Ma’ruza matn 1-mavzu: Хrоnоlоgiya fani, shakllanishi va taraqqiyoti



Download 0,82 Mb.
bet14/49
Sana22.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#401122
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
Хронология ва метрология

1. Nisanu 30 7. Tashritu 30

2. Ayru 29 8. Araxsamna 29

3. Sivanu 30 9. Kislivu 30

4. Duuzu 29 10. Tеbеtu 29

5. Abu 30 11. Shaabatu 30

6. Ululu 29 12. Addaru 29
Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog’liq edi. "Nisanu"-harakat qilmoq, qadam tashlamoq, "Ayru"-yorhin, yoruh, "Abu"-adovat, "Tashritu"-boshlanish, "Tеbеtu"-loyha, "Shabatu"-vayronagarchilik (yomhir natijasida), "Addaru"-bo’lutli dеgan ma'nolarni bildirgan. Bobilliklar kalеndardagi "baxtli" va "baxtsiz" kun tushunchasiga katta e'tibor bеrgan. Ularda dastlab bеsh, so’ngra еtti kunlik xaftalar bo’lgan. Bеsh kunlik xafta "xamushtu" dеb atalgan.

Bobilliklar yarim kеchasini kunning boshlanishi hisoblaganlar. Shuning uchun huyosh botgandan so’ng yangi Oy ko’rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan. Musulmon va yaxudiylarning ham kalеndarlarida shu tamoilga amal hilingan.



Bobilda Xammurapi xukmronligi davrida Oy kalеndaridan oy-huyosh kalеndariga o’tildi. Ular aniq hisob-kitoblarsiz qo’shimcha oylarni joriy hildi. Ular ikkinchi ululu oyini ho’shadi. Bobilda bu usul eramizdan avvalgi VI asrgacha qo’llanilgan. Bobilda eramizdan avvalgi VI asrga kеlib Klеostat siklidan "oktaetеrida"dan foydalangan. Unda sakkiz yilda uchta ikkinchi, bеshinchi, sakkizinchi yillarda embolistik oylar joriy etiladi. Eramizdan avvalgi IV asrga kеlib Klеostat siklining o’rnini Mеton sikli egallaydi. Unda xar 19 yilda 7 ta (3, 6, 8, 11, 14, 17, 19 yillar) embolistik oy joriy hilinadi. Bobilda Oy-huyosh yili 22 mart 20 aprеl oralihida boshlangan. Mazkur Bobil kalеndari kеng tarqalgan. Uni eramizdan avvalgi XII asrda Ossuriya, kеyinroh Ahamoniylar, Salavkiylar, Parfiyaliklar qabul qilganlar. Qadimda Bobilda astronomya fani tarahhiy etgan. Oy jismlari harakatini kuzatish mahsadida minoralar (zikkuratlar) bunyod etildi. Eramizdan avvalgi 700 - yillarda Bobilda astronomya fanidan "Mulapin" dеb nomlangan darslik yaratiladi. Bobilda dastlabki vahtlar eradan foydalanmagan. Vohеalar podsholarning hukmronligi davriga harab hisoblangani bois nohulayliklar tuhdirgan. Bobilda qabul hilingan dastlabki eng qadimgi era sifatida Nabonassar erasini (er.av.747-743 - yillarda xukmronlik qilgan) aytishimiz mumkin. Nabonassar ajdodlaridan holgan butun yodgorliklarni buzishga farmon bеrib, yangi erani boshlaydi (bu Yulian kalеndari bo’yicha er.av. 747 - yil 26 - fеvralga to’g’rikеladi). Nabonassar erasi bir qator davlatlarda qo’llanilib kеlingan.

Qadimgi Xitoy kalendari Qadimgi Xitoyda ham qamariy taqvimdan foydalanilgan. Dastlab Xitoy dchqonlari bahor kirib kelishini Gidra yulduzining chiqishi bilan boshlangan va xo'jalik yili 4 mavsumga bo'lingan: bahor, yoz, kuz, qish. Keyinchalik 3 ming yillikda vaqtni hisoblashda oy fazasidan foydalanilgan, 1 yil 12 qamariy oydan iborat bolgan. Xitoy taqvimida, shuningdek, 13-oy kiritilgan. Har 19 yil davomida 7 yili 13 oydan bolgan.

Xitoy astronomlari birinchi bor eramizdan avvalgi VI asrda yangi oy, yozgi quyosh turishi bilan har 8 yilda emas, balki har 19 yilda yoki 235 qamar oyiga muvofiq kelishini aniqlaganlar.

Shunday qilib, qadimgi xttoyliklarning qamariy-shamsiy taqvimi bo'lgan. Keyinchalik taxminan eramizdan avvalgi III asrda Xitoy qishloq aholisining o'z xo'jalik yili bo'lib, 24 mavsumga bo'lingan.

Bundan tashqari har bir yil hayvonlar nomi bilan atalib, hisob 60 yillik tsikl bo'yicha olib borilgan. Mavsumiy qishloq xo'jaligi taqvimi dchqonlarga ekin yig'ish, qishloq xo'jalik ishlarida vaqtni belgi 1 ash 1 arini osonlashtirgan. Bizning davrimizda ham qishloq joylarida ahyon- ahyonda mavsumiy taqvim qo'llaniladi.

Taqvim yillarini iqlim mavsumiga qarab bo'linishi Xitoy taqvimining o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chjan Go zamonida (eramizdan avvalgi IV-III asrlarda) taqvim tizimi aniqlangan, hamda takomillashgan.

Taqvimning keyingi rivojlantirish g'oyalari I,о Sya-Xun, Den Pin, Sima Syan Kxi, Tszi Chun-chji, Go Shou-Tszin nomlari bilan bog'liq. Eramizdan avvalgi 104 yilda Xitoyda taqvim islohoti o'tkazilib va “Taychu-li” taqvimi joriy etilgan. Uni yaratishda taniqli olimlar Lo Sya Xun, Den Pin va Sima Syanlar ishtirok etgan.

Qamar oyining o'rtacha davomiyligini 29.43/81 sutkaga tengligi qabul qilindi. U hozirgi ahamiyatdan atigi 24 soniya farq .qiladi. Yilning davomiyligi 365,25 sutka o'zgarishsiz qoldi. Bu taqvim ba'zi bir o'zgarishlar bilan 200 yil amal qildi. Xitoy xronologiyasini ainqlash uchun tayanch nuqta bor. Yilnomalarda Quyosh kuyganligi tilga olingan. Hozirgi zamon astronomlarining hisobi bo'yicha, bu voqea eramizdan avvalgi 776- yilda yuz bergan. Sima Syaning "Tarixiy yozishmalari” bizgacha saqlanib qolgan.

Xitoy tarixi bo'yicha adabiyotlar o'rganilganda voqealarni yozib borishning o'ziga xosligiga duch kelinadi. Xitoyda qadimgi davrlarda eramizning boshlariga qadar yagona vaqt hisobi yuritilmagan, ularda alohida era ham yo'q edi. Tarixiy voqealarni yozib borish yil tsikllari va imperatorlar hukmronligi davri va sulolalar bo'yicha olib borilgan.

Xiioyda vil hisobi an’anasi - afsonaviy imperator Yaoning taxtga o‘tii>’ in yili. eramizdan avvalgi 2357 yildan boshlangan. Quyida Xitoy tari\i tanida qabul qilingan qisqacha xronologik jadvalni havola qilamiz.

Eramizdan avvalgi yillar.

2357 - 2255 - Yaolar afsonaviy sulolasi.

2255 - 2205 - Shun afsonaviy sulolasi.

2205 - 1 766 - Syalar afsonaviy sulolasi.

1766 - 1122 - Shan - Inlar afsonaviy sulolasi.

1122 - 247 - Chjoular sulolasi an’anaviy davri.

246 - 207 - Sinlar sulolasi an’anaviy davri.

Eramizning 206 - 220 - Xanlar sulolasi an’anaviy davri.
Bizning era yillari.

420 - 479 - Sun sulolasi.

479 - 501 - Si sulolasi.

502 - 556 - Lyan sulolasi.

557 - 588 - Chen sulolasi.

589 - 618 - Suv sulolasi.

618 - 907 - Tan sulolasi.

907 - 959 - Besh sulola davri.

960 - 1279 - Sun sulolasi.

1280 - 1368 - Yuan sulolasi (mo‘g‘ullar).

1368 - 1644 - Min sulolasi.

1644 - 1911 - Sin sulolasi (manjuriya).

1912 - 1949 - Xitoy Respublikasi.

1949 vil 30 sentyabr - Xitoy Xalq Respublikasi.

1- oktyabr - Xitoyda milliy mustaqillik kuni sifatida keng nishonlanadi.

Qadimgi ruslarning oy-quyosh kalendari.

Slavyanlar kalendari haqidagi ayrim ma`lumotlar «Igor’ polki jangnomasi»da berilgan. Unda aytilishicha, slavyanlar xo`jalik hayotida Quyosh xudosi yoki yomg’irxudosi asosiy o`rin tutgan. Xudolarga atab o`tkazilgan bayramlar hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

Shunday bayramlaridan biri «Maslenitsa» bo`lib, u bahorning boshlanishini anglatadi. Quyosh kul’ti bilan bog`liq Yana bir bayram «kuralo`» yozda iyun’ oyida kun qisqarishi boshlanishida nishonlanadi. YAnvarda esa «kolyada» bayram nishonlangan-kunning uzayishi.

XVI-XVII asr hujjatlarida rus kalendari davr (sezon)larga bo`linganligi ko`rsatilgan: qish 25 - yanvar-25 martga, bahor 25 – mart 24-iyunga, yoz 24 iyun-24 - sentyabrga, kuz 25 – sentyabr 25-yanvarga to`g`ri kelgan.

Qadimgi rus kalendarining boshlanish vaqti haqidagi ma`lumotlar biroz chalkashlik tug`diradi. N. Stepanova, N. Berejkova, B. Ribakova ma`lumotlariga ko`ra, kalendar boshi bahorga to`g`ri kelgan, chunki bu qishloq xo`jaligi ishlarining boshlanishi vaqtidir. Rusda xristianlikning qabul qilinishi Vizantiya kalendarining kirib kelishiga sabab bo`ldi (chunki xristianlik bayramlari Vizantiyaning «jahon Erasi» bo`yicha hisoblanar edi). Shu tariqa 1 martda boshlanadigan qadimgi rus kalendari bilan birga 1 sentyabrda boshlanadigan Vizantiya kalendari ham paydo bo`ldi. Qadimgi xujjatlarda ko`rsatilishicha, XIV asrlarda «mart yili» (1-martdan boshlanuvchi yil hisobi) ustun bo`lgan, lekin XV asrda «sentyabr’ yili» (Vizantiya yil hisobi) to`liq ustunlikka erishgan. Bu yil hisobi to 1700 - yilgacha saqlanib qolgan. 1699 - yili 20 - dekabrda Pyotr I ning, 7208 - yil 1 - yanvarni 1700 - yil 1 - yanvar’ deb hisoblash haqidagi qarori e`lon qilindi. Bu Iso Erasiga o`tishni bildirar edi. Bu islohot Rossiyada savdo, madaniy-ilmiy aloqalarning rivojlanishiga sabab bo`ldi. eski yil hisobi (YUlian kalendari) ham saqlanib qoldi. Bu hisobdan chet el bilan aloqa qiluvchi savdo harbiy-dengiz floti foydalangan.



Oy nomlari. Slavyan kalendari oy nomlari haqidagi ma`lumot juda boy emas. Ayrim ma`lumotlar qadimgi rus yozuvlarida uchraydi. Ulardan eng qadimiysi pergamentga kirill alifbosida yozilgan (Ostromirov Evangeliya 1056-1052 y.y.) dir. (Shunga o`xshash ma`lumot bir necha o`zgarishlar bilan ukrain, belorus va boshqa yozuvlarda ham uchraydi).
YAnvar’-prosinen (Bu vaqtda yorug` bo`lganligi uchun).

Fevral’-sechen’ (O`rmon kesish va yoqish davri).

Mart-suxix (Kesilgan daraxtlar qurg`aydi).

Aprel’-ber ezozol (YOqilgan daraxtlar (zol)).

May-traven (O`t, o`tloq, ko`karish).

Iyun’-chYerven’ yoki sYerpen’ (vremya jatvo`).

Avgust-zarev (Zarevo).

Sentyabr’-ryuen’ (ryuit, revat’).

Oktyabr’-listopad.

Noyabr’, dekabr’-gruden’.


Sutka. XII-XIV asrlarda kecha va kunduz 12 soatdan 24 soat bo`lishi haqida ma`lumotlar berilgan.

Tarixchilar bunda Vizantiya ta`siri bor, deyishadi. Moskvada XVI-XVII asrlardasutka tun va kunga bo`lingan. Faqat odamlar uxlamasligi mumkin bo`lgan vaqtgina hisob qilingan: zautrenya, zarya, rainyaya zarya, nachalo sveta, vosxod soantse, utro, pobed, vecher, noch’, polnoch’.

Vaqt hisobi hozirgiday yarim kechasidan emas, balki ertalabki ibodatdan boshlangan.

Tomar va gruzin kalendari.

Qadimgi arman (boshqacha nom tomar) kalendari xuddi misrliklarnikidek har biri 30 kundan iborat bo`lgan 12 oylik yil hisobidan iborat edi. Kalendarga yil oxirida qo`shimcha 5 kun qo`sqilgan. Ushbu 365 kunlik kalendar Armanistonga Yeron orqali kirib kelgan. Arman kalendari oylari quyidagicha nomlangan:


1.Navasardi.

2.Gori.


3.Saxmi.

4.Tre.


5.Kxaloq.

6.Arettss.

7.Mexekani.

8.Pareg.


9.Axekani.

10. Marori.

11.Magatu.

12.Xrotitixs.

Yil navsardi oyidan boshlangan.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish