92
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarini tayyorlash va
o'tkazish tartibi «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ish tartibi» bilan
belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining majlislari respublika Prezidenti - hukumat Raisi
boshchiligida yoki uning topshirig'iga binoan, Bosh vazir tomonidan yilning har
choragida kamida bir marta o'tkaziladi.
Qonunda Bosh vazir, uning o'rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi a'zolarining
vazifalari aniq ko'rsatilgan. Masalan, Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishini tashkil
etadi, o'z o'rinbosarlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi, keyinchalik bu masala Vazirlar
Mahkamasining Raisi tomonidan tasdiqlanadi. Prezidentning topshirig'iga binoan,
xalqaro munosabatlarda respublika hukumati nomidan ish ko'radi hamda hukumatlararo
shartnomalar va bitimlarni imzolaydi. Vazirlar Mahkamasining majlisida ko'rib chiqish
talab etilmaydigan davlat va xo'jalik boshqaruvi masalalari bo'yicha qarorlar qabul
qiladi. Vazirlar Mahkamasi Raisining topshirig'i bo'yicha boshqa masalalarni ham hal
etadi. Qonunda ko'rsatilishicha, Bosh vazir bo'lmagan hollarda uning vazifalarini
birinchi o'rinbosari bajaradi.
Bosh vazirning o'rinbosarlari esa vazirlar vakolatining taqsimotiga muvofiq o'zlari
rahbarlik qiladigan tarmoqlardagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar. Ular tegishli
vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat va xo'jalik boshqaruvining boshqa
organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni amalga
oshiradilar, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlar
loyihalarini dastlabki tarzda ko'rib chiqadilar.
Qonunga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a'zolari o'zlariga topshirilgan faoliyat
sohasi uchun javob beradilar. Ular Vazirlar Mahkamasi majlislarida ma'lum masalalarni
ko'rib chiqishda ishtirok etadilar, Vazirlat Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun takliflar
kiritadilar hamda qarorlar ishlab chiqishda tashabbus ko'rsatishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasi a'zolari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda pul
to'lanadigan boshqa lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan
shug'ullanish huquqiga ega emaslar.
Vazirlar Mahkamasining doimiy ishini ta'minlash maqsadida, uning doirniy
tuzilmasi sifatida, Bosh vazir va uning o'rinbosarlaridan iborat tarkibda Vazirlar
Mahkamasining Rayosati faoliyat ko'rsatadi. Vazirlar Mahkamasi Raisining qaroriga
binoan, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tarkibiga O'zbekiston Respublikasi
hukumatining boshqa a'zolari ham kiritilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining hujjatlari qarorlar,
farmoyishlar va bayonqarorlar shaklida chiqariladi. Vazirlar Mahkamasi davlat va
xo'jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo'yicha takliflar tayyorlash maqsadida doimiy
va vaqtinchalik komissiya tuzadi va ularning a'zolari, vakolatlari hamda faoliyat tartibini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: