Misr kalеndari.
Qadimgi shamsiy taqvimlardan biri cr.av. taxminan to'rt minginchi yillarda Misrda yaratilgan. Nil sohilida joylashgaii iMisr o'sha vaqtlarda dunyodagi eng rivojlangan va qudratli davlat edi. Misrliklar taqvimi kishilarning mchnat va ijtimoiy faoliyati va ularning tabiiy, mavsumiy taqvimi zaminida yaratilgan.
Qadimgi Misrning butun xo'jalik hayotida Nil asosiy rol o'ynagan. Nil suvining toshishi bilan mamlakatdagi barcha dchqonchilik ishlari bog'liq bo‘lgan. Shuning uchun misrliklar yangi yilni Nil toshqinidan boshlab hisoblashgan. Toshqinning boshlanish vaqtini esa misrliklar osmondagi Sotis yulduzi yordamida aniqlashni o‘rganganlar. Nilning toshishini va uning xabarchisi Sotisning osmonda birinchi marta paydo bo‘lishini kutish vaqtni - aniqrog'i kunlarni hamda yillik tabiiy mavsumlarni hisoblash chtiyojini keltirib chiqardi. Shunday qilib, misrliklar osmonda Sotisning birinchi marta ertalab ko'rinishigacha o‘tgan kunlarni hisoblashni o‘rgandilar. Bu kunlar tashkil etgan vaqt ayni vaqtda Nilning ikki toshqini o'rtasidagi, shuningdek, ikki yozgi quyosh turishi o'rtasidagi vaqt edi. Bu vaqt - qadimgi misrliklarning yili edi. Bu yil Sotis, Nil va Quyosh yili edi. Misrliklarning birinchi tabiiy taqvimi ana shunday yaratilgan. Shu bilan birga bu taqvim vaqtni tropik yillar bo'yicha hisoblash, ya’ni Quyoshning bir turish holatidan ikkinchi ana shunday holatigacha bo'lgan vaqtni hisoblash usulidan iborat bo'lgan. Bu o'z navbatida shamsiy taqvim edi.
Misrliklar taqvimi nihoyatda oddiy va qulay bo'lgan. Unda Oy hech qanday rol o'ynamagan. Bu taqvimga ko'ra yil 360 kundan iborat, u 12 ta teng oyga bo'lingan. Har bir oy 30 kundan iborat bolgan. Bu taqvim oylarining ko'pchiligi turli hududlarga bag'ishlangan va shuning uchun bu oylar shu hududlar sharafiga nomlangan. Abu Rayhon Beruniy bu taqvim haqida shunday yozadi: “Qibtiylar”, ya’ni qadimgi misrliklar boshqa biror millatning haftani ishlatishda eronlik, sug'dlik va xorazmliklarga ergashgani bizga ma’lum emas. Chunki qibtiylar, biz yuqorida aytgandek, to mamlakatni Ag'ustus ibn Yuujis (Rim imperatori Avgust er. av. 30 yildan - eramizning 14 - yili )egallaganicha o'ttiz kunni nom - banom ishlatganlar. (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”). (84 - 85- betlar).
Har bir oy 10 kundan iborat bo'lgan katta haftaga va har biri 5 kundan iborat bo'lgan oltita kichik haftaga bo'lingan. Yil har biri to'rt oydan iborat 3 ta faslga ham bo'lingan edi. Ular Nil toshish, urug' qadash va yig'im-terim mavsumlaridan iborat bo'lgan.
Misr qo‘shinlari Sotis yulduzining chiqishini ku/atishni yana ko‘p yillar davom ettirib, shamsiy yilining uzunligini aniqlashga va uni 365 kundan iborat, deb belgilashga muvaffaq bo'lganlar. Quyosh yilining bu qo'shimcha besh kuni yilning hech qaysi oyida qo'shilmagan. Beruniy yana davom ettiradi: ‘‘Qibtiylar ortiqcha besh kunni abug'amno” deb ataydilar. Bu so'zning tarjimasi “kichik oy” demakdir. (neomeniy), 12 oyning hammasi avvalgidek 30 kundanligicha saqlanib qolingan. U qo‘shimcha kunlarni misrliklar yil oxirida xudolarning tug‘ilgan kunlari sifatida bayram qilganlar. Demak, Misr taqvimining hamma yillari bir xil vaqtda , bir xil uzunlikka ega bo'lgan: ularning hammasi 365 kundan iborat bo'lgan. Bunday taqvim yili avvalgi 360 kunlik yilga qaraganda tropik yilning haqiqiy uzunligiga juda ham yaqin edi.
Shunday qilib, eramizdan 4 ming yil muqaddam misrliklar yil uzunligini 365 kun deb belgilashgan. Bu o‘sha vaqtdagi Misr astronomiya fanining juda katta yutug'i edi. Misrliklarning taqvjm yili haqiqiy tropik yildan atigi chorak kun farq qilgan edi, xolos. Lekin, hisob, bari bir to'g'ri emas edi, Har yildagi xato 6 soatni tashkil etardi, Ana shu xato tufayli misrliklarning yuz yili davomida"Quyosh turishi taqvimga nisbatan 24 kun, ming yildft esa 8 oy va yana 2 kun oldinga o‘tib ketgan bo'ladi. Natijada Misrliklarning yangi yili (tut oyining birinchi kuni) asta - sekin boshqa barcha oylarga ham to'g'ri fcelib borardi. Shuning uchun misrliklar yili keyinchalik "sayoq”, ko'chib yuruvchi yulduz deb nom olgan.
Misrliklarning taqvim yili tropik yildan deyarli soat (ya’ni 0, 25 kun) qisqa bo*lganligi sababli Sotis yulduzining ertalabki, birinchi ko'rinishi har to'rt yilda rosa bir sutkaga kechikar edi. Bund^ farq 120 yilda bir oyni tashkil etardi. Shuning uchun Misr taqvimi bo'yicha Quyosh turish kuni borgan sari keyingi oylarda, yilning boshlanishi esa tobora keyingi fasllarda (avval bahorga, so'ng qishga, kuzga, yozga va yana fcmhorga) to'g'ri kelib borgan, Taqvim yilining boshlanishi 1460 yilda hamma fasllarni bir marta aylanib chiqadi yoki tropik yil bilan taqvim yili 0‘rtasidagi xato 1460 yilda bir yilni tashkil etadi. (365x4=1460). Ana shuncha vaqt ichida Misr taqvimi bo'yicha 1461 yil o'tgan bo'ladi. Shu davrdan boshlab yangi yilning boshlanishi, yana Sotisnlng ertalabki birinchi ko'rinishi va yozgi quyosh turishi kuniga to'g'ri keladi.
‘Sotisnlng har to'rt yilda bir kun kechikib chiqishini misrliklar seamagan, deyish noto'g'rl. liar to'rtinchi yilga bittadan qo'shimcha kun qo'shib borilsa, vaqt hisobi Quyoshning harakati bilan, tabiiy fasllar bilan muvollqlashgan, taqvim yilining "sayoqligl” tugatilgan va qat’iy shamsiy taqvim belgilangan bo‘lardi. Biroq Misr taqvimi isloh qilinmagan. Bunga qadimgi misrliklarning diniy qarashlari to‘sqinlik . qilgan. Ular o‘z taqvim yillarining haqiqiy tabiiy yildan qisqaligini bilishgan. Lekin ular o‘z hududlariga avvaldan belgilangan vaqtlarda qurbonlik qilib, bayram qilishardi; ana shu bayramlar yilning doim ma’lum bir vaqtga to‘g‘ri kelmay, balki hamma oylarga to‘g‘ri kelib turishini va shu yo‘l bilan butun yilning, barcha oylarining muqaddas bo'lishini istashgan. Shuning uchun diniy tasavvurdan kelib chiqib fir’avnlar taxtga o‘tirib o‘z yil hisoblarini o'zlashtirmaslikka, unga qo'shimcha kunlar qo'shmaslikka qasamyod qilar edilar.
Mavzu Misr taqvimi tarixi, Nil daryosi haqida ketar ekan, buyuk vatandoshimiz Ahmad Kasir Farg‘oniyning Misrda Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasaganligini aytib o‘tish lozim.
Evergetning amalga oshmagan islohoti. Deyarli yuz yil muqaddam 1866 yili arxeologlar Nil sohilidagi Kanop shahrining qadimiy ibodatxonasi qoldiqlarini kovlash vaqtida bir toshtaxtaga duch keldilar. Unga Misr ieroglitlari bilan va ustiga yunoncha qilib yozilgan ko‘p ming yillik qadimgi Misr tarixining so‘ngi davriga tegishli, taqvim tarixi uchun ham ahamiyatli hujjat ekan.
Ulkan Misr davlatini forslar zabt etadi, so‘ng u Aleksandr Makedonskiy davlatining tarkibiga o'tadi. Eramizdan avval 331 yili Kanop yaqinida barpo etilgan shahar mashhur lashkarboshi Kharaflga Aleksandriya (Iskandariya) deb ataladi. Piramidalar mamlakatlgft esa Aleksandr Makedonskiy lashkarboshilardan birining nomi bilan ataluvchi yangi hukmdorlar sulolasi - Ptolemeylar sulolasi boshlanadi,
Aleksandriya Misrning poytaxti va butun qadimgi dunyoning madaniy, savdo va ilm - fan markaziga aylanadi, Misr astronomlaridan biri podsho Ptolemey III Evergetga Misr taqvimi tuzatishni Quyosh yilidan farqlanmasligi uchun uni “sayoq” taqvimdan doimiy, qo'zg'almas taqvimga aylantirishni taklif qiladi, Taklif Evergetga ma’qul tushadi, U Kanopdagi ibodatxonaning katta toshtaxtasiga o’z farmonini o'yib yosushni buyuradi. Bu farmonni tarixchilar Kanop dekreti deb atashgan,
Eramizdan avvalgi 238 -yil 7- martda yozilgan bu dekretda shunday deyilgan edi: “Sotis yulduzi har to'rt yilda bir kun oldingao’tib ketayotir. Shuning uchun yozgi bayramlar qishkl oylarga to’g'ri kelib qolmoqda, Bundan keyin ham shunday hodisa takrorlanmasligi uchun bundan buyon har to'rt yilda beshta qo'shimcha kundan keyin va yangi yil oldidan yana bitta qo'shimcha, 366 - kun qo'shib borilaln. Shu paytdan boshlab vil vaqti hisobidagi avvalgi kamchiliklarning podsho Everget tomonidan yaxshilab tuzatilganligini hamma bilsin”.
Evvrgetning bu farmoni aslida taqvim tuzumiga kabisa yilini joriy olish yolidagi birinchi o'rinish edi. Agar mazkur dekret amalga oshirilsa misrliklar yilining o'rtacha uzunligi 365,. 25 kunni tashkil etgan bo'lur , edi. Xuddi ana shuncha vaqt oradan yana ikki asr o'tganidan keyin * dunyodagi boshqa bir mamlakatda joriy etilgan unliy taqvimining bir yiliga roppa - rosa teng bo'lgan. Biroq bu taqvim islohoti ruhoniylarning qarshiligi tufayli o'z vaqtida hayotga tadbiq etilmay qolgan. Qadimgi Misr taqvim yili “adashilgan yil” sifatida yana ko'p yillar saqlanib turgan.
Evergetning Kanop dekretidan so'ng ikki yuz yildan ziyod vaqt o'tgan, Misr yana chet elliklar tomonidan zabt etiladi. Bu safar Misr rimliklar qoMi’ga o'tdi. Rim imperatori Avgust eramizdan avval 26 yili A'lcjks^ildriyAda xuddi Everget taklif qilgan taqvimni joriy etadi. Bu tVi^tit^an Mi*>r taqvimi juda oddiy, sodda foydalanish uchun nihoyatda ’qWfay taqvim edi. Bu t^qVfm bo'yicha yil 30 kunlik bir - biriga teng 12 la oydan va 5 ta yoki 6 ta (kabisa yillarida) qo'shimcha kundan iborat. Yil haiWisha to'rt oyning l kunidan boshlanadi. Bu ajoyib Aleksandriya taqviViii afrikalik xristianlar - misrlik koptlar va efiopialiklar orasida haiVuzgacha skqlanib qolgan. Bu taqvim hozir ham barcha mavjud taqvimlar orasida eng yaxshi, eng mukammali va eng qulayi hisoblanadi.
Insoniyat tarixida jami 200 dan ortiq taqvimlar ishlatilgan. Hozirgi taqvim Unchalik mukammal bo'lmagan taqvim bo'lib, qadimgi rimliklardan meros qolgandir.
Misrliklar taqvimi ijod vaqt davomida oy va yil kunlari bir xil miqdorga ega bo'lgan. U keyingi barcha shamsiy taqvimlarga asos bo'lib xizmat qilgan.
Misr quyosh kalеndarining vatani hisoblanadi. qadimdanoq bu o’lka olimlari quyoshning yozgi tik turish davrini va eng yoruq yulduz Sirlus (Katta It turkumida) ning gеliakik chiqishi (birinchi ko’rinishi) davriga to’g’rikеlishini kuzatganlar. Shuningdеk, ular Siriusning tong oldi chiqishi davri Nil daryosining toshqini boshlanish paytiga to’g’rikеlishini bilganlar. qadimgi Misrliklar tabiatning mana shu uch hodisasiga (quyoshning yozgi tik turishi, Siriusning chiqishi va Nilning toshqinini) ko’ra yilni hisoblaganlar. Nilning toshqini boshlanishi misrliklar xo’jalik hayotida katta ahamiyatga ega edi. Chunki, ayniqsa boshoqli ekinlarning hosili shunga bog’liq edi. Quyosh, Nil va Sirius qadimgi misrliklarning kalеndari vazifasini o’tagan edi. Nil daryosining birinchi toshishidan ikkinchi toshishigacha bo’lgan vaqt, quyoshning ikki yozgi tik turishi orasidagi vaqt Sirius(Sotis)ning gеliakik chiqishi oralig’idagi vaqtlar qadimgi misrliklarning asosiy vaqt birligi bo’lib qoldi. Bu Sotis va Nil yili nomlarini oldi.
Mazkur Misr kalеndari tabiiy va aniq edi. Unda bir yil 365 sutkaga (tropik yildan 0,25 sutka hisha) tеng edi. Bu kalеndarda dastlab yil oylarga bo’linmagan. U uchta mavsumadan iborat bo’lgan. Bo’lar "suv toshhini (Nil toshhini)", “hosil” (hishloh xo’jaligi ishlari bilan shuhullaniladigan davr), "yo’hlik" (suvning kam vaqti, hosilni yig’ish davri) mavsumlari dеb atalgan. Birinchi mavsum quyoshning yozgi tik turishdan- oktyabrgacha, ikkinchi mavsum oktyabrdan-martgacha, uchinchisi martdan-iyungacha bo’lgan vahtni o’z ichiga olgan. Kеyingi davrlarda oy tushunchasi paydo bo’ldi va ular o’n ikkitaga bo’lindi. har oy 30 kundan iborat edi. Dеmak, bir yil 360 kundan va bеsh qo’shimcha kundan iborat bo’lgan. Bu ho’o’imcha kunlarni grеklar "epagamеn" dеb atadi.
Eramizdan avvalgi IV ming yillikda yaratilgan bu kalеndarda dastlab, oylarning nomlari bo’lmagan. Ular har bir mavsumga (4 oydan) bo’lingan va shu bilan farhlangan. Kеyinchalik ular huyidagicha atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |