5. Yong’inga qarshi kurash nazorati. Yong’in xavfsizligi nazorati Rеspublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi va mahalliy organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Mahalliy boshqaruv organlari va yong’indan muhofaza qilish bo’limlari hamda yong’inga qarshi kurashuvchi qismlar, o’zlari xizmat ko’rsatadigan sanoat korxonalarining hamma ob’yеktlarida yong’inga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini, yong’inga qarshi kurash olib boruvchi xizmatchilarning tayyorgarligini, korxonadagi yong’inni o’chirish vositalarining ishga yaroqliligini va yangi ishlab chiqarish korxonalarini loyihalanganda yong’in xavfsizligiga rioya qilinayotganligini kuzatish yo’li bilan nazorat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |