2. 1907 yildagi Jeneva konvensiyasining qabul qilinishi (1949 yilda yangilangan va chuqurlashtirilgan).
XIX asrning oxiri muhim tarixiy voqea bilan nishonlandi: Gaagada (1899 yil 18 maydan 29 iyungacha) Rossiyaning tashabbusi bilan 26 davlat ishtirokida I-inchi tinchlik konferensiyasi o‘tkazildi. Konferen-siyaga «Tinch» nomi berildi, chunki uning asosiy vazifasi «barcha xalklarga haqiqiy va mustahkam tinchlik ne’matini ta’minlash, kuchayib borayotgan qurollanish poygasini to‘xtatish»dan iborat edi.
Garchi mutaxassislar konferensiya Gaagada o‘tgan bo‘lsa ham uning boshlanishi Vashingtonda sodir bo‘lgan deb hisoblaydilar. U erda Shimol bilan Janub o‘rtasidagi fuqarolik urushi (1861-1865 yillar) davom etib turgan vakt — 1863 yili Vashingtonda AQSH prezidenti «AQSHningdala jangchilariga qo‘llanma»ni e’lon qildi. «Liber Kodeksi» (u hujjat muallifi Fransis Liber ismi-sharifidan) nomini olgan bu hujjat kuruklikda urush olib borishning asosiy qoidalarini o‘z ichiga olgan edi.
Birinchilik nufuzini ank-Peterburg Vashington bilan bo‘lishib oldi. Bu erda 1868 yili portlovchi va yonuvchi o‘qlardan foydalanishni bekor qilish to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilindi. Bu Deklaratsiyaning xususiyati shunda ediki, u urush olib borish bo‘yicha maxsus xarakterdagi xalqaro shartnoma darajasida edi.
I Gaaga tinchlik konferensiyasiga qaytib shuni ta’kidlash kerakki, siyosiy manfaatlardagi farqqa ko‘ra ishtirokchi davlatlar bosh vazifa — kurolsizlanish vazifasini hal qila olmadilar. Faqat «Munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilish to‘g‘risida»,
«Quruqlikdagi urush qonunlari va odatlari to‘g‘risida», «Dengiz janglarida yaradorlar va kasallar to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyalarining ko‘llanishi haqida»gi uchta konvensiyaning imzolanishi va tegishli deklaratsiyalarning qabul qilinishi konferensiyada erishilgan natija bo‘ldi.
Rossiya bilan AQSH tashabbuskori bo‘lgan ikkinchi Gaaga tinchlik konferensiyasi 1907 yili bo‘lib o‘tdi. Uning ishida 44 davlatning vakillari qatnashdi. Bu konferensiyada 2 ta yangi konvensiya qabul qilinib, uchinchi konvensiyaga tayyorgarlik boshlab yuborildi. Lekin uning chaqirilishiga birinchi jahon urushi xalaqit berdi. Gaaga konferensiyalari jahonga nima berdi? Avvalo, Gaaga huquqi yaratildi. Bu huquq urushuvchi taraflarningharbiy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘idagi hukuqlari va majburiyatlarini belgilab, urushuvchilarni dushmanga ziyon etkazish vositalari va usulla rini tanlashda cheklab qo‘ydi. Bu hujjatning asosiy afzalligi shundaki, garchi unda unchalik anik, ifodalangan bo‘lmasa ham gumanitar xarakterga ega edi. Uning asosiy maqsadi urush keltirib chiqaruvchi azob-uqubatlarni kamaytirish va dushmanning qarshiligini sindirish bilan urushning maqsadi shart qilib qo‘yuvchi zo‘ravonlikni cheklashdan iborat edi. Ayni mana shuning uchun Jan Pikte yozadiki, Gaaga huquqi akl-idrok va o‘zaro manfaatga asoslanadi.
Shuni aytish kerakki, 1899 va 1907 yillardagi Gaaga tinchlik konferensiyasi urush qonunlari va odatlarini, shaxsni himoya qilishga qaratilgan dastlabki yirik xalqaro tadbir bo‘lib qoldi. Konferensiyalarda qabul qilingan konvensiyalar xalqaro huquqni kodifikatsiyalash va professiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan eng birinchi xujjatlar bo‘lib qoldi. Konvensiyaning qoidalari qurolli to‘qnashuvlarni tartibga solishning ijobiy omili, xalqaro gumanitar hukuq normalarini takomillashtirish uchun asos bo‘lib qoldi.
Ikkinchi jahon urushining tugashi, urush olib borish usullari va vositalarining takomillashuvi, fan-texnika taraqqiyoti to‘rtta Jeneva konvensiyasi (1949yil) va ikkita kushimcha protokol (1977 yil) qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Agar ikkinchi jahon urushidan keyin qabul kilingan konsepsiyalarga e’tibor qaratilsa, ular avvalo shaxsni himoyalashga qaratilganligini payqash qiyin emas. Chunonchi, harakatdagi armiyalarda yaradorlar va kasallarning qismatini yaxshilash to‘g‘risidagi konvensiya yaradorlar, kasallar, sanitariya tuzilmalari va muassasalariga, shunigdek kasallar va yaradorlar-ni parvarish kilayotgan shaxsiy tarkibga hamda sanitariya transportiga nisbatan qo‘llanadi. Yaradorlar, kasallar va dengizdagi kurolli kuchlar tarkibidan kema halokatiga duchor bo‘lgan shaxslarning qismatini yaxshilash to‘g‘risidagi konvensiya fakat harbiylarga emas, balki tibbiy yordam va parvarishga muhtoj fukaro shaxslar yoki dengizda yoki boshqa suvlarda xavf-xatarga duchor bo‘lganlarga ham ko‘llanadi. Konvensiya hurmat e’tibor, himoya va insoniy munosabatga muhtoj bo‘lgan har bir kishiga shularni ta’minlash qoidasini tasdiqlaydi.
Qo‘mondonliklar Konvensiyaga binoan aholi va hayriya jamiyatlariga yaradorlar va kasallarni, ular qaysi davlat vakili ekanliklari va qanday millatga mansubliklaridan qat’i nazar, ularni yig‘ib olish va parvarish qilishlariga monelik qilmasliklari kerak.
Harbiy asirlar bilan muomala to‘g‘risidagi Jeneva konvetsiyasi Gaaga konvensiyasida aks ettirilgan qoidalar va normalardan kelib chiqadi va ularni rivojlantirishga qaratilgandir. Chunonchi, Konvensiyada ta’kidlanadiki, harbiy asirlar dushman tomonning hukmi ostida bo‘ladilar, lekin ularni asirlikka olgan ayrim shaxslar va harbiy «qismlarda bo‘lmay-dilar (12-modda). Konvensiya qoidalariga muvofiq «harbiy asirlar har kanday zo‘ravonlik va ko‘rkitish harakatlaridan, olomonning hakoratlashlari va bekorchi qiziqishlaridan himoyalanish, ularning shaxsini hurmatlash hukukiga egadirlar». (13 va 14-moddalar). Harbiy asirlar muayyan sanitariya va gigena talablariga javob beradigan lagerlarda ushlab turilishi mumkin (19-modda). Zaruriyat tug‘ilgan holda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak. Konvensiya harbiy asirlarni fakat muayyan ishlarni bajarish uchun mehnatga jalb qilish tartibini nazarda tutadi.
Yollangan askarlar va josuslar harbiy asir hisoblanishlari mumkin emas. Urush vaqtida fuqaro aholini himoya qilish to‘g‘ri-sidagi Jeneva konvensiyasi asosan fuqaro aholining manfaatlarini himoya qilib, har qanday sabablar bilan bosib olingan hudud aholisini haydab ketish yoki deportatsiya kilishni ta’qiklaydi.
Konvensiyaga binoan fuqaro shaxslarga nisbatan:
har qanday zo‘ravonlik harakatlari, ayollarni fohishalikka majburlash yoki ularning or-nomusi va axloqiga biror bir boshqacha ko‘rinishda daxl qilish (27-modda) jismoniy va ma’naviy ko‘rinishdagi majburlashlar (31 -modda), jamoaviy jazo berish (33-modda), garovga olish (34-modda) ta’qiklanadi. Har qanday vaziyatda fuqaro aholi tarkibidan bo‘lgan shaxslar o‘zlarining shaxsi, or-nomusi, oilaviy huquqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analarini hurmatlanish huquqiga ega bo‘lib, bunda irqiy, milliy, diniy yoqi siyosiy e’tiqodlariga ko‘ra kamsitish harakatlariga yo‘l ko‘yilmasligi kerak, urushuvchi taraflarning kuch-g‘ayratlari esa, urush keltirib chiqargan azob-uqubatlarni imkoni bo‘lganicha yumshatishga qaratilishi zarur (13-modda). Bunda yaradorlar, kasallar, nogironlar va tuqqan ayollarga yordam tashkil etadigan fuqaro kasalxonalari hamda bunday kasalxonalarning xodimlariga homiylik qilishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Umuman shuni aytish mumkinki, Jeneva konvensiyalari xalqaro gumanitar huquqning hozirgi zamon masalalarini tartibga solishning negizi hisoblanadi, lekin ayni paytda ular hamon takomillashtirilishga muhtoj, chunki davr ularga muayyan tuzatishlar kiritilishini talab qiladi.
MASHGULOT RAXBARI: podpolkovnik I. A’ZAMOV
Do'stlaringiz bilan baham: |