Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi Tadbirkorlik - korxonalar xo’jalik yuritish faoliyatining uzluksiz qismi
bo’lib, foyda (daromad) olish va uni ko’paytirishga qaratilgan bo’ladi. Korxonalar hayotida u, boqibeg’amlikka berilish, turg’unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni anglatadi. Korxona rahbari yoki mutaxas-sis tadbirkorlik va tashabbuskorlik “ruhiga” ega bo’lmasa, demak, u bo’sh yoki yomon xodim, xizmatda belgilangan soatlarni o’tkazib o’tiruvchi shaxs hisob-lanadi. Aksincha, tadbirkorlik va tashabbuskorlik “ruhiga” ega bo’lgan mutaxassis yoki mansabdor shaxslar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va rivojlantirish, mehnat sifatini ko’tarish va korxonaning oladigan daromadlarini ko’paytirish yo’llarini izlab topadilar.
Tadbirkorlikni ko’pincha muayyan shaxsga “bog’lab qo’yadilar” hamda bu shaxsni tadbirkor yoki biznesmen deb ataydilar. Bundan tashqari bir guruh
shaxslardan tashkil topuvchi jamoa tadbirkorligi ham mavjud. Bu holatni jamoa biznesi yoki jamoa tadbirkorligi deb atash mumkin.
Agar yakka shaxs individual tarzda yoki kichik bir jamoa vositachilik, oldi- sotdi, maslahat va boshqa xizmatlar bilan shug’ullansa, u holda biznes-reja talab qilinmaydi. Boshqa hollarda biznes-reja yangi korxona tashkil qilish yoki biron- bir tijorat loyihasini amalga oshirish uchun mo’ljallanayotgan asoslangan xatti- harakatlarni o’z ichiga oluvchi hujjat hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi, korxonaga o’z imkoniyatlarini baholash, bozordagi istiqbolni, zaruriy xarajatlarni aniqlash, korxona faoliyati-ning birinchi yillarida “suv ostidagi toshlar”ni aniqlash hamda mazkur faoliyat turining foydali yoki zararli ekanligini baholash ko’rsatkichlari yordamida hisoblashga yordam berishda deb belgilanadi.
Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan boshlash kerak?»;
«Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi? », «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob qilish mumkin?», «Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?» kabi savollarga javob olinadi.
Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
biznes-reja professional va shu bilan bir paytda sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo’lishi lozim;
biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o’ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo’limlarga (BOBlarga) bo’linishi lozim;
biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg’onishi mumkin;
biznes-rejaning obyektiv baholanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va noto’g’ri hisob-kitoblar bo’lmasligi lozim;
biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to’g’risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo’ladi.
Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo’lim va ko’rsatkich-lardan iborat bo’ladi. O’ntagacha bo’limni o’z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga ko’ra, eng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:
Tanlangan biznes konsepsiyasi.
Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi.
Boshqaruv (menedjment).
Bozor tadqiqoti va tahlili.
Marketing harakatlari rejasi.
Ishlab chiqarish rejasi.
Tavakkalchilikni baholash.
Moliyaviy reja.
Biznes-loyihaning samaradorligi.
Tanlangan biznes yo’nalishining konsepsiyasini tuzishda uning raqo- batbardoshligi (sifat, narx, iste’molchiga yetkazib berish shakli, tayyorlash texnologiyasi va hokazo); mablag’larga bo’lgan ehtiyojlar; o’ziga jalb qilish-ning asoslanganligi (taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlar-dan afzalliklari, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi bosqichda ekanligi va hokazo) ga katta e’tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |