6.O‘qituvchining pedagogik muloqotga kirishishida uchraydigan pedagogik nizo va kamchiliklar hamda ularning oldini olish yo‘llari.
Pedagoglar jamoasida kelishmovchiliklar, qarama- qarshiliklar bo’lib turishi ham bir hodisa. CHunki bolalarni o’qitish va tarbiyalash murakkab jarayon bo’lib, konfliktlarni takozo qiladi. Vujudga kelgan nizolarni uz vaktida tahlil kilib, bartaraf etish yo’llarini izlash lozim. Xayrixohlik bilan adolatli hal etilgan kelishmovchiliklar muomala odobiga ijobiy ta’sir etadi. Ayrim muallimlarning harakteridagi xudbinlik, ko’rolmaslik, manmanlik, o’zboshimchalik kabi kusurlar yo’k joydan ham nizolar chiqarishga sabab bo’lib, mojarolarni bartaraf etishni qiyinlashtiradi. Bundaylar ba’zan biror kasbdoshlarining obro’si ortayotganini ko’rolmay ham janjal chikaraveradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |