3. Emulsiya asosidagi eritmalar.
4. Gazsimon yoki aeratsiyali eritmalar.
5. Sirt-faol moddalar (SFM) va polimerlar, ko‘pincha poliakrilamid (PAA) li eritmalar.
Suvdan burg‘ilash eritmasini sifatida foydalanilganda, u eng ko‘p topiladigan va arzon suyuqlikdir. Suv ko‘pgina ijobiy sifatlarga egadir, jumladan: quduq tubida parchalangan tog‘ jinslarini yaxshi tozalaydi, burg‘ilash jihozlarini sovitadi, boshqa eritmalar bilan taqqoslanganda arzondir.
Lekin texnologik suvni qo‘llanilishi chegaralanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda u qatlamga filtrlanib, kollektorlarni o‘tkazuvchnligini pasaytiradi, natijada quduqdan neft qazib olish debitini pasaytiradi. Suv sirkulyatsiyasi to‘xtab qolganda tog‘ jinslarini ushlab turolmaydi, loy jinslarni bo‘lishiga olib keladi va hakozo.
Shuning uchun loyli burg‘ilash eritmalari qo‘llaniladi, loyli eritmalarni tayyorlash uchun bentonik, kaomin va boshqa loylar qo‘llaniladi. Bir tonna bentonitli loylarga 14-15m3 suv aralashtirilganda sifatli loyli eritma olinadi, o‘rta va past sortli loydan 4÷8m3 eritma tayyorlanadi.
Loyli eritmalarni zichligi va qovushqoqligi shunday taqqoslanadiki, eritmalarni sirkulyatsiya to‘xtatilganda u parchalangan tog‘ jinsini zarrachalarini muallaq ushlab turishi kerak, qatlamga filtratlarni kirib borishiga to‘sqinlik qiladi, quduqni devorini yaxshi loylaydi va neft gazni ochiq otilishiga to‘sqinlik qilishi kerak.
Loyli eritmalar burg‘ilash sharoitiga bog‘liq holda kimyoviy reagentlarni qo‘shimchalari, sirt faol moddalar (SFM) poliakrilamid va boshqalar bilan tayyorlanadi.
Neft asosli (karbin suvchil) eritmalar ko‘p komponentli tizim bo‘lib, asosi bo‘lib neft yoki dezil yoqilgisi, dispers fazasi sifatida bitum oksidi, asfalt yoki gidrofobli bentonit hisoblanadi.
Neft asosli burg‘ilash eritmalari mahsuldor gorizonlarni ochishda, hamda qatlamda bo‘kuvchi loylar va tuzlar mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
Neft asosli burg‘ilash eritmalari asosan mahsuldor qatlamlarni ochishda samaralidir, chunki qatlamni quduq tubi zonasidagi tabiiy xossalarini saqlaydi, jumladan, neft va gazli kollektorlarga kirib borganda qatlamni asosiy parametri – o‘tkazuvchanlikni o‘zgarishiga olib kelmaydi. Eritmaning asosiy emulsiyasida 60-70 % neft yoki neft mahsulotlari, qolgani esa suvdan - iboratdir. Emulsiyali – burg‘ilash aralashmalari loyli va tuzli yotiqiziqlarni burg‘ilashda qo‘llaniladi.
Gaz shaklli yoki aeratsiyali aralashmalar suyuqlikni (suv yoki neftni emulsiya) gaz havo bilan aralashtirilgan aralashmasidan tuzilgan bo‘lib, SFM va ko‘pik shakllantiruvchilar bilan 1:30 nisbatda bo‘ladi.
Bu eritmalar ham, yuqorida keltirilgan loyli eritmalarini xossalariga ega bo‘lib, qo‘shimcha yutuqlarga ham egadir - ularni burg‘ilash jarayonidagi katastrofik yutilishda qo‘llash mumkinligi hamda, past qatlam bosimli mahsuldor qatlamlarni ochishda qo‘llash mumkin.
Sirt faol moddalardan va biopolimerlardan foydalanib, suvli asosdagi burg‘ilash eritmalarini tayyorlash mumkin. Suvni SFM yoki biopolimerlar bilan aralashtirilganda geleosimon aralashma shakllanadi, jumladan o‘zining tuzilmali mexanik xossalari har qanday minerallizatsiyada saqlanadi. Bunday aralashmadan quduq devorini mustahkamligini saqlashda va mahsuldor qatlamlarni o‘tkazuvchanligini pasaytirishga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llaniladi. Biopolimer aralashmalari issiqlikka chidamli bo‘lganligi uchun chuqur quduqlariga zichlik, qovushqoqlik, filtratsiya, statik kuchlanishni siljishini, barqarorlik, suv beruvchanlik, rN ko‘rsatgichi va boshqalar kiradi. Burg‘ilash eritmalarini zichligi har xil bo‘ladi. Kam loyli eritmalarni zichligi 1500-1600 kg/m3, og‘ir burg‘ilash eritmalarini 2100kg/m3 va undan yuqori, neft asosli eritmalarini 790-980kg/m3 bo‘ladi. Burg‘ilash eritmalarini qovushqoqligi zarrachalar harakatlanganda qarshilik ko‘rsatish xossasidir.
Burg‘ilash eritmasini suvni tog‘ jinsiga berish hususiyatiga filtratsiya deb ataladi. Eritmada suv qancha ko‘p bo‘lsa, loyli zarrachalar shuncha kam bo‘ladi, mahsuldor qatlamga qanchalik ko‘p yutilib kirsa, uni hisobiga mahsuldor qatlamni o‘tkazuvchanligi va quduqni debiti shuncha kam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |