Pedagoglar jamoasida qarama-qarshiliklar chiqishiga, ko’pincha, biror o’quvchining noto’g’ri xatti - harakatini baholash; tankidni to’g’ri tushunmaslik; pedagoglar jamoasi yoki ularnnng bir qismi bilan maktab ma’muriyati, jamoat tashkilotlari rahbarlarining kelishmovchiligi; oila bilan maktab o’rtasidagi mojaro kabilar sabab bo’ladi. Bunday hollarda nizoni keltirib chikargan sabab, motivlarni sinchiklab o’rganish, aniklash va shunga karab hal etish lozim.
Pedagoglar jamoasida paydo bo’layotgan mojarolarnnng ko’proq uchraydigan sabablaridan biri ba’zi muallimlarning xudbinligidir. Pedagogik amaliyotda buning uchun real imkoniyatlar mavjud. Buning ko’rinishlaridan biri obro’ni saklash uchun intilishdir. Obro’ uchun kurash - ustunlik uchun kurashga, manmanlikka aylanib ketadi. Bunday hollarda pedagogik madaniyati, mahorati pastrok muallim bolalar yaxshi ko’radigan kasbdoshini ko’rolmaydigan bo’lib koladi.
Natijada pedagoglar va o’quvchilar jamoasining fikri, muomalasida, axloqiy baholashlarida tafovutlar paydo bo’ladi. bolalar yaxshi ko’radigan qobiliyatli muallim ba’zan yakkalanib koladi. O’ziga ortikcha bino ko’ygan, o’ziga nisbatan tankidiy karay olmaydigan muallimlar bunday illatga kuprok chalinadigan bo’ladilar. Bundaylar o’zlarining jamoadagi mavkeilariga ortikcha baho beradilar. Ko’pincha, ular o’zlarining injikligi va toshbag’irligini – talabchanlik va kattikko’llik hisoblab, o’zlariga ko’yilayotgan qonuniy talablarni esa adolatsizlik deb karaydilar. Professional xudbinlik yukumli illat bo’lib, muallimlar orasidagi yaxshi muomala-munosabatlarni buzadi, zaharlaydi, tarbiyaviy ishlarga putur yetkazadi. Guruhbozliklarni keltirib chikaradi. Guruhbozlik, xudbinlik kusurlari pedagogik jamoani bo’lib - bo’lib yuboradi, asosiy, muhim ishlarni bajarishdan- chalg’itadi, odamlarning tinkasini kuritadigan nizolarni keltirib chikaradi, pedagoglar jamoasida nosog’lom axloqiy – ruhiy vaziyat paydo qiladi. Bu illatlarni bartaraf etish uchun pedagoglar jamoasining kuch - g’ayratini muallimlarning pedagogik madaniyati, mahorati, mas’uliyatini oshirishga, o’quvchilar bilimini, o’kuv intizomini yaxshilash yo’llarini izlashga safarbar etish lozim.
Pedagoglar jamoasidagi muomala - munosabatlarni tartibga keltirib turuvchi muhim vosita bu, tankid, o’z-o’zini tankiddir. Lekin, tankid kilish kishidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Ko’pol tanbeh, noto’g’ri tankid muallimlar o’rtasidagi yaxshi muomalani buzishi, kishini o’rinsiz xafa kilishi mumkin. Bundan pedagoglar jamoasi ham aziyat chekadi. SHuning uchun ham muallimning biror ishiga baho berish, muomala kilishda pedagogik odob talablariga rioya kilish, muallimning insoniy kadr - kimmati, obro’sini saklashga intilishi zarur.
Maktab jamoasida muomala odobining muhim vazifasi pedagoglar orasida ma’naviy vaziyatni yaxshilashdir. Buning uchun maktab va jamoat tashkilotlarining rahbarlari pedagoglarning hayoti, faoliyati, muomala - munosabatlari kaysi omil (faktor) va shart - sharoitlarga bog’liqligini aniklab, bilib olishlari zarur. Harakteriga ko’ra ob’ektiv yoki sub’ektiv sharoitlar, omillar bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |