Jamoat binolarining loyixalashning fizik-texnik asoslari
Jamoat binolarining vazifasiga, funktsional protsessning xususiyatiga u yerdagi odamlarni soniga va bo’lishining davomiyligiga qarab, sanitar-gienik talablarga asosan binodagi xonalarning yorug’lik, xavo muxiti va ovoz rejimi aniqanadi.
Uzoq vaqt davomida odamlarning bo’lishi ko’zda tutilgan jamoat binolarining xonalari tabiiy yorug’lik bilan ta’minlanishi shart. Xonalarning tabiiy yorug’lik bilan ta’minlanishining kerakli miqdori, ularning vazifasiga, funktsional protsessining xususiyatiga, u yerda kechadigan ishlarning tavsifi va aniqlik darajasiga nisbatan aniqlanadi.
Xonalarning insolyatsiyasi xam ularning vazifasi, odamlarning tarkibiy kontingenti va iqlimiy sharoitlarga asosan aniqlanadi. Derazalarning yo’naltirilishi, ularning o’lchamlari va quyoshdan ximoyalovchi konstruktsiyalar xonalarning talab etilgan insolyatsiya vaqtini aniqlab, ortiqcha quyosh radiatsiyasidan ximoyalashi kerak. Qurilish me’yorlari va qonunlari kerakli parametrlarni ko’rsatib beradi. Masalan, maktab sinflari janub, sharq va janubiy sharq tomonlariga yo’naltirilishi tavsiya etiladi. CHizmachilik va rasm kabinetlari shimolga yo’naltirilishi tavsiya etiladi. SHimol tomonga yana kitob saqlash xonalari, kasalxonalarning jarroxlik bloklarini yo’naltirish tavsiya etiladi. Agar derazalarning yo’naltirilishi tomonlarning 200-290 graduslik sektorga to’g’ri kelsa, albatta quyoshdan ximoyalovchi konstruktsiyalar bilan ta’minlanmog’i lozim.
Jamoat binolari xonalarining xavo muxiti (xarorat, namlik, xavoning tozalik darajasi va uning tezligi) parametrlari odatda markaziy issiqlik sistemasi va sun’iy shamollatish sistemalari bilan ta’minlanadi.
Jamoat binolari xonalarida ularning vazifasiga, odamlar faoliyatining xarakteriga, funktsional jarayonlarning xususiyatlariga javob bera oladigan ovoz rejimini yaratish lozimdir. Ovoz rejimi xonalarning tashqi shovqinlardan ximoyalashga, akustikaga va ichki shovqinlarni me’yoriy pasaytirishga qo’yilgan talablar asosida aniqlanadi.
Binolarni tashqi shovqinlardan ximoya qilish uchun ularni avtomagistrallardan va boshqa shovqin manbalaridan uzoqroq joylashtirish maqsadida muvofiqdir. Kinostudiyalar, ovoz yozish zallari, opera teatrlari va shunga o’xshash boshqa xonalarni ximoyalovchi tashqi konstruktsiyalar yordamida ximoya qilish mumkin. Xonalarning ichida xosil bo’ladigan shovqinlarni kamaytirish uchun akustik ovoz yutuvchi shiftlar, qoplama devorlar va ekranlar qo’llaniladi. Kinoteatrlar, teatrlar va kontsert zallarini tashqi shovqindan ximoyalash bilan birga ularda yaxshi akustikani yaratish o’ta muximdir. Bu esa tinglovchilar uchun xamma o’rinlarni kerakli ovoz energiyasi bilan ta’minlash, teng (diffuziyali) ovoz maydonini tashkil qilish, zalning funktsiyasiga qarab reverberatsiya vaќtini ta’minlash kabi talablarni bajarishni taqozo etadi. Akustik talablar zallarni geometrik parametrlarini aniqlashda xisobga olish lozimdir uzunligi (L), eni (V) va balandligi (N), shu bilan birga bu zallarda maxsus akustik uskunalarni joylashtirishda xam xisobga olinishi lozim. Hozirgi zamon zallarining tavsiya etiladigan samoviy parametrlarining nisbati quyidagichadir: (L:V:N) - 2,5:1,5:1; 3:2:1 dan 4,5:2,5:1 gacha. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, akustik nisbatlar jixatdan, burchaklari kesilgan to’g’ri to’rtburchak va trapetsiya shakllari maqsadga muvofiqdir
Akustik nisbatda zallarning maqsadga muvofiq shakllari
Zallarda akustik talablarni to’la bajarish uchun, ularda saxna tomonga qiya qilib joylashtirilgan ovoz qaytargichlar xam o’rnatilishi lozim
Tomosha zalida shiftning tishli shakli
Teatrlar zallarining qirqimdagi sxemalari:
A- amfiteatrli va balkonli; B-balkonlari ikki yarusli; V-yon tomondan zina shaklidagi balkonlar; G-amfiteatr shaklidagi balkonlar; 1-amfiteatr; 2-balkon; 3-saxna; 4-avansaxna; 5-orkestr; 6-osma shift; 7-yon balkon; 8-amfiteatr shaklidagi yon balkon
Xulosa ќilib aytganda tomosha zallarining shaklini loyixalashda akustik, ko’rish, idrok va arxitektura–badiiy masalalarini birgalikdagi yechilishiga asoslanmoќ lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |