Miokard qisqaruvchanligini boshqarish. Inotrop vositalarni
yuborish miokardial tolalaming kuchi va cho‘ziluvchanligini
oshiradi, bu har qisqarishda chap qorinchaning yaxshi bo‘shashiga
olib keladi. Shu sababli yurak haydalmasi oshadi. Ideal inotrop vosita
miokard qisqaruvchanligini sezilarli ravishda oshirishi, lekin bunda
yurak qisqarishlar soniga ta’sir qilmasligi kerak. Afsuski, hozirgi
vaqtda bunday vosita yo‘q. Lekin, hozir vrachda har biri miokard
inotrop xossalarini oshiradigan bir qancha vositalar bor.
Eng qulay inotrop agent dopamin - noradrenalinning tabiiy
olmishdoshi hisoblanadi. Dopamin miokard qisqaruvchanligini
oshiradi hamda umumiy o‘pka va umumiy periferik tomir qarshiligini
pasaytiradi.
Inotrop vositalarni buyurganda ularning metabolik samarasini
hisobga olish lozim. Inotrop vositalar miokardning kislorodga
ehtiyojini oshiradi, bu esa, o‘z navbatida, toj tomirlar qon oqimini
oshirishni talab etadi. Yuzaga kelgan muvozanat buzilishi miokard
ishemiyasini oshirishi yoki nekroz rivojlanishigaolib kelishi mumkin.
Buni, birinchi navbatda, chala tugilgan bolalami davolayotganda
hisobga olish zarur.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |