Axborot jamiyati – ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatidir.
Axborot zaxiralari – aloxida xujjat va aloxida xujjat to’plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi xujjatlar va xujjatlar to’plamidir.
Axborot infratuzilmasi - axborot tizimlarining ishlashini ta’minlovchi tashkiliy-texnikaviy tuzilmalar va ob’ektlar, ma’lumotlar banklari va bazalari, aloqa va ma’lumotlar uzatish tizimlarining majmui.
Axborot resursi - moddiy jismlardagi yoki axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki va bazasi, dasturiy mahsulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |