdagi o‘simliklarni kasallantiruvchilar) ma’lum. Bakterioz kasalliklarining 25% bizning mamlakatimizga to‘g‘ri keladi, bu kasalliklar ma’lum areallar bo‘yicha yoki keng maydonlarda uchrashi mumkin. Texnik o‘simliklarning kasallanishi natijasida sanoatga katta zarar keltiradi. Masalan, danakli rezavor mevalarda uchraydigan kuyish — ojog, makkajo‘xorida so‘lish kasalliklari keng tarqalgan.
G‘o‘zada uchraydigan gommoz natijasida 60%, g‘allalarda uchraydigan qorakuya natijasida 15—60% ga yaqin, pomidorda uchraydigan rak natijasida 70—96% ga yaqin hosil nobud bo‘ladi. Yog‘ochi qurilishda ishlatiladigan qayin, archa, buk kabi daraxtlar ham keng miqyosda zararlanadi.
Fitopatogen psevdomonadalar. Bularning turi juda ko‘p bo‘lib, har xil o‘simliklarda turli kasalliklar qo‘zg‘atadi. Bug‘doyda qorakuya kasalligini vujudga keltiradi (III tablitsa). Bu kasallik zararlangan don orqali tarqaladi. U Kanada, AQSh, Meksika, Avstraliyada va SSSR ning Yevropa qismida keng tarkalgan. Bug‘doy o‘simligining hamma organlarini zararlaydi, hatto arpa, javdar va sulini ham zararlaydi.
Ps. malvacelarium ro‘zada gommoz kasalligini qo‘zg‘atadi. Kasallangan o‘simlikning bargida to‘qyashil yumaloq yoki uchburchak shakldagi yog‘li dog‘lar paydo bo‘ladi, poya ham zararlanadi. Keyin ko‘saklarda oldiniga to‘qyashil, keyinchalik qora rangli dog‘lar hosil bo‘ladi. Yoyasi tez sinadigan bo‘lyb qoladi (IV tablitsa).
Kasallik hosilni kamaytirishi bilan birga, tolaning sifatiga ham salbiy ta’sir etadi. Bu kasallik zararlangan chigit orqali tarqaladi, barcha paxtakor rayonlarda uchraydi.
Ps.beticola lavlagi o‘simligida sil kasalligini qo‘zg‘atadi. Asosan qand lavlagi va xashaki lavlagini zararlaydi. Bunday kasallangan lavlagining ildiz tugunaklarida turli o‘smalar xosil bo‘ladi. U asosan zararlangan urur, tuproq va o‘simliklar qoldig‘i orqali tarqaladi.
Ps.fobacia tamaki o‘simligini kasallantiradi, uning barglari zararlanishi natijasida hosil 40— 50% ga kamayadi, kasallik zararlangan urug‘ orqali tarqaladi.
Ps.angulata ham tamaki bargida sariqyashil rangli dog‘lar hosil qiladi, shu dog‘lar ichidagi to‘qimalar yemiriladi.
Ps.gorloncevinum choy o‘simligida rak kasalligini qo‘zg‘atadi. Po‘stlog‘i ostida bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Kasallik Gruziyada tarqalgan.
Ps.phaseoli dukkakdosh o‘simliklarni zararlaydi. Barglarida qo‘ng‘ir rangli dog‘lar hosil bo‘ladi, xosil 20—40% ga kamayib ketadi (V tablitsa):
Bulardan tashqari, beda, kartoshka, sabzi, pomidor, bodring, (VI tablitsa); qovun, qovoq, karam (VII tablitsa); gulkaram, danakli rezavor mevalardan nok, tut ilg‘oq, (VIII tablitsa); sitrus o‘simliklardan limon, apelsin, andarin (IX tablitsa); xona gullaridan oleandra, giatsintlarda (X tablitsa) turlituman bakterioz kasalliklari tarqalgan.
Fitopatogen batsillalar. Bular ham turlituman bo‘lib, o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atadi. Vas. Mesentericus makkajo‘xori so‘tasida bakterioz kasalligini qo‘zg‘atadi (XI tablitsa). Hatto o‘rik va shaftoli mevalarini ham zararlaydi, barglari zararlansa, yemirilib ketadi. Bu kasallik birinchi marta Armanistonda aniqlangan.
Fitopatogen bakteriyalardan Vas. phytophtorum kartoshkada qorason kasalligini qo‘zg‘atadi. Fitoftora poyasining pastki tom enidagi parenxima to‘qimalaridan o‘tkazuvchi naylar orqali boshqa joylarga o‘tadi, poya mo‘rt bo‘lib qoladi.
Kasallik zararlangan tugunaklar yoki tuproq orqali tarqaladi, bunda 5% dan 50% gacha hosil nobud bO‘ladi
Vas. corotovorum sabzavotlarda chirish kasalligini keltirib chiqaradi.
Vas. trcheipilum bodring, pomidor va shu oilaga mansub boshqa o‘simliklarda so‘lish kasalligini vujudga keltiradi. Bu kasallik dunyo bo‘yicha keng tarqalgan (XIII tablitsa).
Vas. amylovorum mevali daraxtlarda kuyish kasalligini vujudga keltiradi, atirguldoshlar oilasining 36 taga yaqin turini zararlaydi, ayniqsa nok va olma ko‘p zararlanadi. Kasallangan gul novdalar va pishmagan mevalar qorayib qoladi. Kasallik juda katta zarar keltiradi. U ko‘p mamlakatlarda tarqalgan. . Chromobacterium crevanense g‘o‘za o‘simligida ildiz chirish kasalligini vujudga keltiradi. Chromobacterium vitivorum— tok poyasini kasallantiradi (XIV tablitsa).
Fitopatogen zamburug‘lar. Turli mamlakatlarda 150 yil mobaynida 187 turga mansub Verticilliim zamburug‘i topilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plangan. Shulardan SSSR da 56 to‘ri va 9 ta tur ichidagi formalari, Urta Osiyoda 23 ta turi, O‘zbekistonda 14 ta turga mansub bo‘lgan vakillari uchraydi. Bulardan Verticilliim dahliae g‘o‘za o‘simligida vilt kasalligini qo‘zgatadi.
Urta Osiyoda bu kasallikni birinchi bo‘lib 1928 yilda Zaprometov aniqlagan. 1929 yili esa Yachevskiy bu kasallikni vujudga keltiradigan zamburug‘ — Verticilliim dahliae ni topadi. Bu kasallik Armaniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston va Uzbekistonning barcha oblastlarida uchrashini ko‘pgina olimlar aiiqlaganlar.
Kasallik keng tarqalishining asosiy sababi bir yerga uzoq muddat bir xil o‘simlik ekilishidir. Qasallik asosan kasallangan o‘simliklar qoldig‘i, begona o‘tlar, to‘proq, suv, zararlangan urug‘, hatto havo orqali tarqaladi.
Vert. dahliae sun’iy oziq muhitida, ayniqsa, Chapek ozig‘ida yaxshi o‘sadp. Boshqa zamburug‘lar singari avvaliga yumaloq, bir oz bo‘rtib ko‘tarilgan, oq rangli mitsella hosil qiladi, 10 kundan keyin kul rang va jigar rangga kiradi.
Koloniyasi g‘ovak, eni 1,5—3,5 nm, 3—7 kun o‘tgach, mitseliydan har tomonga turli kattalikdagi pufakchalar tarqaladi. Bu pufakchalardan har tomonga qarab 2—3 tadan giflar chiqadi. Koloniyasi bir hujayrali, ovalsimon, rangsiz, 1,5—2,7 nm kattalikda Giflar uchida konidiyalar hosil bo‘ladi. Ulardan tashqari, oidiyalar, xlamidosporalar va mikrosklerotsiylar ham hosil bo‘ladi.
Bu parazit g‘o‘za o‘simligining o‘tkazuvchi naychalar sistemasini zararlaydi, u yerda mitseliy hosil qiladi. Mitseliyda giflarning uchida ko‘plab konidiyalar hosil bo‘ladi, konidiyalar o‘simlikning butun tanasi bo‘ylab tarqaladi. Usimlikning bargida sariq dog‘lar hosil bo‘ladi, keyin o‘simlik so‘linqirab qoladi. U ayniqsa g‘o‘zaga rivojlanish davrining boshida kuchli ta’sir etadi, bunda urug‘palla barglari 1—2 kun ichidayoq so‘lib qoladi. Chinnigulda ham bakterioz kasalligi uchraydi (XV tablitsa).
Fitopatogen bakteriyalarning tarqalishi va ularga qarshi kurash choralari. Turli-tuman bakterioz kasalliklarining tarqalishida asosiy vosita urug‘dir, chunki urug‘ning ichiga kirib olgan yoki yuzasiga yopishgan fitopatogen bakteriyalar qish sovug‘idan himoyalangan bo‘ladi. Urug‘ unganda bakteriyalar yosh nihollarni zararlaydi, so‘ngra o‘tkazuvchn sistema orqali ko‘tarilib, butun o‘simlikni zararlaydi. Bundan tashqari zararlangan urug‘ orqali kasallik boshqa rayonlarga ham tarqalishi mumkin. Urug‘dan tashqari, bakterioz kasalliklari zararlangan qalamchalar, tugunaklar orqali ham boshqa joylarga tarqalishi mumkin.
Asosan bakterioz kasalliklari kasal o‘simliklar qoldig‘i (organlari) orkali tarqaladi. Ba’zan yomg‘ir tomchilari orqali ham kasallik tarqalishi mumkin. Suv ham kasallik tarqatishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Bakterioz kasalliklarining tarkalishida nematodalar, shilimshiklar, qushlar ham vositachi bo‘lishi mumkin.
Bakterioz kasalliklariga qarshi kurash olib borish uchun bakteriyalar biologiyasini, ular uchraydigan joylarni yaxshi bilish zarur. Bakteriozlarga qarshi asosan, ximiyaviy, agrotexnikaviy va biologik usullarda kurash olib boriladi.
1. Ximiyaviy usulda kurashishda urug‘ni ekishdan oldin dorilash, kalamcha va tugunaklarni dezinfeksiyalash zarur.
2. Agrotexnikaviy usulda tuproqni dezinfeksiyalash, yerga yaxshi ishlov berish, zararlangan o‘simliklarni darhol daladan olib chiqib ketib kuydirish zarur.
3. Biologik usulda tuproqda antogonist bakteriyalarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib berish zarur.
Nixoyat bakterioz kasalliklariga chidamli o‘simliklar navini yaratish ham muxim ahamiyatga ega bo‘lgan choralardan biridir.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish