Bog'liq maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat
Hozirgi paytda kon amaliyotida eng ko‘p qo‘llanilayotgan texnologik tizimlardan birining sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan.
/
1.1-rasm. Ikki bosqichli neft tayyorlash texnologik sxemasi. 1-kirish tarmoqlari; 2-gidrotsiklon separatorlar; 3-sarf o‘lchagichlar; 4-yig‘ish quvurlari; 5-birinchi bosqich separatorlari; 6-nasoslar; 7-ikkinchi bosqich separatorlari; 8-uchinchi bosqich separatorlari; 9-mahsulot uchun rezervuarlar; KS-kompressor stansiyasi; GQIZ-gazni qayta ishlash zavodi. Keltirilgan texnologik tizimda quduqlardan bosim ostida kelayotgan neft avtomatik guruxiy o‘lchash qurilmasiga kirib keladi va unda navbatma navbat xar bir quduqdagi neft debiti o‘lchanadi. Undan keyin neft separatsiya qurilmasiga uzatiladi. Quduq debeti kirish tarmoqlari 1 orqali kelayotgan neft tarkibidan dastlab gidrotsiklon separatorlar 2 da gaz ajratilib suyuqlik qismi sarf o‘lchagich asboblar 3 yordamida o‘lchanadi. Sarf o‘lchagichdan o‘tgan neft yana gaz bilan aralashgan xolda quvurlar 4 orqali separatsiya qurilmasi 5 ga uzatiladi. Bu birinchi bosqich separatsiya qurilmasida neft va gaz aralashmasidan 4—5 kgs/sm2 bosim ostida aralashma tarkibidan yo‘ldosh gazlar ajralib chiqadi va ajralgan gazlar gazni qayta ishlash zavodiga yoki gazni kompleks tayyorlash qurilmalariga quvurlar orqali uzatiladi. Tarkibida qatlam suvlari bo‘lgan neft va unda erigan gazlar bilan birga nasoslar 6 yordamida markaziy yig‘ish punktiga uzatiladi. Markaziy yig‘ish punktida ikkinchi bosqich separatorlari 7 da neft va qatlam suvlari ajralishi jarayoni boradi va undan chiqqan neft neftni kompleks tayyorlash qurilmalariga yoki maxsulot rezervuarlariga o‘tadi. Ikkinchi bosqich separsiyasidan ajraladigan gaz ham gaz tayyorlash qurilmalariga yoki gazni qayta ishlash zavodlariga kompressor stansiyalari yordamida quvurlar orqali uzatiladi. Neft tayyorlash qurilmalarining bu texnologik tizimi to‘liq germetiklashgan bo‘lib, neft yengil fraksiyalarini yo‘ldosh gazlarning yuqolishlariga olib kelmaydi. Bu tizim yordamida bir nechta bir biridan 100 km gacha masofada bo‘lgan neft konlari quduqlari maxsulotlarini markaziy yig‘ish punktiga yig‘ib neftni tayyorlash imkonini beradi. Lekin bunday tizimda neftni tayyorlashda neftni quvurlar yoki transport orqali tashishda neft va qatlam suvlari aralashmalarida turg‘un neft emulsiyalari hosil bo‘lishi mumkin va bu emulsiyalarni parchalash jarayoni yanada qo‘shimcha sarf xarajatlar va qurilmalarnini talab qiladi. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha hozirgi vaqtda bu usul neftni yig‘ish va tayyorlashning perspektiv usuli bo‘lib qolmoqda. Neft tayyorlash tizimida neft tayyorlash qurilmalarini maqbul joylarda joylashtirish xar bir aniq kon sharoitlari uchun texnik iqtisodiy taxlillar asosida qabul qilinadi. Neft tayyorlash qurilmalarini eng kam kapital va ekspluatatsion xarajatlar bilan joylashtirish imkoniyatlari neftning eng ko‘p miqdori konsentratsiyalashgan joylarda amalga oshirilishi yaxshi natijalar beradi. Xozirgi paytda neftni kompleks tayyorlash tizimi va unda qo‘llaniladigan jihozlar asosiy neft konlari xududlarida joylashtirilib, bir nechta: suvsizlantirish, tuzsizlantirish va turg‘unlashtirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Keltirilgan bu usulning amalda qo‘llanilishi viloyatimizdagi eng yirik neftgazkondensatli Ko‘kdumaloq koni sharoitida neft tayyorlash tizimida ko‘rish mumkin. Ko‘kdumaloq koni sharoitida neft tayyorlash qurilmalarining ishlashi va uning samaradorligini ta’minlashda texnologik-konstruktiv joylashtirish usullari va kimyoviy reagentlar tanlashda ko‘rib chiqamiz. Ajratgich yordamida neftni tarkibidan ajratib olingan yo‘ldosh gaz o‘z bosimi ostida bosimni taqsimlagich orqali gaz uzatmasiga to‘planadi va undan keyin esa GQIZ larga yoki iste’mol punktlariga beriladi.