Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 0,81 Mb.
bet66/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

BAKTERIAL UG‘ITLAR
Tuproqdagi mikrobiologik protsesslarga va mikroblarga bakteriologik o‘g‘itlar kuchli ta’sir ko‘rsatadigan faktorlardan biri hisoblanadi. Bakterial o‘g‘itlar xilmaxil bo‘ladi: nitragin, azotobakterin, fosfobakterin, AMB va boshqalar. Turli dukkakdosh o‘simliklarning urug‘iga ekishdan oldin nitragin bilan ishlov berilsa (1 ga yerga ekiladigan urug‘ uchun 5—10 g nitragin kerak), ularning hosili o‘rta hisobda 10—15% yuqori bo‘ladi.
Nitragin ta’sirini quyidagi. jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin Nitragin tarkibida aktiv tugunak bakteriyalari bo‘ladi, ular ko‘plab atmosfera azoti to‘playdi va hosilni oshiradi. Shuningdek, hosilning sifati ham yaxshilanadi, ya’ni ko‘p miqdorda oqsil, aminokislotalar va V gruppaga mansub vitaminlar sintezlanadi
Nitragin turli shaklda: torfli aralashma, tuproqli aralashma, agarli aralashma va suyuq holda ishlab chiqariladi. Shulardan eng ko‘p ishlatiladigani torfli aralashma b,o‘lib, .bu aralashmadan AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanadada, Hindistonda va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng ravishda foydalaniladi.
SSSR da ko‘proq nitraginning tuprokli aralashmasi ishlatiladi, uning 1 gramida (mayda urug‘li o‘simliklar uchun) 3 dan 6 milliardgacha, (yirik o‘simliklar uchun) 1,5—3 milliardgacha bakteriya bo‘ladi.
AZOTOBAKTERIN
Azotobakterin tarkibida azotobakter bo‘ladi, uni tayyorlash uchun azotobakter agarli muhitda o‘stiriladi. 1 gramida 40 mln azotobakter bo‘ladi, 1 ga yerga ekiladi urug‘lar uchun 10—15 g yetarli.
Azotobakterin SSSR da 1930 yillardan boshlab ishlatib kelinmoqda, u kul rang va qora tuproqli yerlarda o‘sadigan o‘simliklar hosilini 6—10% ga oshiradi. Ko‘proq sabzavot o‘simliklarida yaxshi natija beradi (19jadval).
AMB PREPARATI
Bu preparat tarkibida xar xil bakteriyalar: ammonifikatorlar, azotfiksatorlar, sellyulozani parchalovchilar uchraydi. Bu bakteriyalar tabniy unumdor tuproklarning asosiy mikroflorasini tashkil etadi. Shuning uchun avtoxton mikroflora deb ataladi. Odatda, kech kuzda va qish oylarida kislotali tuproqlarda nam ko‘p bo‘lishi va tuprok temperaturasining pasanib ketishi natijasida mikroorganizmlarning aktivligi pasayib ketadi. TTTuning uchun xar gektar yerga 250 kg dan AMB preparati solinsa, yaxshi natija beradn. Tubandagi jadvalda AMB preparatini qo‘llanish natijasida xosildorlikning ortishi ko‘rsatilgan (20jadval).
Hozirgi vaqtda AMB preparati ko‘prok parniklarda yetishtiriladi. Buning uchun parnikdagn go‘ng ustiga 30—40 sm qalinlnkda AMB preparati sochiladi va uch xafta shu holda saklanadi. Kepin bu yerda ko‘chat yetishtiriladi. Ko‘chatlar olingandan keyin go‘ng sabzavotlarni o‘g‘itlash uchun nshlatiladi.
FOSFOROBAKTERIN
1935 yiln A. A. Menkina tuproqdan organik birikmalardagi fosforni parchalaydigan bakteriyalarni ajratib oladi. Bu bakteriyalar organik moddalardagi fosforni o‘zlashtiradi va fosfat kislota hosil kiladi. Fosfat kislotani o‘simliklar o‘zlashtira oladi. Ko‘pchilik tuproqlarda organnk holdagi fosfor 28— 85% gacha bo‘ladi, lekin undan yuksak o‘simliklar foydalana olmaydi.
Organik holdagi fosforni parchalovchi bakteriyalar 2 xil: spora hosil kiluvchi va spora xosil qilmaydigan bo‘ladi.
Megaterium yirik, 5—6'nm uzunlikdagi, eni 1,8—2 nm, sporasining uzunligi 1,2 nm, eni 0,7 nm bo‘lgan bakteriyadir.
Seratsiya 1,8—2 nm uzunlikdagi tayokchasimon, eni 0,5 nm bo‘lgan fakultativ anaerob bakteriya.
1 ga yerga sepiladigan urug‘lar uchun fosforobakterinning 250 g yetarlidir. Quyidagn jadvalda suli va tariq hosildorligiga fosforobakterinning ta’siri ko‘rsatilgan (21, 22jadval).

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish