3.Ranglar jilosi. “BUQALAMUN” MODDALAR Yorug‘lik, temperatrua, namlik va boshqa ta’sirotlarga javoban tanasining rangini keskin o‘zgartira oladigan hayvonlarni buqalamun (hameleon)lar deb ataladi. Kimyoviy birikmalar orasida ham o‘ziga xos “buqalamun” lari anchagina. Ular ishtirokida qator qiziqarli tajribalarni namoyish qilish mumkin.
a) “Xameleon” eritma. Quruq probirkaga kaliy permanganat kristallaridan 3-4 g solib qizdirsak jigarrang tuz qoraya boshlaydi. Qizdirishni gaz ajralishi tugaguncha davom ettiring.
2KMnO4 → K2MnO4 + MnO2 + O2 CHiqayotgan gaz kislorod ekanligini cho‘g‘langan cho‘p yordamida sinash mumkin. Aralashma sovitilgach probirkadagi qoldiqni stakanga suvda eritiladi. Kaliy manganat tuzi suvda erib yashil rangli eritma hosil qiladi. Qo‘ng‘ir rangli marganets (IV) – oksidi esa cho‘kmaga tushadi. Qisqa vaqt ichida eritmaning rangi ko‘kish-binafshaga, undan binafsha rangga va nihoyat, to‘q qizil rang hosil bo‘ladi. Bunday rang o‘zgarishlari eritmada hosil bo‘layotgan kaliy permanganat kontsentratsiyasining ortib borishiga bog‘liqdir.
3K2MnO4 + 2H2 = 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH
Bunday o‘zgarishlar eritmaga ozgina kislota yoki xlorli suv quyilsa juda tezlashadi. Hatto, suyultirilgan sirka kislota ham kaliy manganatining kaliy permanganatga aylanishini tezlashtirib yuboradi.
3K2MnO4 + 4CH3COOH → MnO2 + CH3COOK + 2KMnO4 + 2H2O
5K2MnO4 + HClO + 5HCl → 4KMnO4 + MnO2 + 6KCl + 3H2O
b) “Uyatchan” kristallar. Yaxshilab quritilgan probirkaning to‘rtdan bir qismiga kristall soda solinadi va uning ustiga ozroq fenolftalein talqoni qo‘shiladi. Probirkani silkitib uning ichidagi moddalar aralashtiriladi. Probirkani qaynoq suvli stakanga bir oz vaqt davomida tushirib turilsa aralashma qizil rangga bo‘yaladi. Boshqa stakandagi sovuq suvga botirilganda esa probirka ichidagi aralashmaning rangsizlanishi kuzatiladi.
Na2CO3 • 10H2O → Na2CO3 + 10 H2O
Na2CO3 + 2H2O 2NaOH + H2CO (CO2, H2O)
NaOH Na+ + OH- Na2CO3 + 10H2O → Na2CO3•10H2O
Ushbu tajribani natriy atsetat tuzining kristallari bilan ham muvaffaqiyatli o‘tkazish mumkin. CHunki, natriy atsetat kristallgidrati 58OS dayoq o‘z suvini yo‘qota boshlaydi. Bunda ham kristallizatsiya suvi tuzning gidrolizlanishiga sabab bo‘ladi. Natriy atsetat ham soda kabi kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuz ekanligini gidrolizlanganda ishqoriy muhit hosil qiladi.
CH3COONa + 3H2O CH3COONa + 3H2O
CH3COONa + HOH CH3COOH + NaOH
Izoh. Tajriba paytida qattiq va uzoq qizdirish tavsiya etilmaydi. CHunki, suvning bug‘lanib ketishi evaziga qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va sovitilganda qaytadan kristallgidrat hosil bo‘lmasligi hamda indikator rangining yo‘qolmasligi mumkin. c) harorat va ranglar gammasi. Kumush nitrat eritmasi ustiga tomchilatib Nessler reaktivi qo‘shilganda kumush – simobli kompleks tuz cho‘kmaga tushadi:
2AgNO3 + K2HgJ4 = 2KNO3 + Ag2HgJ4↓
CHo‘kmani filtrlab oling va xona haroratida quriting. Uni probirkaga solib issiq va sovuq suvli idishlarga galma-gal botirib oling. Issiq suv haroratida (50OSdan yuqori) probirkadagi tuz qizil, sovuq suvda esa sariq rangga ega bo‘ladi.
Mis sulfat tuzining 10% li eritmasi bilan Nessler reaktivini 5:1 nisbatda aralashtirib uning ustiga teng hajmda natriy sulfitning 5% li eritmasi qo‘shilganda yana bitta “hameleon” kompleks tuzining cho‘kmasi hosil bo‘ladi:
2CuSO4+K2HgJ4 + Na2SO3 + H2O = CuHgJ4↓+2KHSO4 + Na2SO4 Cho‘kmani filtrlab oling va quriting. Bu tuz 700C dan yuqori haroratda qora, undan pastroq haroratda esa qizil rangli bo‘ladi. Unin rang o‘zgarishlarini ham yuqoridagi ko‘rinishda namoyish qiling.
Kadmiy sulfid tuzi ham harorat ta’sirida o‘z rangini o‘zgartiruvchi birikmadir. Uni kadmiyning istalgan eruvchan tuzining eritmasidan vodorod sulfid o‘tkazish orqali hosil qilish (cho‘ktirish) mumkin. Cho‘kmani ohista quritib probirkaga solinadi va spirt lampasining alangasida quritiladi. Sariq rangli bu tuz issiqlik ta’sirida qo‘ng‘ir – qizil tus oladi. Sovtiliganda esa asl-holiga qaytadi.
Temir (III) – oksidi qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli moda bo‘lib uning kukunidan quruq probirkaga solib qizdirilsa qorayadi, sovutilganda esa asl rangini oladi.
Oq rangli rux oksidini kuchli qizdirilganda sarg‘ayadi, sovutilganda esa yana oq rangli bo‘lib qoladi.
g) suv – rang ko‘rsatkichi. SHtativga gorizontal holatda o‘rnatilgan probirkaning biriga havo rangli mis quporosi, ikkinchisiga esa pushti rangli kobalt xloridning kristallgidrati maydalab tuyib solingan. Probirkalardagi tuzlar qizdirilganda mis kuporosi oq rangli kukunga aylanadi, kobalt tuzi esa turfa rangli bo‘lib o‘zgaradi. Gap shundaki, mis kuporosi qizdirilganda besh molekula suvni yo‘qotib oq rangli suvsiz mis sulfatga, olti molekula suvli kobalt xlorid kristalgidrati esa dastlab qizil rangli to‘rt molekula suvli, keyin to‘q ko‘k – binafsha rangli ikki molekula suvli, undan so‘ng pushti – binafsha rangli ikki molekula suvli, unan so‘ng pushti – binashfa rangli bir molekula suvli yoki och ko‘k rangli suvsiz tuzga aylanadi:
CuSO4 • 5H2O → CuSO4 + 5H2O
CoCl2 • 6H2O CoCl2•4H2O CoCl2•2H2O CoCl2•1,5H2O CoCl2•H2O CoCl2