Ma’ruza Informatika faniga kirish. Akt ning asosiy vazifalari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. Reja



Download 157,5 Kb.
bet1/17
Sana30.08.2021
Hajmi157,5 Kb.
#160192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1. Маъруза АКТ


Ma’ruza 1. Informatika faniga kirish. AKT ning asosiy vazifalari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishidagi asosiy bosqichlar.
Reja:

1.1. Informatika faniga kirish.

1.2. AKT ning asosiy vazifalari va uning yo’nalishlari.

1.3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishidagi asosiy bosqichlar.


Tayanch iboralar: Informatika, qonun, farmon, qaror, axborotlashtirish, axborot resursi, axborot texnologiyasi, axborot tizimi.



    1. Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish

Informatika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, va uzatishlar bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’rganadigan fan bo’lib hisoblanadi.

Informatika atamasi 60 -yillar oxirida Fransiyada vujudga keldi. U axborot (information) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Mustaqil fan sifatida informatika 40 - yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.

Informatikaning asosiy vazifasi - axborotning qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish, hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir. Informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritm. Texnik vositalardan eng birinchisi kompyuter bo’lib, inglizchasida hisoblovchi degan ma’noni bildiradi. Ammo u hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, balki matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligi, ko’p masalalarni echish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirganligi sababli ular keng yoyilmoqda. Kompyuterlarning amalda raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli va maxsuslashtirilgan kabi xillari mavjud. Bajaradigan amallarining universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko’rsatkichlari yuqori bo’lgani uchun, raqamli kompyuterlar ko’proq foydalanilmoqda.



Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo’lish mumkin:

- super kompyuterlar (Super Computer);

- katta kompyuterlar (Manframe Computer);

- mini kompyuterlar (Mini computer);

- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);

- bloknot(notebook) kompyuterlar.



    1. Download 157,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish