Rikketsiyalar. 1909 yilda Rikkets degan olim Meksikada uchraydigan va bit orqali tarqaladigan qizilchali tif kasalligini tekshirnb, kasal odam tanasidan kalta tayoqcha shaklidagi mikrob topadi va rikketsiya provocheka deb nomlaydi. Bular juft juft yoki zanjir sheklida bo‘lishi mumkin, uzunligi 300—400 nm. Faqat tirik to‘qima va xujayralarda rivojlanadi.
Rikketsiyalar xususiyatlariga ko‘ra mikoplazmalarga o‘xshaydi, bakteriyalar va viruslarning oraliq formasi, DNK va RNK si uchraydi, polimorf mikroorganizmlar, ba’zilari kokksimon, donador, diametri 0,5 mk. Tayoqchasimonlari 1—1,5 mk, uchlari yumaloq yoki bir oz bukilgan, 3—4 mk, ipsimon formalari 10—40 mk da donador. Rikketsiyalar harakatsiz spora va kapsula hosil qilmaydi. Elektron mikroskopda rikketsiyalarni kuzatganda ular tashqi va ichki qobiq bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘ldi. Sitoplazmasida granulalar shaklidagi ribosomalar bo‘lib, ular 70—200 A keladi. Rikketsiyalar bo‘linib ko‘payadi. Patogen rikketsiyalar hayvonlarda va odamda turli tuman kasalliklarni keltirib chiqaradi, qizilchali tif, kunsitmasi, yurakda suv to‘planishi, tovuq va it rikketsiozi, ornitoz va boshka yukumli kasalliklarni ko‘zg‘atuvchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |