Reja: - Logistikaning vujudga kelishi va uning predmeti
- Logistika ob'ekti, mavzusi, asosiy tushunchalari
- Logistikaning funktsional yo'nalishlari va ularning xususiyatlari
4. Davlat va xususiy sektorda asosiy muammolar - “Logistika” - grekcha so’z - tarjimasi: hisoblash to’g’risidagi fan.
- Logistikaning vujudga kelish va rivojlanish tarixi harbiy faoliyat bilan bog’liq. XIX asrning boshlarida yashagan fransuz harbiy mutaxassisi A.G. Djomini logistika bo’yicha yozilgan birinchi kitobning muallifi hisoblanadi.
- Logistika tamoyillariga rioya qilishning samarali natijasini quyidagi misol asosida ko’rsatish mumkin.
- Ikkinchi jahon urushi yillarida Yevropada joylashgan Amerika qo’shinlarini moddiy-texnika bilan ta’minlashda logistika tamoyillariga rioya qilingan. Shu tufayli, harbiy sanoat kompleksi, transport tizimi va ta’minot bazalari o’zaro mustahkam bog’langan, natijada Amerika qo’shinlari uzluksiz ravishda qurol va harbiy materiallar bilan ta’minlanib turilgan. Shunday murakkab vazifaning muvaffaqiyatli hal qilinishida ilg’or konteyner va paketlar orqali yuk tashish usuli katta ahamiyatga ega bo’lgan.
- Oddiy, noharbiy logistikaning jadal rivojlanishi 70- yillarning boshiga to’g’ri keladi.
- Bu rivojlanish sababini iqtisodchi-olimlar 1972-1974 yillarda ro’y bergan energetik inqiroz bilan bog’laydilar.
- G’arbiy Yevropa va AQShda iqtisodiy ahvolning keskinlashishi o’sib borayotgan inflyasiya va ishsizlik, ijtimoiy revolyusion portlash xavfi, iqtisodiy holatni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishni talab qildi. Bunda mutaxassislar logistika tizimidan foydalanishga majbur bo’ldilar, chunki logistika - ta’minot, ishlab chiqarish, transport, bozor taqsimlanishi va zamonaviy hisoblash vositalarini jalb qilish integrasiyasining eng samarali usullaridan biri.
- "Logistika" fanining maqsadi talabalarga funktsional bo'linmalarning va umuman butun korxonaning logistika tizimini ishlab chiqish, boshqarish va joriy qilish sohasidagi asosiy bilimlarni berishdir. Talabalar korxonaning logistika quyi tizimlarini o'zaro va tashqi infratuzilmaga qo'shilish qoidalarini ishlab chiqish sohasida ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak.
- Kursning asosiy vazifalari talabalarga ishlab chiqarish va ta'minot tizimlarining ishlashini tahlil qilish ko'nikmalarini berish, ularni logistikada yo'naltirilgan boshqaruvda kompleks yondashuvning muhimligini anglash.
- Logistika tarkibiy qismlari va ularning o'zaro aloqalari - axborot logistikasi, inventarizatsiya (zaxira) logistikasi, omborxonalar logistikasi, transport logistikasi, boshqaruv (menejment) logistikasini tashkil qilish, shuningdek biznes bo'linmalari o'rtasida iqtisodiy murosani topish ko'nikmalarini o'rganish.
- Logistika kursi makro va mikroiqtisodiyot, korxona iqtisodiyoti, ishlab chiqarishni tashkil etish asoslari, menejment, marketing asoslari, shuningdek amaliy matematikani va kompyuter muhandisligi, dasturlash va ma'lumotlar bazasini tashkil qilishni o'rganadigan fanlar bilan uzviy bog'liqdir.
- Logistika tamoyillari: sinxronizatsiya, optimallashtirish va integratsiya - ishlab chiqarish tizimlarini tashkil etish va samaradorligini oshirishda asosiy uslubiy yondashuv bo'lib xizmat qiladi.
- Logistika - sanoat korxonalariga xom ashyo yetkazib berish jarayonida amalga oshiriladigan transport, omborxona va boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, boshqarish haqidagi fan; xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni zavodda qayta ishlash; tayyor mahsulotni uning talablariga muvofiq iste'molchiga etkazish, shuningdek tegishli ma'lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlash.
- Logistika (yunoncha - fikr yuritish san'ati, keyinchalik - armiya va uning harakatini ta'minlash, matematik logistika).
- Qadimgi matematikada logistika o'sha paytda ma'lum bo'lgan hisoblash va o'lchash algoritmlarining kombinatsiyasi sifatida tushunilgan. Leybnits "logistika" atamasini o'z xulosalarini hisoblashda ishlatgan.
- Bugungi kunda ushbu fan universal e'tirofga sazovor bo'ldi va ko'plab sohalarni o'z ichiga oladi. Bugungi kunda Yevropa, Amerika va Sharqning logistika sohasidagi qarashlari bir-biriga ziddir.
- Amerikalik logistika muhandislari
Do'stlaringiz bilan baham: |