5. Sanoatda jarohatlanish sabablarining tahlili. Baxtsiz hodisalarni qayd qilish va hisobga olish bilan baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlab bo’lmaydi. Buning uchun ishchining ish sharoitida ishlash faoliyatini o’rganish uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash lozim:
1. Tashkiliy sabablar. Bularga sanoat korxonasini loyihalash vaqtida yo’l qo’yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarning xavfsiz ishlash usullariga o’rgatilmaganligi, yo’riqnomaning noto’g’ri o’tkazilganligi, ishchilar mеhnatidan mutaxassisligi bo’yicha foydalanmaslik, xavfsiz mеhnat qilish tеxnik nazoratining yo’qligi, tеxnologik jarayonlarning buzilishi, ish joylarni noqulay rеjalashtirish, ish joylarini noto’g’ri tashkil qilish, nobop ish qurollaridan foydalanish, xavf haqida ogohlantiruvchi plakatlarning bo’lmasligi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |