- kirish va chiqish quvurlari Du1000; - kondensatni to‘kib olish quvuri Du100; - drenaj quvuri Du100; - avariyali xolatlarda apparatlarda bosim oshib ketishidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan saqlash klapanlari bloklari; - satx va haroratlar uchun datchiklar; - manometrlar. Kirish quvurlari Du1000 ga zulfinli armaturalar baypas quvurlari bilan birga o‘rnatilgan va baypas quvurlariga ham zulfinli armaturalar o‘rnatilgan. Chiqish quvurlari Du1000 ga zulfinli armaturalar o‘rnatilgan. Separatorlar bloklaridagi bosim shu joyning o‘zida o‘rnatilgan texnik manometrlar bilan, harorat esa termometrlar bilan nazorat qilinadi. Kondensatni qurilmadan to‘kib olish kondensatni to‘kish quvuri orqali qurilmadagi suyuqlik satxi bo‘yicha avtomatik rejimda doimiy ravishda amalga oshiriladi. Suyuqlik satxini bir xil ushlab turish klapan-satx rostlagichlar bilan amalga oshiriladi. Klapan-satx rostlagichlar kirishda panasimon surma klapanlar bilan, chiqishda esa panasimon surma klapanlar, teskari zulfinlar va panasimon surmali klapanlar bilan jihozlangan. Separatorlar bloki S1/1(S1/2) da suyuqlik satxini avtomatik ravishda rostlash shu joyning o‘zida o‘rnatilgan o‘lchash asboblari yordamida ko‘rsatkichlarni masofadan operator xonasidagi shchitga uzatish bilan apparatdan suyuqlik chiqadigan quvurda joylashgan rostlovchi klapanlarni xarakatga keltirish orqali amalga oshiriladi. Ta’mirlash davrida S1/1(S1/2) dan drenaj quvuri bo‘yicha drossel shayba orqali panasimon surma klapan yordamida umumstansiya drenaj kollektoriga yo‘naltiriladi. Kirish separatorlari bloki (S1/1(S1/2) dan chiqayotgan, ya’ni dastlabki tozalash jarayonidan o‘tgan gaz, quvur orqali ikki seksiyali havo bilan sovitish aparatlari bloki AT100/1-6 ga uzatiladi va undan kollektorlar bo‘yicha havo bilan sovitish apparatlariga kirib keladi. Kirish kollektoridagi harorat shu joyning o‘zida o‘rnatilgan termometr bilan, havo bilan sovitish apparati AT100/1-6 seksiyasidan chiqishda esa shu joyning o‘zida o‘rnatilgan termometrlar bilan ko‘rstakichlarni operator xonasidagi shchitga masofadan uzatish orqali nazorat qilinadi. Havo bilan sovitish apparati bloki AT100/1-6 da gaz sovigandan keyin kran orqali quvur bo‘yicha kompressorlar qurilmalari kirish kollektoriga uzatiladi. Shuningdek havo bilan sovitish apparati bloki AT100/1-6 ga kirmasdan gazni kompressorga uzatish uchun kran bilan jihozlangan baypas quvuri ham ko‘zda tutilgan. SKSni normal va avariyali xolatlarda to‘xtatishda uning kirish konturidan gazni chiqarib yuborish uchun kran va drossel shaybalar bilan jihozlangan chiqarish quvuri ko‘zda tutilgan. Shuningdek qoldiq gazni chiqazish va drenaj uchun zulfinli armaturali quvurlar mavjud. Kirish kollektorida bosim va haroratlarning nazorati shu joyning o‘zida o‘rnatilgan texnik manometr va termometrlar bilan, hamda shu joyda o‘rnatilgan o‘lchash asboblari bilan ko‘rsatkichlarni masofadan operator xonasidagi shchitga uzatish orqali amalga oshiriladi.