Ma’ruza Fitopreparatlar texnologiyasi fani, o‘rganish obyekti va usullari. Fitopreparatlar tasnifi va ularning tavsifi. Reja



Download 21,19 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi21,19 Kb.
#811472
Bog'liq
Ma’ruza Fitopreparatlar texnologiyasi fani, o‘rganish obyekti va


Ma’ruza-1. Fitopreparatlar texnologiyasi fani, o‘rganish obyekti va usullari. Fitopreparatlar tasnifi va ularning tavsifi.
Reja

  1. Dorivor o'simliklar asosida olinadigan dori vositalari

  2. Fitopreparatlar ta'rifi, tavsifi, nomenklaturasi.

  3. Fitopreparatlarni texnologiyasining o'ziga xos tomonlari.

Fanning predmeti maqsadi va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi


Tabiatda birinchi paydo bo‘lgan tirik jonzot xastalikka uchraganda davosini atrofmuxitdagi o‘simliklardan topgan. Tabobat paydo bo‘lgandan boshlab odamlar dorivor o‘simliklarni turli xastaliklar uchun xar xil usullarda ishlatib kelganlar. Zamonaviy fizik kimyoviy usullar rivojlana boshlashi bilan o‘simliklar kimyosi va farmakologiyasining muvoffaqiyatlari natijasida ba‘zi o‘simliklarni shifobaxsh ekanligi aniqlandi. Botaniklar, kimyogarlar va farmakologlarning izlanishlari o‘simlik tarkibida moddalarning xar xil sinflaridan (alkaloidlar, glikozidlar, flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar va boshqalar) qimmatbaxo dori vositalarni ajratib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Bu izlanishlar natijasida fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani vujudga keldi.
Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani o‗simliklar kimyosini va o‘simliklardan olinadigan dorivor maxsulotlarni tahlil qilish usullari va ularni sanoa tda olinish texnologiyalarini o‘rgatadi.
Fitopreparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab va ko‘p bosqichlidir.
O‘simlik tarkibining murakkabligi va kimyoviy tarkibining xar xilligi, o‘simlik xom ashyosini sifatini aniqlashda qiyinchilik tugdiradi.
Xozirgi davrda tabobatimizda keng tarqalgan va ogir kasalliklarni davolash uchun
O‘simliklardan tayyorlangan yangi dorivor preparatlar zarurdir. Buning uchun shu o‘simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo’lgan qismlaridan - ya‘ni ba‘zi o’simliklarning er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba‘zilarining esa er ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug‘ po‘stloq yoki o‘t o‘simliklarning butunlay er ustki qismi-o‘ti) foydalaniladi.
Fitopreparatlar va texnologiyasining tibbiyotdagi axamiyati kattadir.
Chunki kimyo faniningayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada taraqqiy qilishiga va ko’plab kuchli ta‘sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo’li bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor preparatlarning 40% ga yaqini o’simliklardan olinadi.
Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolash soxasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ni tashkil qiladi. Kelajakda tibbiyotda dorivor o’simliklar va ulardan olinadigan dorivor preparatlarni yanada ko’proq ishlatish rejalashtirilmoqda.
Dorivor o’simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyot soxasida bo’lgan talabning ortib borishiga asosiy sabab sintez yo’li bilan olingan xar bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste‘mol qilish inson va xayvon organizmida turli noxush o’zgarishlarni yuzaga keltirishidir. SHunga ko’ra so’nggi vaqtlarda butun dunyoda o’simlik dorivor preparatlariga - fitopreparatlarga va dorivor o’simliklarga extiyoj ortmoqda. Bu esa o’z navbatida fanning axamiyatini yanada ortishiga olib keladi.
Fitopreparatlar va texnologiyasi fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy
maqsadi quyidagilardan iborat:
1. Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo’lgan biologik faol moddalar xamda dori turlari tayyorlash manbai sifatida dorivor o’simliklarni o’rganish. SHu maqsadda ularning kimyoviy tarkibi tekshiriladi, xamda asosiy ta‘sir etuvchi biologik faol moddalarning yigiladigan organlari va vaqti aniqlanadi.
2. O’simlik xom ashyolaridan biolgik faol moddalarni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqarish xamda ularning texnologiyalarini yaratish.
Fitopreparatlar texnologiyasi fanini farmatsevtika institutlarida o’qitiladigan barcha fanlar bilan bog’liqligi katta. Bu fan quyidagi fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Bularga organik va noorganik kimyo, dori turlari texnologiyasi, galen preparatlari, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari, botanika, o’simliklar to’qimalari biotexnologiyasi, analitik va fizik, kolloid kimyo, biokimyo va farmakalogiya fanlari kiradi.
Fitopreparatlar texnologiyasi fani nazariy, amaliy va laboratoriya mashgulotlari qismlaridan tashkil topgan. Nazariy qismida bu fanning axamiyati, boshqa fanlar bilan aloqasi, tarixi, dorivor o’simliklarning manbai, ulardan biologik faol moddalarni ajratish va tozalash usullarini, texnologiyalarini (texnologik sxema va jarayonlari bilan), tahlil qilishning umumiy usullarini o’rganadi. Institut laboratoriyalarida o’tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda dorivor maxsulotlarni NTX (NTD) buyicha yahlil qilishni, ulardan olinadigan preparatlarni jarayonlari texnologiyasi, xamda ularda ishlatiladigan apparatlar o’rganiladi.
Dorivor o’simliklarni o’rganishda quyidagilarni yaxshi bilish kerak bo’ladi.
1. Dorivor o’simlik va maxsulotining o’zbekcha va lotincha nomlarini, o’simliklarning qaysi oilaga mansubligi.
2. Dorivor maxsulotlarini yigish va quritish usullarini bilish.
3. O’simliklardan dorivor maxsulotlarni ajratib olish texnologiyasini, xamda shu texnologik jarayonlarda ishlatiladigan jixozlar va ularning ishlash prinsipini bilish.
4. Dorivor maxsulotlarni boshqa aralashmalardan ajrata bilish.
5. Dorivor maxsulotning kimyoviy tarkibini asosiy ta‘sir etuvchi va birga
uchraydigan moddalarini bilish. Asosiy ta‘sir etuvchi birikmalarning kimyoviy
formulasini yoza bilish. O’simlik tarkibidagi moddalarning sharoit ta‘sirida miqdor va sifat o’zgarishlarini bilish.
6. O’simlik maxsulotlarining tibbiyotda va boshqa soxalarda ishlatilishini, ulard an
tayyorlanadigan dori turlarini va olinadigan dorivor moddalarni bilish.
Fitoterapiya- xalq tabobatidan to hozirgi zamonaviy tibbiyotgacha sinalgan, ming yillik tajribalar majmuasiga asoslangan ilmdir. Dorivor o'simliklarning shifobaxsh xossalari qadimgi zamonlarda empirik belgilangan bo'lib, xozirgi zamonaviy tibbiyotda ilmiy natijalarga asoslanib qo'llanilmoqda.
Fitopreparatlar tarkibida turli sinfga mansub bo'lgan komleks ta'sir qiluvchi moddalar saqlangan bo'lib, ular oshqozon-ichak tizimida biologik faol moddalarning to'liq so'rilishini va xujayra protoplazmasining xarakat faoliyatini ta'minlaydi, fermentativ faollikni kuchaytiradi, to'qimalarning elastikligini va o'tkazuvchanligini yaxshilaydi hamda organizmdan zaharli moddalarni chiqarib yuborishni ta'minlaydi. Tabiiy biologik faol moddalar tanada oson zararsizlantiriladi, organizmda modda almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi, allergenlik xususiyati sun'iy kimyoviy yo'l bilan olingan dori vositalaridan bir necha marotaba kam bo'ladi. Bu xossasi hozirgi vaqtda allergiya kasalligi keng tarqalgan davr uchun ayniqsa muhimdir.
Fitopreparatlar terapevtik ta'sirining kengligi, zaharliligining kamligi va uzoq vaqt nojo'ya ta'sirlarsiz qo'llash mumkinligi bilan sintetik dori vositalaridan ancha ustun turadi. Fitopreparatlarning afzalligi ular tarkibida ma'lum biofaol moddalar borligidadir. Zamonaviy amaliyotda o'simlikning har xil biofaol moddalaridan foydalanib kelinmoqda.
Alkaloidlar, efir moylari, organik kislotalar, vitaminlar, oshlovchi moddalar, smolalar, shilimshiqlar, fitontsidlar shular jumlasidandir. O'simliklardan olingan dorivor moddalar –bu butun biogenetik yig'ilgan majmua bo'lib, o'zida faol ta'sir etuvchi modda va boshqa ikkilamchi metabolitlar, proteinlar, efir moylari, xlorofill, mikroelementlar, noorganik tuzlar va vitaminlar saqlaydi.
Fitopreparatlarni ishlab chiqarishda o'ziga xos kamchiliklardan holi emasdir. Bu kamchiliklar quyidagilar:
-biofaol moddaning faqat 50-60% igina ajratib olinadi;
-40% dan ko'prok fitopreparatlarning chinligi va miqdorini haqqoniy baxolash usullari ishlab chiqilmagan;
Bu muammolarni hal qilish uchun quyidagilar zarur:
-texnologik jarayonlarni takomillashtirish sirt faol modda (SFM), suyultirilgan karbonat angidridlarni (CO2) ishlatish, xom ashyoning maydalik darajasini oshirish;
-xalq tabobatida qo'llaniladigan dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganish, ularni madaniylashtirish va yetishtirishda agrotexnika qoidalariga amal qilish.
Shu bilan birga mahsulot sifatini baholashning haqqoniy usullarini ishlab chiqish va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yo'lga qo'yish lozim.
Respublikamizda tibbiyot amaliyotida qo'llanilishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat Reestrida 2441 mahalliy dori vositalari ro'yxatdan o'tgan. Shulardan 142 ta dorivor o'simliklardan asosida olingan preparatlar va 5 ta substantsiya - dorivor o'simlik ekstraktlari (artishok bargi quruq ekstrakti, kurkuma(zarchava) ildizpoyasi quruq ekstrakti, garmdori quyuq ekstrakti, sennozid quruq ekstrakti, fitopassit quruq ekstrakti) ro'yxatdan o'tgan.
Farmatsevtika bozoriga ko'p miqdordagi o'simliklar asosida tayyorlangan: choylar, yig'malar, granulalar, tabletkalar, fil'tr paketlar chiqarilmoqda. Tibbiyot amaliyotida turli xastaliklarni davolashda qo'llanilayotgan o'simliklar yigmalariga nisbatan talab ortib bormoqda.
Bu yig'malar asosan mikroblarga qarshi, yallig'lanishga, shamollashga va allergiyaga qarshi ta'sir etib birqator xastaliklarni davolashda qo'llanilmoqda.
Dorivor o'simlik xomashyosini identifikatsiyalash
a) makroskopik tahlil;
b) mikroskopik tahlil
v) kimyoviy sifat tahlili hamda namligini aniqlash yuli bilan amalga oshiriladi.
Makroskopik tahlil mahsulot tashqi ko'rinishini, o'lchamlarini aniqlash va organoleptik (rangi, hidi va mazasi) tahlil yo'li bilan olib boriladi.
Mikroskopik tahlil mahsulot chinligini makroskopik usulda aniqlash imkoni bo'lmagan hollarda kesilgan yoki kukun holdagi namunalar uchun o'tkaziladi.
Kimyoviy sifat tahlili – mikrokimyoviy reaktsiyalar yordamida, ya'ni shu mahsulot uchun xos bo'lgan reaktsiyalaridan foydalanib olib boriladi.
Mahsulot sifatliligi
a) tovorshunoslik tahlili
b) kimyoviy miqdoriy tahlil
v) biologik standartlash usullari bilan aniqlanadi.


Takrorlash ushun savollar

  1. Fitopreparatlar texnologiyasi fani nimani o‘rganadi?

  2. Fitopreparatlar texnologiyasi fani maqsadi?

  3. Fitopreparatlar texnologiyasi fani qaysi fanlar bilan bog‘liqligi bor?


Download 21,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish