quduq tubi dvigatelining reaktiv momentini qabul qiladi; yuvuvchi suyuqlikni turbobur va burg‘iga yetkazadi; burg‘ilash tizmasi ostki qismi mustahkamligini oshirish va burg‘iga og‘irlik berish uchun; elektrobur yordamida burg‘ilashda alohida seksiyalarni joylashtirishda; qo‘shimcha va yordamchi ishlarni bajarish (quduqni qayta ishlash va yuvish, qatlamni sinab ko‘rish va quduq tubiga tushib ketgan begona predmetlarni olib chiqishda). Burg‘ilash tizmasining ishlash sharoiti rotor usulida burg‘ilashda va quduq tubi dvigatellari yordamida burg‘ilashda har xil. Rotor yordamida burg‘ilashda, rotordan aylanma harakatni burg‘iga uzatadigan burg‘ilash tizmasi bir qator qarshiliklarga uchraydi. Burg‘ilash tizmasining yuqori qismi o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida va burg‘ining yuvuvchi teshiklaridagi bosim o‘zgarishi ta’sirida chuzilish holatida bo‘ladi. Quduq tubi reaksiyasini qabul qiluvchi ostki qismi esa siqilgan holatda bo‘ladi. Burg‘ilash tizmasiga beriladigan aylanuvchi moment unda aylanish kuchlanishlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Ma’lum bir tezlikda tizmaning aylanishi esa markazdan qochma kuchlarni va egilish kuchlanishlarini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan kuch va kuchlanishlarning burg‘ilash tizmasiga bir vaqtda ta’sir etishi rotor usulida burg‘ilashda, burg‘ilash tizmasining ishlash sharoitini og‘irlashtiradi.
7.4-rasm. Burg‘ilash tizmasining sxemasi.
Quduq tubi dvigatellari bilan burg‘ilash jarayonida burg‘ilash tizmasining ishlash sharoiti rotorli usulnikiga qaraganda bir muncha farq qiladi. Bu sharoitda burg‘ilash tizmasi aylanmaydi va asosan tizmaning cho‘zilgan va siqilgan qismlarida cho‘zilish va siqilish kuchlanishlari hosil bo‘ladi.
7.5 Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash zarba va aylantirish turlarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtida neft va gaz quduqlarini zarbali usulda burg‘ilash qo‘llanilmaydi. Neft va gaz quduqlarini bo‘rg‘ilash hozirgi paytda asosan aylantirib bo‘rg‘ilash usulida olib boriladi. Aylantirib burg‘ulanganda, tog‘ jinslarini parchalanishi burg‘ini aylanish hisobiga sodir bo‘ladi. Asboblarni og‘irligi ta’sirida burg‘i tog‘ jinsiga kiradi va aylantirish momenti ta’sirida tog‘ jinsini parchalaydi. Aylantirish momenti quduq ustiga o‘rnatilgan rotor yordamida burg‘ilash quvurlari orqali o‘zatiladi. Bunday burg‘ilash usuliga rotorli burg‘ilash deyiladi. Agarda aylartirish moment burg‘iga quduq tubi dvigateli (turbobur, elektrobur vintli tub dvigateli) orqali o‘zatilsa bunday usulga tubdvigatelli burg‘ilash deb ataladi.