3-jadval
Bolalarda buyrak faoliyatining ayrim ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkich Chala tug‘ilgan bolalar
Chaqaloqlar
1-2
hafta
6 o y -
1 yosh 1-3 yosh 0 ‘smir-lar
glomerulyar filtrlash
tezligi, ml/min/1,73 m2 14±3 40±15 65±25 77±15 96±20 120±15
Buyrakda qon oqimi,
ml/min/1,73 m2
40±6 88±4 220±40 352±70 540±110 620±90
Maks, konsentratsion
qobiliyat, mosmol/kg
480 700 900 1200 1400 1400
plazma kreatinini,
mk/mol/1
110 88 35 18 35 60-120
1.3. Bolalarda operatsiya oldi tayyorgarligi xususiyatlari
Ayni vaqtda bemor holatini baholash, uning xirurgik amaliyotga
tayyorligi masalasini hal etish va anesteziyaning eng qulay usulini
tanlash ko‘p omillarga bog‘liq boiadi. Anamnez yigishda bemor
yoki yaqin qarindoshlarda psevdoxolinesteraza yetishmovchiligi,
yomon sifatli gipertermiya yoki porfiriya kabi behush qilishdagi
asoratlar yuz berganligi muhim ahamiyatga ega. Lekin anamnezda
ushbu asoratlarning yo‘qligi ularning paydo boiish ehtimolini inkor
qilmaydi. Har xil og‘riq qoldiruvchilar qoilanishida allergik reaksiyalar va nojo‘ya ta’sirlar yuzaga chiqishi mumkin. Ko‘pincha anamnezni sinchiklab surishtirganda, ota-onalar oldin ular inkor etgan
allergiya to‘g‘risida ham aytib yuborishi mumkin. Shuning uchun
allergiyato‘g‘risidagi savolni astoydil va ko‘p martalab so‘rayverish
shart emas. Yaqin o‘rtada boshdan kechirgan kasalliklar haqida
surishtirish shart.
Odatda, umumiy ko‘rik asosida, bemor operatsiya qilinganmi
yoki yo‘qligi haqida tasavvur hosil boiadi. Tumov yoki yoial
borligida, agar ular surunkali boiib, boshqa biror belgi, masalan,
ishtaha yoki harakatchanlik pasaymagan boisa, bemor operatsiya
36
qilinishi mumkin. Agar yaqinda tumov boshlangan, yoki kasallikning
boshqa belgilari (faollik, ishtaha pasayishi, harorat ko‘tarilishi) b o lsa, operatsiyani yaxshisi sog‘ayguncha kechiktirgan ma’qul. Hech
qachon harorat ko‘tarilishiga bepisand bo‘lmaslik, kasallikning
ishonchli sababi aniqlanmaguncha, u o‘tkir deb baholash va operatsiyani kechiktirib turish lozim.
Barcha bemorlarni laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi
savol munozaraligicha qolmoqda. Amaliyot ko‘rsatishicha, odatdagi tahlillar yangi ma’lumotni kam beradi va ulaming natijalari,
ko‘pincha og‘riqsizlantirish xususiyati haqida qaror qabul qilishda aks ettirihnaydi. 1987-yilda Amerika Anesteziologlar jamiyati
anesteziyaga tayyorgarlik ko‘rishda odatdagi laboratoriya tahlillari
va skrining testlarga zarurat yo‘q, degan qaror qabul qilgan. Laboratoriya tekshiravlarga ko‘rsatmalar haqida qaror har bir muayyan
holatda, mazkur bemor va taxmin qilinayotgan operatsiya amaliyoti
xususiyatidan kelib chiqib qabul qilinishi kerak. Bunday yondashuvda
bemomi, va shu orqali ota-onalarni jarohatlanishi, mutlaqo befoyda
bo‘lgan tibbiy muolajalar tannarxi va ziyonini kamaytiradi.
Premedikaciya, shubhasiz, har qanday narkozni rejalashtirganda
zarur. Oldindan og‘riqsizlantirish qisman laringo‘spazm xavfini
kamaytiradi va bemomi narkozga kiritish uchun ketadigan vaqtni
qisqartiradi. Hozirgi kimda ishlatiladigan ingalatsion (sevoflyuran,
izoflyuran) og‘riq qoldimvchilar efir yoki ftorotanga xos kamchiliklardan xoli, bu esa bolani operatsiyadan oldinroq uxlatishga
imkon berib, ruhiy shikastni ma’lum darajada kamaytiradi. Midazolam
0,3-0,5 mg/kg dozada ichishga berilganda, yetarlicha samaraga
ega va diazepam kabi judayam uzoq ta’sir qilmaydi. Shuningdek,
sintetik uxlatuvchilar qanday dir nostandart tarzda, masalan, fentanil
shimiladigan tabletkalari yoki sufentanil intranazal qollanilishi
liam mumkin. Metogeksital rektal induksiya yoki premedikasiya
uchun birday muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Ayrim tibbiyot
muassasalarida maxsus induksion (jihozlangan) xonalar mavjud,
u yerda bemomi narkozga kiritishda ota-onalaming qatnashishiga
ruxsat beriladi, bu esa farmakologik preparatlar qo‘llaganga nisbatan
37
ham ijobiy ta’sir koisatadi. Dori-darmonlar tayyorgarligi bilan
bogiiq yoqimsiz muammolardan, birinchi navbatda, gipoksiyani va
ortiqcha tinchlantirishda narkozdan chiqishining cho‘zilishi mumkinligini aytib oiish lozim. Nihoyat, yaxshi «yoiga qo‘yilgan»
anesteziologning bemorga operatsiyadan oldingi tashriflari bemor
va ota-onalaming qo‘rquv va vahimasini bartaraf qilish uchun juda
foydali boiib, ko‘pincha dori vositalaridan samarasi kam boimaydi.
Xirurgik amaliyot oikazilishi lozim boigan ko'pchilik bolalar
mavjud boigan kasalliklari bo‘yicha har xil dorilar bilan davolanishadi.
Bunday holatda, davolash oral va aerozol vositalami qoilagan holda, operatsiyagacha davom ettirilishi kerak. Istisno tariqasida, kardioxirurgik bemorlarda digoksin (lanoksin) qoilanilishi hisoblanadi.
0 ‘tkazilayotgan davoni to‘xtatmagan holda, kasallik qaytalanishining
oldini olish, shuningdek, anesteziyaning silliq va xavfsiz kechishini
ta’minlash mumkin.
Aspiratsion pnevmoniya har qanday anesteziyaning asorati boiishi
mumkin. Aspiratsiya xavfini pasaytirishning asosiy usuli - oshqozon
hajmini kamaytirish maqsadida, operatsiyadan oldin ovqat va suyuqlik
qabul qilishni cheklashdan iborat. Biroq yeyish va ichishdan cheklash
bolada notinchlik va ota-onalaming bezovtaligiga sabab boiishi,
ba’zan degidratatsiya va gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Shu
bois bolani uzoq vaqt ovqat va ichimliksiz tutib turish kerak emas.
Toza suyuqlikni ichishiga, operatsiyadan 2-3 soat oldin ruxsat etiladi. Lekin tibbiyot xodimi tomonidan statsionar sharoitida operatsiyadan
oldingi ochlik muddatim nazorat qilish ancha murakkab. Shuning
uchun oxirgi ovqatlantirish vaqtini birmuncha oldini olib, ichimlik
(toza suyuqlik bilan) ichishni hamda ovqatlanishni 4 soatgacha, ovqat,
shuningdek sut ichishni 6 soat deb belgilash oqilona boiadi. Me’da
tarkibining kislotaliligini pasaytirish yoki me’da hajmini kichraytirish
bilan aspiratsiya xavfini kamaytirish mumkin. Bu maqsadda ranitidin
kabi H2 - retseptorlar blokatorlari muvaffaqiyat bilan qoilanilishi
mumkin. Eng yaxshi samaraga erishish uchun dorini operatsiyadan eng
kamida 90 minut oldin qabul qilish lozim, garchi uni qabul qilishning
eng maqbul vaqti - munozarali va murakkab masala. Oshqozonni
38
tezroq bo‘shatishga va uning hajmini kichraytirishga serakal qoilash
ham imkon beradi. Oshqozon luqmasining pH ini pasaytirishda natriy
sitrat kabi qalqon hosil qiluvchi vositalar ham samarali. Bu guruhdagi
maxsus dori vositalar hozirgi vaqtda operatsiyadan oldin tavsiya
qilinmaydi, lekin aspiratsiya xavfi boMganda, birinchi navbatda,
tezkor amaliyotlarda ular qollanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |