Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Volodomanov N.V. Kalеndar: proshloе, nastoyashее, budushее. -M.: Nauka. 1987
2. Klimishin I.A. Kalеndar i xronologiya. -M.: Nauka. 1981
3. Sеlеshnikov S.I. Istoriya kalеndarya i xronologiya. -M.: Nauka. 1972.
4. Pannеkuk A. Istoriya astronomi. -M.: Nauka. 1966
5. Iofе V.G. Xronologiya i mеtrologiya. G`Konspеkt kursa lеkstiy. G` - T.: 2001.
6. Rahmonqulova Z. Xronologiya. A.Navoiy nomdagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, - T. : 2006. 135 b.
Rus o’lchov birliklari xususida shuni yaxshi anglab olish kerakki,o’lchov haqida tushincha Dnepr bo’yi slavyanlarida juda Qadim zamonlardan paydo bo’lgan. Qadimgi odamlar urug jamoa bo’lib yashashga o’tgan davrdayoq kundalik tumush ikir-chiqrlari, talab-extiyojlari ularda o’lchov tushunchasini tug’diradi. Boshpana qurish uchun urug-jamoa yashaydigan joyni qanchalik katta-kichik qurish kerak ekanligini aniqlash lozim edi. Buning uchun boshpanani eni,bo’yi,balandligi qancha bo’lishi oldindan belgilab olish zarur edi.Kurol ishlayotganda. Idish yasayotganda, kiyim tikayotganda ham o’lchab ish qilishga majbur edilar.
Urug` – jamoalar o’rtasida o’zaro aloka munosabatlar vujudga kelishi bilan qo’shni urug`–jamoa yerlarigacha bo’lgan masofani bilishga, u yerlarga borib kelish uchun qancha yurish, qancha vaqt kerakligini aniqlashga qiziqa boshladilar. Sekin asta uzunlik, vazn, sigim o’lchov birliklari paydo bo’la boshladi. Keyinchalik turli ekin maydonlari,o’rmon, yaylovlarning katta-kichiqligini aniqlashga urina boshladilar. Natijada dastlabki yuza-satx o’lchov birliklari o’ylab topildi.
Qadimgi o’lchovlar juda sodda va nisbiy bo’lib, odamlar ularni o’lchashda o’z gavdasini ayrim qismlaridan yoki biron predmet – buyumlardan foydalanganlar, shu sababli ham qadimiy o’lchov birliklarining nom qo’l, barmoq, tirsak, tavon va boshqa tana azolari yoki o’lchash uchun ishlatilgan buyumlar nom bilan atalgan. Ayrim hollarda miqdor o’lchov birligi vazifasini o’tagan (bir xovuch,bir quloch,bir mesh-kop, bir boglam, bir quloq va x.k.) endi uzunlik o’lchov birliklari to’grisida to’xtalib o’tamiz.
Qadimgi o’lchov birliklarini ikki guruxga bo’lish mumkin: aniq uzunlik o’lchov birliklari va noaniq uzunlik o’lchov birliklari.
Aniq uzunlik o’lchov birliklari. Bu xil o’lchov birliklari orasida eng qadimiylari
p ya d ‘ bilan l o k o t dir.
Uzunlik o’lchov birliklarining nomidan ko’rinib turibdiki, avlod ajdodlarimiz Qadimdan o’z gavdasining ayrim qismlari, jumladan barmoqlari, aniqrog’i tirsaklarini ishlatganlar.
Qadimgi odamlar juda qisqa masofani biror narsaning eni, kengligi yoki yo’g’onligini unchalik katta bo’lmagan uzunliklarini o’lchagan. O’lchash uchun barmoqlari orasidagi masofa yoki tirsagi yetarli bo’lgan.
Pyad deb muayyan barmoqlar orasidagi, masalan bosh barmoq bilan ko’rsatkich barmoq yoki jimjilok (chimchilok) o’rtasidagi masofani aytilgan.
Pyad’ panja degan manoni beldiradi. U «pyat’» so’zidan kelib chiqgan. Oddiy halq orasida ikki xil pyad’ ishlatilgan: malaya pyad’ bol’shaya pyad’. M a l a ya p ya d ‘ bosh barmoq bilan ko’rsatkich barmoq orasidagi masofaga teng. malaya pyad’ xar xil odamda xar xil miqdorda chiqadi. Bu qo’l, barmoqlarning katta, uzunligiga bog’liqdir. Ko’pgina odamlarda bu masofa 18-19 sm atrofida bo’ladi. Bol’shaya pyad’. Bosh barmoq bilan jimjilok o’rtasidagi masofadaga teng. Bu ham odamning qo’l, barmoqlariga qarab xar xil odamda xar xil bo’ladi. O’rtacha hisobda 22-23 sm keladi.Ayrim Qadimgi yozma manbalarga qaraganda, malaya hamda Bol’shaya pyaddan tashqari Yana uchunchi xil pyad’ ham bor. Uni ba`zi qo’lyozma kitoblarda “ pyad s kuvo`rkom”, ayrimlarida esa “pyad s kuto`rkom” deb ataladi.Pyad kuvo`rkom bosh barmoq bilan ko’rsatgich barmoq osidagi masofa, ya’ni malaya pyaddan ikki yoki uch bugindan ortik masofaga teng. Binobarin taxminan o’rtacha hisobda 27-31 sm keladi. Pyad’ deyarli XVI asrgacha Rossiyaning hamma yerlarida keng mikyosda qo’llanib kelinadi.
Qadimgi aniq o’lchov biriliklaridan yana biri lokot’ hisoblanadi. Lokot’ ham pyad singari ikki xil bo’lgan: malaya lokot’ va bol’shaya lokot’. Malaya lokot’ bosh barmoq bilan yoki musht uchidan tirsakkacha bo’lgan masofaga to’gri keladi. O’rtacha hisobda taxminan 38-46 smga teng.
Bol’shaya lokot’, deb o’rta barmoq uchidan tirsakgacha bo’lgan masofaga aytiladi. Ba`zi yozama manbalarda lokot’ o’lchov birligining boshqacha nom va miqdorlari keltiriladi: nepolno`yg`chalag`lokot’, dvuxledonniyg` juft kaft lokot’ va bol’shoya yirik lokot’. Lokot’ ko’p hollarda pyad bilan taqqoslab o’lchangan. Bir lokot taxminan ikki pyadga teng. Shunga ko’ra, bir malaya lokot’ ikki malaya pyadga, bir bol’shaya lokot’ esa ikki bol’shaya pyadga to’gri keladi.
XV asrdan buyon keng qo’llanib kelingan asosiy uzunlik o’lchov birliklaridan yana biri sajen’. Sajen’ nisbatan katta masofalarni o’lchashda ishlatilgan. eng Qadimgi sajen’ odamning yon tomonlariga chuzilgan o’ng hamda chap kuli bosh barmoqlari orasidagi masofaga teng bo’lgan. Bu taxminan o’rtacha hisobda 152 sm keladi. Bunday sajen’ oddiy yoki pryamoy g`to’gri g`sajen’ deb atalgan. Bir pryamoy sajen’ 4 lokotga (8 sm dan)yoki 8 pyadga(19 sm dan)teng bo`lgan. Pryamoy hamda malovoy sajenlardan boshqa Yana kosaya sajen’ ishlatilgan. Sajenlar orasidagi eng yirigi hisoblangani bu sajen’ o’ng yoki chap oyok uchidan diogonal’ bo’yicha yuqoriga ko’tarilgan chap yoki o’ng qo’l uchigacha bo’lgan masofaga teng. Odatda o’rta hisobda 216 sm ga teng. 248 sm keladigan kosaya sajen’ ham bo’lgan.
Qadim rus’ territoriyasida juda qadim zamonlardan buyon uzok asrlar davomida keng qo’lamda ishlatilgan eng yirik o’lchov birligi verssta yoki poprishe dir. Versta bilan poprishe bir xil o’lchov birligi. Qadimda 750, keyinchalik esa 500 sajenga teng bo’lgan.
Noaniq o’lchov birliklari. Qadim Rusda aniq uzunlik o’lchov birliklari ham bo`lgan. Bo’larga “verjenie kamnya”, “perestel”, “den’ peshego puti” va “den’ konnogo puti” o’lchov birliklari kiradi.
Verjenie kamnya o’lchov birligi qo’lga tosh olib, uni uzokka irgitish yo’li bilan aniqlanadigan o’lchov birligi bo’lib, taxminan 20 sajen’, ya’ni 42,5 sm ga teng keladi. Verjenie so’zi qadimgi rus so’zlari verju, verhi, v’rgu, vr’ju dan olingan. Brosat’, kidat’, ya’ni irgitmoq, otmoq ma`nosini bildiradi. Bir vershenie kamnya tosh otilgan joydan borib tushgan joygacha bo’lgan masofaga teng.
Kamondan otilgan o’qning joyidan borib tushgan joyigacha bo’lgan masofa bir peristrel hisoblangan. Perestrel o’rtacha hisobda 60-70 m ga to’gri keladi.
Aholi yashashdigan punktlar, shaharlar orasidaga yirik masofalarni necha kun piyoda yoki otda yurilishiga qarab aniqlangan. Ko’chmanchi chorvador xalqlar orasida cho’l, dasht-biyobon, yaylovlar orasidagi masofa falon kunlik yo’l deb belgilangan.
Bir kunlik yo’l piyoda yo’l 25-30 km, bir kunlik otlik yo’l esa 50-75 km ga to’gri keladi.
Feodal tarqoqlik davriga kelib o’lchov birliklari birmuncha taraqqiy etadi va sekin-asta o’lchov birliklari sistemalari shakllana boshlaydi.
XII-XV asrlarda ham pyad’, lokot’, sajen’ o’lchov birliklari ishlatiladi. Lekin ayrim joylarda ular boshqacha nom bilan ataladigan bo’ladi. Masalan, pyad’ ba`zan nogoy, lokot’ esa stopa(ovon)deb yuritiladi.
Ikki xil miqdordagi versta ishlatilgan: 700 sajenli hamda 500 sajenli. Sajen’ bu yerda har xil miqdorda bo’lgan: 152 sm,175 sm yoki 216 sm. Shunga ko’ra bir versta 152 x 700q106, 400 smq1,064 yoki 216 x 500q106,000q1,060m.
Noaniq o’lchov birliklari “verjenie kamnya”, “perestrel”, “den’ peshego puti”, “den’ konnogo puti” dan ham foydananilgan. Bo’lardan boshqa rus knyazliklarining turli erlarda ba`zi maxvlliy o’lchov birliklari ham ishlatilgan: toporihe, ujihe, kolo`, strela va x.k.
Navbatdagi o’lchov birliklari bu yuza o’lchov birliklaridir. Bu o’lchovlar bilan tanishayotganda student quyidagilarga ahamiyat berishi kerak. Qadimgi rusda ekin maydonlari, o`rmon, yaylovlarni, katta-katta yerlarning sathini o`lchashda selo hamda plug o`lchov birliklari qo`llanilgan.
«Selo» o`lchovining asl ma`nosi aniq ma`lum emas. Balki «qishloq» ma`nosida ishlatilgandir. U holda yuzani o`lchashayotganda o`lchanayotgan joy o`zlari yashayotgan qishloq yeri bilan taqqoslangan, ya`ni bu Yerning yuzasi ikki-uch qishloqchalik keladi deb hisoblangan. Manbalarda «selo» o`lchovi «plug» o`lchovi hisobidan ko`rsatilgan. Bir selo 2 plugga teng bo’lgan.
Mavsum davrida ikki xo’kiz yoki bir ot yordamida xaydaladigan ekin maydoniga bir p l ug deyilgan.
Mahalliy o’lchov birliklaridan obja hamda korob’ya ko’p ishlatilgan. Obja termini “objivat’”, “jat’”, “jatva” so’zlaridan olingan bo’lib, bir xaydovchi bir kunda bitta ot bilan hayday oladigan ekin maydoniga teng bo’lgan. Obja miqdori har xil bo’lgan. Uning miqdori haydalayotgan yerning sifati, ot-ulov, haydov qurollari, haydovchining kuch-kuvvati, tajribasi va shuning singari boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’lgan. Obja o’lchov birligi haydaladigan ekin maydoni, pichan o’rami, bog’cha, tomorqa yerlarini o’lchashda qo’llanilgan.
Velikiy Novgorodda korob o’lchov birligi ishlatilgan. Bu o’lchovdan odatda don-gallani o’lchashda foydanalingan. Keyinchalik ekin maydonini hisoblashda ham qo’llanila boshlangan. Bir korob’ya deb desyatinaYerga ekin eksh uchun kerak bo’ladigan galla miqdoriga aytiladi.
Vologda va uning atrofidagi yerlarda verevka nom bilan mashhur bo’lgan mahalliy o’lchov birligi mavjud bo’lgan. Bir verevka- bir desyatinaning uchdan ikki qismiga teng edi.
Rossiyada tuqilma-sochilma materiallarni o’lchash uchun alohida o’ziga xos birliklar ishlatilgan. Bu yerda student qadimda o’lchov uchun ishlatilgan idishlar bilan tanishadi: chunki, don,galla, turli tuqilmag`sochilmag` materiallar ni o’lchashda xar xil idishlardan foydanishgan. Bu idishlarning eng qadimiysi kad deb ataladi. Ayrim hollarda uni okov yoki bochka deyilgan.
Kad yoki okovdan tashqari polovnik nomli kichiq idish ishlatilgan. Polovnik dastali katta idishni eslatadi.
Keyinchalik chetvert’ va os’mina o’lchov birliklari paydo bo’lgan.
Kad’--2 polovnik- 4 chetvert’- 8 os’mina.
Polovnik- 2 chetvert’- 4 osmina.
Chetvert’ - 2 os’mina.
Bulardan tashqari kichiq o’lchov birliklari mavjud edi: uborok, lukmo. Uborokka qancha don siggani aniq ma`lum emas. Yozma manbalarda bu to’grida aniq bir ma`lumot yo’q. Lukmo uborokka nisbatan ancha katta idish bo’lgan. Unga taxminan 24-25 kg arpa sikkan. Kad’ rus olimlarining taxminan hisoblariga ko’ra, bir kad’ 14 pud yoki 22, 32 kg don bilan to’lgan. U holda:
Polovnik --7 pud,
Chetvert’ -3,5 pud
Osmina - 1,75 pud
Aniq o’lchov birliklaridan tashqari bir qancha noaniq o’lchov birliklari ham qo’llanilgan: gorst’(xovuch), blyudo (idish), gorlok(xumcha), vedro (chelak), chasha (tog’oracha), meshok (qop) va x.k.
O’t, pichan, somon, voz(arava), koshma(garam), o’lchamlari bilan, tuz rogoja (chipta qop), mex (mesh kop) bilan o’lchangan.
Suyuqlik o’lchov birliklari uncha ko’p bo’lmagan. Student asosan bochka, nasadka, vedro haqida yaxshi tasavvurga ega bo’lsa, bas. Negaki, qadimgi rusda suyuqlik uchun bochka keyichalik yangi o’lchov birliklari nasadka, korets ishlatilgan.
Novgorodda bochka nasadka vedro pekovda esa bochka vedro korets qo’llanilgan.
Bochka - 4 nasadka - 10 vedro.
Nasadka - 2,5 vedro.
Koretsning miqdori ma`lum emas. Og’irlik vazn qadimda grivna zolotnik o’lchov birliklari bilan o’lchangan. Keyinchalik pud hisobida hisoblangan.
Grivenka(nimgrivenka) - 48 zolotnik - 204,756 g.
XII asrda zolotnik pud ber kovets birliklari ishlatila boshlangan.
Feodal tarkoklik davrida pochka kap’ pirog birliklaridan foydananilgan.
Berkovets o’lchov birligi qadimda qanchaga teng bo’lgani haqida etarli ma`lumot yuk. Keyichalik ber kovets 10 pudga tenglashtiriladi. Kan’ 4 pudga to’gri keladi.
Pochka juda kichiq o’lchov birligi bo’lib zolotnikning 25 dan bir qismiga, ya`ni 0,17 g.ga teng edi. Pochkadan ham kichiq o’lchov birligi bo’lgan. Uni pirog deb atalgan. Pirog pochkaning to’rtdan bir ulishi, ya`ni 0,04g.
XVI –XVIII asrlardagi rus o’lchov birliklari.
Studenlarga ma`lumki, markazlashgan rus davlati kelishi bilan umumrus bozori shakllana boshladi. Butun Yerlarni kaytatdan o’lchab chiqish va Shu tarika solik ishlarini boshlab yuborildi. Savdo-sotiq tez sur`atlar bilan rivojlana bordi. Ana Shunday sharoitda feodal tarkoklik davrida unchalik bilinmayotgan va maxalliy manfaatlarga xalakit ber ayotgan maxalliy o’lchovdagi xilma xil umumiy tarakkiyotda o’tmish sarkitlariga aylanib koldi. XVII asrning o’rtalaridan keng qo’lamda ro’y ber ayotgan turli iqtisodiy , siyosiy, madaniy o’zgarishlar o’lchov birliklari borasida tubdan o’zgarish yashasni talab eta boshladi.
Shu vaqtda davlat tepasida turgan ivan IV bu masalada burilish yasashga qaror qildi. U maxalliy o’lchov birliklari o’rniga butun davlat territoriyasi uchun yagona va majburiy bo’lgan o’lchov birliklarini joriy ettiria boshlaydi. Markazlashgan rus davlati davrida vaqtida ham qadimgi pyad’, lokot’, sajen’, versta o’lchov birliklari ishlatilib kelinayotgan edi.XV asrning oxiridan yangi uzunlik o’lchov birligi – arshin qo’llanila boshlanadi.
Rus arshini o’sha vaqtda Sharkdan kirib kelgan arshindan ancha farq qiladi. Turk bozorlarida ishlatilgan bir necha xil arshinning birontasi rus arshiniga o’xshamaydi. Chunonchi, turk bozorida eng ko’p tarqalgan sharq arshini 58,6 sm.ga teng bo’lgan. Rus arshini esa 72 sm.ga teng.
Arshindan boshqa chetvert, vertok o’lchovlari qo’llaniladi.
Chetvert’ bu vaqtda pyad’ o’lchov birligi o’rnida ishlatila boshlanadi. Miqdordan kichiq pyad’ga yaqin bo’lgan.
Vershok uzunlik o’lchov birliklaridan eng kichigi bo’lib, dastlab – 4,44, keyinchalik 4,5sm ga tenglashtirilgan.
Arshin chetvert’ yoki vershokka bo’lingan
Arshin q 4 chetvert’ q 16 vershok q 72 sm.
Chetvert q 4 vershok q 18 sm.
Vershok q 4,5 sm.
XVI– XVII asrlarda pyad’, lokot’, arshin, vershok o’lchov birliklari katori sajen’dan ham foydalanilgan, 2.5 arshindan tortib 3 arshingacha teng keladigan sajenlar, ayniksa 3 arshenda sajen’ ko’p ishlatiladi.
Uzok masofalarni o’lchashda versta o’lchov birligidan foydalanilgan. Versta ikki xil bo’lgan: put’evaya va mejevaya. Put’evaya (masofa, yo’l) versta 500 sajenga teng bo’lgan. Mejevaya versta yerlarni ajratishda qo’llanilgan. (ruscha «mejevaniya» so’zidan olingan bo’lib, ajratish, marza, uvat olish demakdir)
Shuni aytish kerakki, XVII asrning ikkinchi yarmida yo’l masofalarni o’lchashda ayni bir vaqtning o’zida ham 500, ham 1000 sajenli verstalardan foydalanilgan.
Shunday qilib XVIII asr boshiga kelib rus yerlarida quyidagi o’lchov birliklari sistemasi karor topgan:
Marza versta 2 yo’l versta – 1000 sajen q 2,160 km.
Yo’l versta q 500 sajen q 1,080 km.
Sajen’ q 3 arshin q12 chetvert’ q 16 vershok – 72 sm.
CHetvert’ q 4 vershok q 18 sm.
Vershok q 4,5 sm.
XVI-XVIII asrlarda arshin o’lchovda asosan desyatina o’lchov birligidan foydalanilgan. Bu o’lchov XV asrning oxridan keng tarkala boshlagan edi.
Desyatina sajen’ bilan o’lchangan. eni 30 sajen’, bo’yi 30 sajen’ yer bir desyatina hisoblangan.
Desyatina ikki xil bo’lgan: kazennayag`gosudarevag` desyatina va vladel’cheskaya desyatina.
Kazennaya desyatina yuqorida ko’rsatib o’tilgan 2400 kv, sajenga teng bo’lgan. eni 40 sajen’, bo’yi 60 sajenli desyatina ham bor edi. eni ham, bo’yi ham 50 sajen’li desyatina ishlatilgan hollari ham uchraydi. Ayrim yozma manbalarda eni va bo’yi 55 sajendan hisoblangan desyatina haqida suz yuritiladi. Uni kruglaya teng desyatina deyiladi.
Kazennaya desyatina bilan podshox va unga yaqin amaldrolarga qarashli yerlar o’lchangan. Shuning uchun uni gosudareva g`davlatnikig` deb atalgan.
Ayrim shaxs kishilarga qarashli yerlar vladel’cheskaya desyatina bilan o’lchangan. U gosudareva desyatinadan ancha ortiq bo’lgan.
Vladel’cheskaya desyatina 80 x 40 q 3200 kv, sajen’ .
Yerlarni o’lchahda chetvert’ g`chet’ g` o’lchov birligi ham ishlatilgan. Qora bugdoyning chorak qismi eqiladigan ekin maydonini chetvert’ chorak talig deb atashgan, ya`ni g’alla, don o’lchov birligi bu yerda shu o’lchov birligi sifatida ishlatilmokda.
Chetvert’ bilan birga os’mina, polu os’mina, cheshverik o’lchov birliklari ishlatilishi ma`lum. Osmina ham aslida don-g’allani o’lchashda qo’llanilib kelinayotgan o’lchov birliklaridan. Bu yerda esa qora bug’doyning osminasi sakkizdan biriga eqiladigan ekin maydonini ifodalovchi yuza o’lchov birligi sifatida tilga olinmoqda.
Chetvert’ 2 os’mina 4 pol os’mina 8 chetverik yarim desyatina 1200 yoki 1600 kv,sajen’.
os’mina 2 pol os’mina 4 chetverik 600 kv, sajen’.
Polos’mina 2 chetverik 300 yoki 400 kv, sajen’.
Shimoliy rayonlarda yerni sajen’ bilan o’lchashgan. U yerda 100 sajen’ 2 desyatinaga tenglashtirilgan. Pichan, o’riladigan yerlarni shu yerdan qancha g’aram o’t o’rilishiga qarab hisoblangan.
Yerni o’lchab, yer egasidan undiriladigan solik miqdorini aniqlashda soxa o’lchov birligidan foydalanilgan.
Soxa yerni haydashda ishlatilgan qurol bo’lib, u plugdan birmuncha farq qiladi. Soxada uni ikki qo’l bilan ushlab, yerga bostirib boradigan moslama bor. Ana shu yer haydash quroli ayni vaqtda yerni o’lchash quroli vazifasinni ham bajargan.
XVI asrda soxa chetvert’ g`chet’g` bilan hisoblangan. Soxaning miqdori yerning sifati va u kimga qarashli ekanligiga bog’liq bo’lgan. Yerlar sifatiga qarab yaxshi, o’rtacha va yaroksiz yerlarga, kimga qarashliliga qarab votchina va pomest’e yerlari, cherkov yerlari hamda avom Dehqonlar yerlariga bo’lingan. Dehqonlar, avom halq yerlardan ko’prok solik undirilgan. Soxa bir qancha mayda o’lchovlarga bo’lingan:
Soxaq 2 yarim soxaq4 chorak soxa 8 chorak soxa va x.k.
800 chet’ keladigan soxa katta Moskva soxasi deb atalgan. Bu soxalar orasida eng kattasi hisoblangan.
Soxadan tashqari malaya soxa, obja o`lchov birliklari ham bo`lgan. Kichiq soha soshka deb yuritilgan. Qora tuproq Yerlarda nom bilan ma`lum bo’lgan o’lchov birligi ishlatilgan. Bu ancha kichiq o’lchov birligi bo’lib, Yerning sifatiga qarab 12-16 chet’ miqdorida hisoblangan. Vet’ boyarlar, chYerkov Yerlarida qilingan ishlarni o’lchashda qo’llanilgan.
Bu davrda ham kad’ yoki okov, polovnik, Chetvert, os’mina o’lchovlari qo’llanilgan. Yangi o’lchov birliklaridan chetverik ni ko’rsatib o’tish mumkin. Chetverik os’minaning to’rtdan bir qismiga barobar bo’lgan.
XVI-XVII asrlarda don, galla va boshqa tuqilma materiallar ni o’lchashda quyidagi sistema vujudga keladi:
Chetvert q 2 os’mina q 4 polos’mina q 8 chetverik
Pol os’mina q 2 chetverik.
XVII asr o’rtalariga borib, Chetvert miqdori eski chetvertga qaraganda bir muncha oshadi.
1624 yildan keyin o’lchov birliklarining miqdori ancha o’zgaradi. Xususan 1679 yilgi podshox amr-farmondan so’ng yangi os’mina va chetveriklar joriy etiladi.
Markazlashgan rus davlati yerlarida XVI-XVII asrlarda suv, vino va boshqa Suyuqlik larni o’lchashda asosan vedrodan foydalanilgan. Bochka bilan nasadka bu vaqtda kamdan kam hollarda ishlatilgan bo’lib qoladi.
Vedro balandligi 8 vershok g`36 sm.g`, diametri 5 vershok g`22,5 sm.g` keladigan idish bo’lib, unga 10-12 krushka suv siggan.
Vedro krujka, kovsh hamda charka o’lchov birligiga bo’lingan. Vedroga dastlab 12, keyinchalik 10 krujka Suyuqlik siggan. Krujka 10 charkaga bo’lingan. 1652 yilda charkaning sigimi uch barobar oshiriladi. Bunday charka kovsh deb ataladi.
Shunday qilib
Vedro q 12 krujka 300 charka
Krujka q 25 charka bo’lgan bo’lsa, keyinchalik
Vedro q 10 charka yoki kovsh.
Bo’lardan boshqa vedro ikki va uch karrali mayda bo’laklarga ham bo’lingan: pol vedro, Chetvert vedro, poluChetvert vedro va x.k.
XVII asrning 70 yillaridan boshlab krujka bilan charka sigimini kamaytirishga xarakat qilinadi. Vedro 8 krujka, 200 charkaga bo’linadi.
XVI-XVII asrlarda rus o’lchov birliklari uzul-kesil ma`lum bir sistemaga keltiriladi.
Bu davrda pul o’lchov birligi asosiy o’lchov vazifasini ham saklanib kolgan edi.
Ayni vaqtda ko’pgina o’lchov birliklari joriy etiladi. Rus davlatini boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy savdo-sotiq munosabatlari kuchay borishi bilan ko’shni davlatlarining bir qancha vazn o’lchov birliklari rus yerlarida ham ishlatila boshlanadi: last, funt, lot, ansir, doli.
Eng yirik vazn o’lchov birligi lest bo’lib qoladi. U 72 pudga teng bo’lgan. Lot, doli, funt, ansir kichiq o’lchov birliklari ro’lini o’ynaydi.
Lot q 3 zolotnik 12,8 g.
Zolotnik 96 doli 4,27 g.
Ansir 1,5 yoki 1,75 funt.
XVI asrning o’rtalaridan 1 funtga tenglashtiriladi.
Pud’ bol’shaya va malaya grivenka o’lchovlariga bo’linadi.
Pud 40 katta grivenka g` funtg` 80 kichiq grivenka 16 bezmen 16,38 kg.
Bezmen 2,5 katta grivenka 5 kichiq grivenka 1 kg. 24 g.
Katta grivenka 2 kichiq grivenka 4 nim kichiq grivenka 96 zolotnik 409,512 g.
Kichiq grivenka 8 lot 24 zolotnik 102,378 g.
XVII asrning oxiridayoq rus davlati territoriyasida joriy etilgan turli o’lchov birliklarini yanada ixchamlashtirish, Rossiyaning markaziy rayonlari, yirik shaxar, qishloqlaridagina emas, balki hamma yerida, barcha chekka o’lkalarida yagona o’lchov birliklari nihoyatda aniq bo’lishi uchun o’lchov etalonlari yaratish yuzasidan qizgin ish boshlab yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |