Ma’ruza fanning predmeti, maqsadi va vazifasi



Download 1,83 Mb.
bet56/103
Sana22.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#572680
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
Bog'liq
Arxeologiyaga kirish majmuasi

Ov qopqonlari. Qaroqalpog’iston hududida V.Yagodin tomonidan o’rganilgan. Tabiiy daralarda qurilgan. Tabiiy daralarga qo’shimcha devorlar qurib yana ham dara qisqartirilgan. Eng qisqa joyga chuqurlar qazilgan. Yovvoyi hayvonlar shu daraga quvilgan. Natijada, hayvonlar chuqurlarga tushib qolgan.
    1. QIShLOQ, ShAHAR ARXEOLOGIYa YoDGORLIKLARI


Neolit davriga kelib insonlar xom g’isht va paxsadan uy qura boshlaydi. Bu davr uylari sodda kichik bir xonali qilib qurilgan. Endi bir xonali uylardan tashkil topgan matriarxat urug’chilik tizimi kichik kichik qishloqlarni paydo qildi. Bu qishloq turiga Markaziy Osiyoda Jaytun yodgorligi misol bo’la oladi. Eneolit davriga kelib ko’p xonali uylarning qurilishi o’zlashtiriladi(Karatepa). Natijada qishloqlar ko’rinishi va hajmida ham sezilarli o’zgarish va rivojlanishlar ro’y beradi.


Keyingi davrlarda qishloqlar mudofaa devorlari bilan o’rala borishi, ilohiyat xonalarlari(markazlari)ning shakllana borishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Arxeologlar O’rta Osiyo temir davri qishloqlarini hajmiga qarab 3 tipga bo’lganlar. Bular;
Kichik qishloqlar (Mirshodi, Kuchuktepa. 0,5 gektardan 1 gektargacha). Katta qishloqlar (5 gektargacha).
Katta qishloqlar - arkli qishloqlar va arksiz qishloqlar (10 gektargacha).
Dastlabki davrlarda qishloq jamoa boshlig’i, keyinchalik saylanadigan jamoa oqsoqoli yoki jamoa yig’ini tomonidan boshqarilgan. Qishloqlarning tashqi ko’rinishi, qurilishi ham davrdan-davrga o’zgarib borgan. Macalan,
Xorazm hududida, Sug’dda 6—7 asrlarda yangi tipdagi qishloqlar — katta- katta boy oilalar yashaydigan qasr-qo’rg’onlar bo’lgan, oddiy dehqonlar esa mayda qo’rg’onchalarda yashardilar. Har bir qasr-qo’rg’onning atrofi mudofaa devori bilan o’ralgan bo’lib, o’rtasida ko’shki bo’lgan.
Keyingi davrlarda qishloq aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va qishloq xo’jaligining boshqa sohalarida band bo’lgan aholi manzilgohlari tushuniladi. Qishloqlar. faqat aholisining mashg’uloti bilan emas, balki ijtimoiy-iqgisodiy, madaniy, tabiiy geografik va turmush tarzi bilan ham shahardan farq qiladi.
O’rta asrlarga kelib qishloqlar ma’muriy-hududiy tuzilishidagi eng quyi bo’g’in bo’ldi. Qishloqlarning ijtimoiy-iktisodiy xususiyati aholini erdan qay darajada foydalanishi, joyning tabiiy-geografik shart- sharoitlari bilan bog’liq. Shu bois qishloqlar tarixan katta-kichik bo’lgan, turap joylar ham shunga qarab joylashgan. Tekis, sersuv va tuprog’i serunum, umuman, tabiiy sharoiti qulay joylarda yirik qishloqlar joylashib, aholi ancha gavjum yashagan, asosan, dehqonchilik, bog’dorchilik bilan shug’ullangan. Tekis, lekin suvi kam bo’lgan joylarda (cho’l va dashtlarda) aholi ko’proq chorvachilik bilan mashg’ul bo’lgan. Bunday joylarda qishloqlar kichik, bir-biridan ancha uzoqda, asosan, quduqlar yonida joylashgan. Tog’li hududlarda qishloqlar ko’proq soy, buloqlar bo’yida tarkib topgan.
Temuriylar davrida hozirgi O’rta Osiyo hududida qishloqlarni obodonlashtirishga, ariq va kanallar qazib, bog’-rog’lar barpo qilishga ahamiyat berilgan. Evropa mamlakatlarida sanoat, izchil rivojlanishi qishloq hayotiga ham kuchli ta’sir ko’rsatdi. Qishloqlar 20-asrning 2-yarmida ancha rivojlandi. Qishloq aholisining turmush tarzi yaxshilandi. Qishloqlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot tarzi tubdan o’zgardi. So’nggi davrda qishloqlar kamayib, shaharlar salmog’i ortib bordi. Hozirda qishloq aholisi jahon aholisining qariyb 53%ni tashkil etadi.
Muhim arxeologiya yodgorliklaridan biri bu shaharlar hisoblanadi. Shaharlar ibtidoiy jamoa davridan sinfiy jamiyatga o’tishda hunarmandchilik va savdo-sotiq dehqonchilikdan ajralib chiqish davrida paydo bo’lgan. Hunarmand va savdogarlar muqim istiqomat qila boshlagan joylar gavjumlashib, shaharlarga aylana boshlagan. Dastlabki shaharlar mil. av. 5-3- ming yilliklarda Sharqda — Mesopotamiya, Markaziy Osiyo regionida hamda Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda vujudga kelgan. Bu erlarda mavjud quldorlik davlatlarining poytaxt shaharlari eng taraqqiy qilgan davrda har birida taxminan 100 minglarcha aholi yashagan. Yunonistonda davlat tuzumi aristokratik yoki demokratik res- publika bo’lgan shahar-davlatlar (polis) ayniqsa rivojlangan. Sharq mamlakatlarida harbiy istehkomlar asosida shaharlar soni orta bordi. 13- asrda mo’g’ul istilochilarining bosqinchiligi natijasida O’rta Osiyo, Zakavkaze va boshqa joylardagi ko’p shaharlar vayron etildi. Temuriylar davrida esa Movarounnahr va Xurosonda bir qancha shaharlar, xususan, Samarkand, Buxoro va Hirot ravnaq topdi. Evropa mamlakatlarida shaharlar Sharq mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo bo’ldi. Shaharlarda sanoat izchil markazlashib, shahar aholisi jadal o’sa boshladi, rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi salmog’i butun mamlakat aholisining 70— 80% ni tashkil etdi.
Arxeologik manbalarga ko’ra O’rta Osiyoda ilk shaharlarning paydo bo’lishi bronza davrining o’rtalarisha to’g’ri keladi. (Jarqo’ton yodgorligi). Ilk temir davri shaharlari ikki qismli - ark va shahriston. Antik va o’rta asrlar davri shaharlari esa uch qismli - ark, shahriston, robot.
O’zbekiston hududida shaharlar asosan ikki qismdan iborat bo’lgan. Birinchi qism shahriston bo’lsa, ikkinchisi arkdir. O’zbek tilida shahar so’zning shakllanishi quyidagicha: shahriston so’zining bosh bo’g’ini (shah) va ark so’zining bosh harflaridan (ar) tashkil topgan.
Ibodatxona — dindorlarning xudoga muayyan tartibda sig’inadigan joyi, diniy rasm-rusum va marosimlar o’tkaziladigan bino, inshootlar majmuasi. Ibodatxonaning qurilish uslubi va me’moriy bezagi diniy mavzular bilan bog’liq: mas, xristianlik ibodatxonalari cherkov, sobor, monasshir va bosho’alar, katoliklarda kostyol, kapella va boshqalar, buddizm ibodatxonalari tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa va boshqalar., yahudiylarda sinagoga, musulmonlarda masjid kabilardir.
Ibodatxonalar kadimdan yirik jamoat binolari hisoblangan. Qadimgi Misr ehrom (piramida)lari, Ossuriya va Bobilda zikkuratlar, Hindiston, Xitoy, Yaponiyada stupalar, Qadimgi Rimda haykaltaroshlik va rassomlik asarlari bilan bezatilgan xashamatli ibodatxonalar qurilgan. Keyinchalik Evropada bazilika, roman, gotika, barokko, klassitsizm, konstruktivizm uslubida qurilgan gumbazli ibodatxonalar keng tarqalgan.
O’zbekistan hududida turli davrlarda Budda ibodatxonalari (Qoratepa, Fayoztepa), masjidlar, cherkov, kostel, monastirlar barpo etilgan. Ibodatxonalarning taraqqiyot tarixi diniy talablardan tashqari, turli xalklarda me’moriy taraqqiyotning umumiy yo’nalishi bilan ham belgilangan.

    1. Download 1,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish