maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Mashina va jihozlar kompleksi funksional sxemasi va axamiyatiga ko‘ra jihozlarning tasnifi



Download 178,16 Kb.
bet87/187
Sana31.12.2021
Hajmi178,16 Kb.
#259659
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   187
Bog'liq
yonalishga 12

2.2. Mashina va jihozlar kompleksi funksional sxemasi va axamiyatiga ko‘ra jihozlarning tasnifi

Neft va gaz konlaridan neft, gaz yoki gaz kondensatlarining qazib olinishi darajasining taboro ortib borishi sohada zamonaviy texnologiyalarning tadbiq etilishi orqali erishilib kelinmoqda va bunga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish sharoitida turli xildagi ko‘p sonli va xar xil o‘lchamlardagi yangi mashina va jihozlar qo‘llanilib kelinmoqda. Neft va gaz quduqlaridan foydalanishda yangi va murakkab tizimlardagi jihozlar komplekslari yaratildi. Qatlam bosimini saqlab turish uchun, qatlamga turli usullarda ta’sir etish, neft qazib olishni jadallashtirish va qatlamning maxsulot beruvchanligini oshirish kabilar uchun jihozlar yangi turdagi jihozlar komplekslari ishlab chiqarish sharoitida keng miqyosda qo‘llanilmoqda.

Neft va gaz konlarining turli funksiyalarni bajaradigan mashina va jihozlar bilan jihozlanishi ma’lum texnologik jarayonlarni amalga oshirayotgan bunday mashina va jihozlarning ishlash qobiliyatini saqlab turish, belgilangan funksiyalarini uzluksiz bajarishni ta’minlash uchun ularga doimiy xizmat ko‘rsatish tizimining shakllanishiga olib keldi. Natijada quduqlar jihozlariga va ularni ishlatishda qo‘llaniladigan vositalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun murakkab mashinalar,jihozlar, asboblar komplekslari qo‘llanilmoqda.

Xozirgi paytda zamonaviy neft va gaz konlari turli xildagi texnologiyalar va ularni amalga oshirish uchun xar xil texnikalar bilan qurollangan, o‘nlab o‘zaro bog‘langan murakkab texnologik jarayonlarni kompleks ravishda avtomatik boshqaruvlar va rostlagichlar yordamida bajaradigan bir butun obyektga aylandi.

Qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar soni, murakkabligi, turli tumanliligi ularni amalga oshirish uchun takomillashgan va yangi turlardagi mashina va jihozlarning qo‘llanilishi bilan neft va gaz qazib chiqarish sanoati boshqa zamonaviy sanoat sohalari ichida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Neft va gaz qazib olish uchun mashina va jihozlarga bo‘lgan talablarning o‘sishi va uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari yangi turdagi sanoat sohasi - neft va gaz sanoati mashinasozligini vujudga keltirdi.

Neft va gaz konlaridan neft, gaz yoki gaz kondensati qazib olish jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar va ularni amalga oshirish uchun mashinalar, jihozlar, inshootlar, apparatlar, asboblar va mexanizmlar o‘zaro bir biri bilan bog‘langan holda aniq vazaruriy funksiyalarni bajaradi. Belgilangan funksiyalar esa konning neftli, neftgazli, neftgazkonensatli, gazli yoki gazkondenstali qatlamli ekanligi, yoki konning bir necha mahsuldor qatlamlardan iborat ekanligi kabilardan kelib chiqadi.

Odatda neft yoki gaz konlarini geologik hosil bo‘lishi va muhandislik vositalari kompleksi bilan birgalikda bitta ajralmas tizim sifatida qaraladi. Bir yoki bir guruh konlarni samarali ishlatishning muxim vazifalaridan biri muhandislik vositalari kompleksini va ishlatish hamda foydalanish obyektlarini bir biriga moslashtirib qo‘shilgan holda amalga oshirish hisoblanadi. Bunday faoliyatni amalga oshirish texnik va ma’muriy boshqaruv orqali, hamda konning barcha xodimlari bilan birgalikda zaruriy avtomatlashtirish rostlash vositalarini, xususan avtomatik boshqaruv tizimi (ABT) ni jalb qilgan holda ta’minlanadi. Shuning uchun ushbu tizim mashina va jihozlardan tashqari, rostlash o‘lchov vositalari, avtomatlashtirish va hisoblash texnikalarini o‘z tarkibiga oladi (2-rasm).

/

1.2-Rasm. Neft va gaz konining funksional sxemasi. 1-qatlamga suv haydovchi quduqlar; 2-qatlamga gaz haydovchi quduq; 3-qatlamdan suyuqlik va gazni yig‘ish va ularni neft, gaz, suvga ajratish tizimi; 4-nasos stansiyasi; 5-kompressor stansiyasi; 6-qatlamga suv va gazni haydab qatlam bosimini saqlab turuvchi tizim; 7-neftli quduqlar; 8-gaz do‘ppisi; 9-qatlamning neftga toyingan qismi; 10-qatlamning suvga toyingan qismi; 11-neft qazib olish va kollektorlarni o‘tkazuvchanligini kuchaytirish orqali neftgaz beruvchanlikni oshirish uchun jadallashtiruvchi jihozlarning tizimi; 12-quduqlarni joriy ta’mirlashda qo‘llaniladigan kompleks jihozlar; 13-quduqlarni kapital ta’mirlashda qo‘llaniladigan jihozlarning jamlamasi; 14-quduqlarni ishlatish jihozlari.

Neft, gaz, gaz yoki kondensatli konlar mashinalar, jihozlar, inshootlar, apparatlar, uskunalar va mexanizmlar yordamida ishlanadi va foydalaniladi. Ular ishlab turganda ishi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Neft, neftgaz yoki gazkondensat qatlamlardan yoki bir nechta qatlamli konlarni ishlash va foydalanish obyektlaridan bir-biri bilan birgalikda harakatlanadi.

Konda yoki qatlamda ishlanadigan quduqlarning soni ko‘p bo‘lib, yuzlab yoki minglab quduqlarni ta’mirlashga va oraliq ta’mirlashga ko‘p vaqt sarflanadi. Shuning uchun quduqlardagi murakkab turdagi jihozlarni joriy va kapital ta’mirlash uchun katta miqdordagi murakkab jihozlar bilan ta’minlash va ta’mirlash xizmati kerak bo‘ladi. Kapital ta’mirda ko‘pincha yangi quduqlar burg‘ilib bo‘lingandan so‘ng, quduqlarni o‘zlashtirishda maxsus takomillashgan jihozlardan foydalaniladi.

I guruh. Quduqlardan suyuqlik va gazni qazib chiqarish uchun kerakli jihozlarning tasnifi normal ishlarni amalga oshirishga moslashtirilgan bo‘ladi, mahsuldor qatlamni yer usti qismi bilan tutashtiruvchi kanal hisoblanadi. Bu guruhdagi jihozlarning ishonchliligi va samaradorligi quduqning ishini ishonchligini to‘liq aniqlaydi hamda bu guruhga qoyidagi jihozlar qo‘shiladi:

/

II guruh. Quduqlardan foydalanish jihozlari qatlamdan qazib olinadigan suyuqliklarni yoki gazni ko‘tarishga mo‘ljallangan. Birinchi qismdagi jihozlar quduq ichiga tushiriladi va ko‘taruvchi hisoblanadi, qolgan qismi esa quduq usti zonasida montaj qilinadi. Boshqa sharoitlarda quduqlarga suyuqlik yoki gazni haydashda qo‘llaniladi, haydovchi jihozlar deb ataladi.

/

III guruh. Yer osti ta’mirida, o‘zlashtirishda va ishlov berishda qo‘llaniladigan jihozlar quduqni ishlatishning butun davri davomida qo‘llaniladi, ishlatish jihozlari orqali quduqqa tushiriladi.

/

Birinchi holatda yer osti ta’miri kapital ta’mirlash, ikkinchidan esa – quduqni joriy ta’mirlash deyiladi. Bundan tashqari shu guruhdagi jihozlar orqali quduq kapital ta’mirdan keyin ba’zida esa burg‘ilangandan so‘ng o‘zlashtiriladi. Bu guruhdagi jihozlardan quduqlarni favvora, gazlift yoki nasos ko‘targichlar yordamida jihozlashda ham foydaniladi.

IV guruh. Neft va gaz qazib olishni jadallashtirishda va qatlamlarni neft beruvchanligini kuchaytirishda qo‘llaniladigan jihozlar va inshootlar. Bu jihozlarning keng qo‘llanilishi natijasida konlarni ishlatish muddati qisqartiriladi hamda qoldiq neft va gazni olish miqdori oshiriladi. Bu guruhga qoyidagilar kiradi.

/

V guruh. Quduq mahsulotlarini yig‘ish jihozlari va inshootlari, neft, gaz, suvni va aralashmalarni ajratish, neft, gaz, gazkodensatlarni o‘lchash va dastlabki tayyorlashda qo‘llaniladi. Bu guruhdagi jihozlar yer ustida, asosan konning territoriyasida joylashtiriladi va unga qoyidagilar kiradi.

/

VI guruh. Dengizda neft, gaz va gaz konlarini ishlatishda qo‘llaniladigan jihozlar, juda murakkabligi, ko‘p namenklaturasi, katta o‘lchamlari va yuqori darajada takomillashtirilganligi bilan farq qiladi. Ular alohida sodda vositalardan murakkab bo‘lgan katta guruhdagi jamlanmalarga aylantiriladi va mustaqil tarmoqni shakllantiradi.

/

VII guruh. Ta’mirlash-mexanik xizmat ko‘rsatish jihozlari parkdagi mashinalarning ish qobiliyati holatini saqlab turishda qo‘llaniladi. Bu jihozlarga ko‘p nomli mashinalar, jihozlar, inshootlar, mexanizatsiyalashtirish vositalari va asboblar, kon xo‘jaligi hamda transport xizmati jihozlari kiradi.


Download 178,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish