Inklometriya - quduqning qiyshiqligini o‘lchash.
Sement ko‘prigi – burg‘ilash eritmasini yutilishini bartaraf etish uchun quduqka qo‘yiladi;
Sement stakani - himoya tizmalarini sementlaganda quduq tubida 10- 20 metr uzunlikda sement stakani qoldiriladi:
Mustahkamlik guruxi - burg‘ilash quvurlari mustahkamlik guruxi har xil bo‘lgan (D,K,YE,L,M) po‘latdan tayyorlanadi.
Sham - burg‘ilash minorasining uzunligiga mos holda 3 ta yoki 4 ta burg‘ilash quvuridan tashkil topgan bo‘ladi.
OBQM - muvozanatlashtirilgan og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvurlari.
Burg‘ilash usullari, tal blok, kranblok, svecha, minora, ilgak, avtomatik kalitlar, tushirish-ko‘tarish kalitlar, burg‘ilash nasoslari, burg‘ilash quvurlari, turboburlar, qurish bosqichi, eritmani tayyorlash, aeratsiyali eritmalar, SFM.
7.1 Quduqlarni burg‘ilashni tarixiy yo‘li va istikboli.
Quduq deb – diametri uzunligidan ko‘p marta kichik bo‘lgan, silindrik ko‘rinishidagi tog‘ kazilmasiga aytiladi. Quduqning boshlanishi uning yuqori qismi (ustya) deyiladi. Quduq o‘qining vertikal proyeksiyasi – uning chuqurligi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |