Ikkinchi davr (1945-1991 yillar)
Bu davrda arxeologik tadqiqot ishlarida ko’plab o’zgarishlar kuzatildi. Quyi Zarafshon ekspeditsiyasi ishini 1944-1949 yillarida Tyan-Shan-Oloy ekspeditsiyasi. 1951-1955 yillari esa Qirg’iziston arxeologik etnografik ekspeditsiyasi davom qildi. 1946 yildan 1952 yilgacha Farg’ona ekspeditsiyasini A.N Bernshtam rahbarligida Pomir-Oloy va Pomir- Farg’ona ekspeditsiyalari o’rgangan.
"G’ulomov maktabi"ning vakillaridan bo’lmish O’zR FA akademiklari - A.Askarov, A.Muhammadjonov, O’.Islomov, Yu.F.Buryakov, professorlar M.Qosimov, T.Mirsoatov, A.Abdurazzaqov, M.Jo’raqulov, R.Sulaymonov, A.Abdulxamidov, M.Ishoqov, M.Mambetullaev, M.Isomiddinov, T.Shirinov, A.Sagdullaev, B.Matboboev, Sh.Shaydullaev, fan nomzodlaridan I.Axrorov, O’.Alimov, M.I.Filanovich, N.B.Nemtseva, Sh.R.Pidaev, J.Mirzaahmedov, K.Abdullaev, A.Anorboev kabi ko’plab olimlarni
O’zbekistonda arxeologiya fanining ushbu davr rivojlanishiga ko’shgan hissalari kattadir.
1970 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Arxeologiya institutini Samarkand shahrida ochilishi va shu institutning o’ziga O’zbekiston xududida olib borilayotgan kazishmalarga "Ochiq varaqa" berish huquqini berilishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Bu bilan butun O’zbekiston hududida olib borilayotgan qazishmalarni mutaxassislar tomonidan tekshirib ko’rilishi, arxeologlarni arxeologik obidalarni qazish davrida uslubiy jihatdan noto’g’ri qazishmalar o’tkazilib xatolarga yo’l qo’ymaslikka undadi. Shu institutning o’zida arxeologlarning yillik hisobot sessiyalari tashkil etilib, har qaysi voha va viloyatlarda ekspeditsiya uyushtirgan arxeologlar shu sessiyalarda chiqishlar qilishdi va ma’ruzadan keyin har qaysi arxeolog olib borgan kazishmalar ustidan baxs- munozaralar bo’ldi. Natijada, arxeologik kazishmalar olib borish usullari takomillashdi.
Har qaysi viloyatda, vohada yirik, etalon yodgorliklarda doimiy ekspeditsiyalar, ko’p hollarda, shu yodgorliklar qoshida arxeologik bazalar, yoki muzeylar tashkil etildi.
Mustaqillik yillarida arxeologiya faniga va ayniqsa uni qazish, fiksatsiya qilish, hozirgi zamon texnologiyalari asosida kompyuterlar xotirasiga solish, hududlarda arxeologik yodgorliklarni o’rganish, kosmosdan olingan suratlardan foydalanish, arxeologik obidalarda arxeologik materiallarni, adabiyotlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish bo’yicha juda katta ishlar qilindi. Bu yillarda o’zbek arxeologiyasi jahonga chiqdi. O’zbekiston hududida dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar arxeologlari bilan ko’p yillik shartnomalar tuzildi va shu shartnomalar asosida o’zbek arxeologlari jahonning turli mamlakatlari markaziga borib, ularning tajribasini o’rganish bilan birga, o’z tajribalarini ularga o’rgatdi. Xalqaro ekspeditsiyalar tuzilib, O’zbekistonning barcha tarixiy-madaniy hududlaridagi asosiy yirik yodgorliklarda birgalikda
qazishmalar o’tkazish yo’lga qo’yildi. O’zbekistan hududida Avstraliya, AQSh, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Frantsiya, Polsha, Chexiya, Rossiya, Yaponiya va Turkiya kabi davlatlarining olimlari bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmokda. Arxeologik izlanishlarda yangi, hozirgi zamon qazish usullarini joriy etishga, eng zamonaviy texnikalardan foydalanishga va uni hayotda ko’llashga muvaffaq bo’ldilar.
Shu bilan birga O’zbekistonning ikkita Universitetida arxeologiya kafedralari bo’lib, ularning biri Milliy universitet qoshida bo’lsa, ikkinchisi Samarkand Davlat universitetida faoliyat yuritadi. Bu har ikki dargohdan har yili o’nlab arxeolog-mutaxassislar etishib chiqmokdalar. Ammo, bu o’quv dargohlarida ham hali hozirgacha bo’lajak arxeologlar uchun arxeologik kazishmalar olib borish uchun darslik, o’quv qo’llanma, yoki o’quv- uslubiy ko’rsatma chop etilgani yo’q. Yuqorida eslatilgan ikkita oliy o’quv yurtidan tashqari yurtimizdagi juda ko’plab universitetlarda tarix fakultetlari bo’lib, ularda ham arxeologiya kurslari, ayrimlarida esa arxeologiyadan dala ishlarini olib borish uchun ma’lum soatlar ajratilgan.
O’zbekiston mustaqillikka chiqqandan keyin Yahyo G’ulomovich G’ulomovning xalqimiz tarixini, o’tmish madaniyatimizni o’rganishga ko’shgan buyuk ishlarini inobatga olib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan "Yaxyo G’ulomov nomidagi O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi" ilmiy seminari tashkil etildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining Arxeologiya institutiga Yahyo G’ulomov nomi berildi. Vatanimizdagi ko’plab shaharlarining ko’chalari, kollej va litseylariga ham Yahyo G’ulomov nomi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |