MIKROBIOLOGIYa FANINING QISQAChA RIVOJLANISh TARIXI.
Mikroorganizmlar aniqlanmasdan oldinoq, inson qatiq, vino
tayyorlashda, novvoychilik ishlarida mikrobiologik proiesslardan
keng ravishda foydalanib kelgan. Qadim zamonlardayoq shifokorlar va tabiiyotshunoslar ko‘pgina yuqumln kasallar kelib
chiqish sabablarini izlay boshlagan edilar.
Osiyo xalqlari chechak, lepra va boshka kasalliklar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega edi. Abu Ali ibn Sino (9801037) bu kasalliklarning sababchilari tirik mavjudotlar ekanliligini va ular suv, havo orqali tarqalishini aytgan edi.
Mikroorganizmlarning ochilishi birinchi mikroskop kashf etilishi bilan bog‘liqdir. Birinchilar qatori Gans va Zaxariy Yansen, so‘ngra G. Galiley va K. Drebbsl tomonidan mikroskoplar yaratildi va yanada takomillashtirildi.
Gollandiyalik olim Anton Levenguk (1632—1723) o‘zi yasagan mikroskop yordamida iflos suv, turli xil organik moddali suvlar — nastoy, tish kirini tekshirib, mikroorganizmlar borligini ko‘radi va «Anton Levenguk kashf etgan tabiiyot sirlari» degan kitobida (1695 y.) ularning shaklini tasvirlab beradi. Rossiyada birinchi mikroskop XVIII asrning 30yillarida Ivan Belyaev va Ivan Kulibinlar tomonidan kashf etilgan.
Rus olimi, harbiy vrach D. S. Samoylovich (17441805) mikroskopik tekshirishlar yordamida toun (chuma) kasalligipnng qo‘zg‘atuvchisini tekshirib, odamlarni bu kasallikka qarshi emlash usulini taklif etgan. Ushshg bu kashfiyoti boshqa yuqumli kasalliklarning sababchisini o‘rganish uchun asos bo‘ldi. Angliyalik vrach E. Jenner (1749—1823) 1798 yilda chechakka qarshi emlash muxim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib bergan edi. XIX asrniig ikkinchi yarmidan boshlab apcha takomillashtirilgan mikroskoplar yaratildi, bu esa mikroorganizmlarnint faqat morfologik tuzilishini emas, balki fiziologiyasini ham o‘rganishga imkon berdi. Buyuk fransuz olimi Lui Paster (1822—1895) ko‘pginabijg‘ish protsesslarining: spirtli, sut kislotali, sirka kislotali bijg‘ish va boshqalarning biologik moxiyatini aniqladi. U chirish protsesslari ham alohida mikroorganizmlar ta’sirida borishini ko‘rsatdi. Lui Paster kuydirgi, quturish, saramas, pasterellyoz, gazli gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivopipg buzilishiii o‘rgaidi va ularga qarshi kurash choralarini aniqlab berdi. U anaerob bakteriyalarpi aniqladi, laboratoriya praktikasiga sterillash va pasterlash usullarini kiritdi.
Meditsina mikrobiologiyasining rivojlanishiga nemis olimi Robert Kox (1843—1910) ko‘p hissa qo‘shgan olimdir. U sof mikrob kulturasini ajratish uchun quyuq oziq muhitidan foydalanishni taklif etadi. Odam va qoramollarda sil kasalligini qo‘zgatuvchini va vabo vibrionini ajratib oldi, mikroskopik metodlarni takomsllashtirdi, immersion sistemani qo‘llashni va mikrofotografiyani praktikaga kiritdi.
I. I. Mechnikov (1845—1916) fagotsitoz va uning immunitstdagi ahamiyati hakida to‘lik ta’limot yaratdi, chirituvchi va sut kislota hosil qiluvchi mikroblarning antagonizmini anikladi va vabo kasalligini o‘rganishga o‘z hissasini qo‘igdi. Rossiyada birinchi bakternologik stapsiya tashkil etdi. Uning rahbarligi ostida. yirik mikrobiologlar: G. N. Gabrichevskiy, A. M. Bszredka, I. G. Savchenko, L. A. Tarasevich, N. F. Gamaleya, D. Q. Zabolotniy va boshxzlar yetishnb chiqdi.
Mikrobiologiya fanining rivojlanishida D. I. Ivanovskiy (1804—1920) alohida rol o‘ynadi. U tamaki barglarining mozaika kasalligini urganib, 1892 yilda fpltrlanuvchi viruslarni aniqladi va virusologiya faniga asos soldi. G. Gelrigel va Vilfart 1880 gulda tugunak bakteriyalar bilan dukkakli o‘simliklar orasidagi simbiizni aiiqladp. Tupiroqda uchraydigan minkroorganipzmlarni va ularnnig moddalar almashinuvidagi rolini aniqlashda S. N. Pinogradskiyning (1856—1955) hissasi katta bo‘ldi. U xemosintez prossssini pitrifikatorlar, oltingugurt va temir bakteriyalari misolida aniq ko‘rsatib berdi. Tuprokda erkin holda hayot kechiruvchi amaerob bakteriya klostridium pasterianumni, sellyulozani parchalovchi bakteriyalarni ham Vinogradskiy topdi va ko‘pgina yangi metodlarni kiritdi.
M. Beyerink tuproqda uchraydigan azotobaktsrnn annqladi. Nafas olish va bijgish protsesslari mexanizmini aniqlashda S. P. Kostichev, V. S. Butkevich, V. N. Shaposhnikov va II. D. Ierusalimskiylar katta hissa qo‘shganlar.
Chirindi moddalar va tuproq strukturasi hosil bo‘lishida tuproq mikroorganizmlarinipg rolini tushuntirishda I. V. Tyurin, M. I. Kononova va boshqalar, mikroorganizmlar ekologiyasini o‘rganish soxasida B. L. Isachekko, Ye. N. Mishustin, N. M. Lazarevlar, tuproqdagi va rizosfsradagi turli xil bakteriyalarning aktivligini aniqlashda N. N. Xudyakov, N. G. Xolodpiy, V. S. Butkevich, II. A. Krasilnikov, Ye. F. Beryozova, Ya. N. Xudyakov va boshka olimlarning ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Keyingi yillarda mikrobiologiya texnikasini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan olimlar B. V. Perfilsv va D. R. Gabellardir. Ular yaratgan kapillyar mikroskoppya metodi ko‘pgina cho‘kindilarda uchraydigan yirtqich bakteriyalarni topishga yordam berdi.
O‘tgan asrning oxiridan boshlab mikrobiologiyaning bir tarmog‘i bo‘lgan suv va geologiya mikrobiologiyasi rivoj topdi. G. A. Nadsop, B. L. Isachenko, M. A. Yegunov, V. O. Tausrn, V. S. Butkevnch, L. Ye. Kriss, A. S. Razumov va boshqalar bu tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. G. A. Nadson va uning shogirdi G. S. Filipprv 1925 yilda achitki zamburuglarga turli nurlar bilan ta’snr etib, ulardan mutantlar oldilar.
Mikrobiologiya sohasida shunday katta kashfiyotlarning ochilishi mikroskopik texnikaning rivoj topishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 1873 yilda Ernest Abbs mikroskoplar uchun linzalar sistemasini takomillashtiradi. 1903 yilda Zidentopf va Jigmondi ultramikroskoppi, 1908 yilda A. Ksler va Zidentopf birinchi lyuminessent mnkroskopni kashf etdilar. Nihoyat 1928—1931 yillarda birinchi elektron mikroskop yaratildi va 1934 yili F. Sernike fazokonstrast pripsipini takomillashtirdi. Elektron mikroskopda 0,02 mkm dan to 7 A gacha va undan ham mayda buyumlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |