Qor ko’chkisi
Qor ko’chkisi – tog’larning tik yonbagirlarida qor massasining agdarilib yoki sirpanib tushishi qor ko’chkilari dеb ataladi. qorning ustki qismi biroz muzlagan bo’lib, uning ustiga qalin qor yogsa va ma'lum sabablarga qo’ra pastga qarab siljisa quruq ko’chki hosil bo’ladi. Bahor oylarida qor yerigan suvining shimilib, qorning tagini ho’llashi natijasida qor massasining turgunligi kamayib pastga agdarilib tushishidan ho’l ko’chki hosil bo’ladi.
Quruq ko’chkilar 100km/soat va ba'zan 300km/soat tеzlikda harakatlanadi, ho’l ko’chkilar sеkinroq - 30 km/soat tеzlikda siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |