Neftning asosiy xossalari
Zichlik. Neft va uning mahsulotlarining zichligi nisbiy va absolyut zichliklarda ifodalanadi. Nisbiy zichlik neft va uning mahsulotlarining t2 haroratdagi zichligining distillangan suvning t1 haroratdagi zichligiga nisbatini ifodalaydi. Respublikamizda neft nisbiy zichligini aniqlashda uning = +20oS dagi zichligi va suvning =+4oS dagi zichligi qiymatlari nisbatidan foydalanish qabul qilingan. Suvning = +4oS dagi zichligi 1 ga teng bo‘lganligi uchun nisbiy va absolyut zichliklar qiymatlari o‘zaro teng bo‘ladi.
Neftning absolyut zichligi uning xajm birligidagi massasiga teng, ya’ni:
; ; (4.1)
bu yerda: m – neftning massasi, kg yoki g;
V - neftning hajmi, m3 yoki sm3
Neftning zichligi uni tashkil etuvchi past haroratlarda qaynaydigan yengil va yuqori haroratlarda qaynaydigan og‘ir fraksiyalari miqdori va ularning kimyoviy tarkiblariga bog‘liq. Masalan bir xil yuqori haroratlarda qaynaydigan parafin uglevodorodlar eng kichik zichlikka, aromatik uglevodorodlar esa eng yuqori zichlikka, naftenli uglevodorodlar esa taxminan o‘rtacha zichlikka ega. Shuning uchun neft uchun zichlik asosiy tavsifnomalardan biri hisoblanadi.
Neft haroratining oshishi bilan uning zichligi kamayib boradi, neft hajmi esa ortadi, va aksincha. Zichlikning haroratga bog‘liqligi D.I. Mendeleyev formulasi bilan ifodalanadi:
(t - 20) yoki (t - 20); (4.2)
bu yerda: - t haroratdagi neftning nisbiy zichligi;
- 200S haroratdagi neftning nisbiy zichligi;
a - zichlikning haroratga bog‘liqlik koeffitsiyenti.
Neftlarni ko‘p hollarda zichligi bo‘yicha, ya’ni ularning bir birlik hajmdagi massasi bo‘yicha farqlanadi. SI tizimidagi zichlik birligi- kg/m3, SGSE tizimida esa g/sm3 bilan o‘lchanadi.
Agar neftli idishga suv quyilsa, neft suv ustiga suzib chiqadi (ayrim hollar bundan mustasno). Neft odatda suvdan yengil. 200S haroratda o‘lchangan neft zichligi 40S da o‘lchangan suv zichligiga nisbati neftning nisbiy zichligi deyiladi. Neft nisbiy zichligi 0,51(0,84 oraliqlarda bo‘lsa yengil neftlar, 0,85(0,90 oraliq qiymatlarda bo‘lsa o‘rtacha neftlar, 0,90 dan yuqorisi esa og‘ir neftlar deyiladi. Og‘ir neftlar tarkibida siklik uglevodordlar miqdori ko‘proq bo‘ladi. Neftning zichligi va rangi o‘rtasida ham bog‘liqlik bor: och rangdagi neftlarning zichligi to‘q rangdagi neftlarning zichligiga qaraganda kamroq. Quyidagi qonuniyat ham mavjud: neftda smola va asfaltenlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning zichligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Qatlam sharoitidagi neftlarning fizik xossalari yer ustiga olib chiqilgan va gazsizlantirilgan neft xossalaridan farq qilib, uning xossalari haroratga, bosim ta’siriga, neftda gazning eruvchanligi va boshqa shu kabi omillarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Qatlam sharoitida yuqori bosim va haroratlarda neft tarkibida erigan gazlar bo‘lib, uni qazib olgandan so‘ng yer ustida oddiy atmosfera sharoitlarida bo‘ladi va tarkibidagi erigan gazlar ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |