Ma'ruza ilmiy tadqiqot metodologiyasi faninig predmeti. Ilmiy tadqiqotda metod tushunchasi. Fan-ijtimoiy madaniy xodisa sifatida



Download 14,61 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi14,61 Kb.
#560751
  1   2
Bog'liq
1-MAVZU


MA'RUZA 1. ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI FANINIG PREDMETI. ILMIY TADQIQOTDA METOD TUSHUNCHASI. FAN-IJTIMOIY MADANIY XODISA SIFATIDA.
1. "Ilmiy tadqiqot metodologiyasi" fanining maqsadi va vazifalari.
2. Asosiy ta'rif va tushunchalar
3. Metod va metodologiya
Tayanch so'z va iboralir: fan, ijod, postulat, aksioma, dalil, tamoyil, ta'rif, ilmiy qonunlar, faraz, amaliyot, nazariya, metodologiya, metod.
"Ilmiy tadqiqot metodologiyasi" fanining maqsadi – magistrant talabalarga ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta'riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy bilimlarni berish, ularni ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ushbu fanni o'zlashtirgan talaba o'z ilmiy sohasi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertasiyasi mavzusi bo'yicha ilmiy izlanishlarni olib borish metodlarini, tajriba natijalarini tahlil qilishni, xulosalar chiqarishni, amaliyotga tadbiq etishni, o'rganilayotgan ob'ektning matematik modelini tuzishni o'zlashtirib oladi.
Fan - inson faoliyati sohasi bo'lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob'ektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan tizimlashtirish hisoblanadi.
Bu soha quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • ilmiy tushunchalar;

  • postulatlar va aksiomalar;

  • ilmiy qonunlar;

  • nazariyalar va farazlar;

  • emperik ilmiy dalillar;

  • uslublar.

Fanning asosiy maqsadi –xolis dunyoni ya'ni borliqning nazariy aksini bilish va tabiatga jamiyat uchun foydali natijalar olish maqsadida ta'sir ko'rsatishdan iboratdir.
Postulatlar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang'ich holati hisoblanadi, ular tizimlashtirishning boshlang'ich shakli bo'lib, ta'limot, nazariya va h.k. larning asosini tashkil qiladi.
Ta'rif ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U mavjud ob'ektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim tarkibida ilmiy qonunlar muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi ob'ektiv ichki bog'liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar va kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi dalil materiallari etarlicha bo'lmasa, unda faraz (gipoteza)dan foydalanadi. Faraz ilmiy taxmin bo'lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo'lishi uchun asoslanishi lozim.
Ma'lumki, bitta xodisa uchun odatda bir emas, balki bir nechta farazlar ilgari suriladi. Ayrim xolarda ularning ba'zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush xolat hisoblanmaydi, chunki turli farazlarning mavjudligi turli soxalar bo'yicha tahlil qilishni talab qiladi, bu esa ilmiy umulashtirish jarayonini jiddiy tarzda amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Ma'lumki ma'lum bir narsani isbotlab yoki inkor etib, olim yangilikni qidiradi. Faraz tasdiqlanadimi yoki yo'qmi, bunga bog'liq bo'lmagan xolda, u xaqiqatni izlanishiga yordam ko'rsatadi. To'g'ri bo'lmagan faraz ham foyda beradi, chunki uni inkor etish jarayonida xaqiqatga olib boruvchi yo'llar torayadi va qisqaradi. Agar faraz tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga aylanadi.
Har qanday bilim ham ilmiy bo'lmaydi. Ilmiy bilim xodisalarning o'zaro bog'lanish va sodir bo'lish qonunlarini ochib beradi va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning haqqoniyligi amaliyotda mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi.
Ilmiy nazariya deb nazariy bilimlarni tashkil qilishning eng yuqori shakliga aytiladi. U ma'lum bir sohadagi asosiy g'oya va gipotezalarni yagona bir tizimga birlashtiradi.
Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir. Tabiat va jamiyatning ob'ektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar natijasida kelgusida vujudga keladigan xodisalarni oldindan ko'ra olish imkoniyatini beradi.

Download 14,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish